• Go’sht qiymalagich
  • Ikkinchi bob bo’yicha xulosa.
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna




    Download 153,27 Kb.
    bet42/49
    Sana21.05.2024
    Hajmi153,27 Kb.
    #247736
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49
    Bog'liq
    O’zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyas-www.hozir.org

    ZAMONAVIY OSHXONA JIHOZLARI.
    Oshxona kombayni.Oshxona kombayni universal moslama bo’lib,bir qancha vazifalarni bajaradi.Ushbu moslamada sabzavotlarni to’g’rash,meva va sabzavotlardan sharbat chiqarish,xamir qorish,go’shtni maydalash,tuxum ko’pirtirish, salatlarni qorishtirish va boshqa turli ishlarni bajarish mumkin.Kombaynda sabzavotlarni to’g’rash uchun avval sabzavotlarga birlamchi ishlov berilib,yuvib olinadi.Sabzavotlarni istalgan o’lcham va shaklda to’g’rash
    mumkin.

    Go’sht qiymalagich.Go’sht qiymalagich go’shtni qiymalash,kotlet massalarini tayyorlash uchun ishlatiladi.

    Mikser.Mikser asosan tuxum oqini ko’pirtirishda,tort uchun kremlar tayyorlashda ishlatiladi.


    SHarbat siqgich.Sharbat siqgich turli xil meva sabzavotlarning sharbatini siqib olish uchun ishlatiladi.
    Gaz plitasi.Gaz plitasi uy sharoitida eng ko’p ishlatiladigan issiqlik ishlovi berish jihozi hisoblanadi.Ular asosan to’rtta konforkali keng plitalar ham ishlatilmoqda.Ularning konforkalari turli o’lchamda bo’lib,mahsulotlarni baland yoki past olovda pishirishga mo’ljallangan.Plitaning duxovka qismida turli xil pazandachilik mahsulotlarini va pishiriqlarini pishirishga mo’ljallangan.Duxovkani yoritish uchun lampochka hamda kerakli haroratda pishirish uchun termoregulator o’rnatilgan.Taom yoki mahsulotni pishganligi haqida xabar beruvchi qo’ng’iroq hamda gaz plitasini yoquvchi knopka bor. Gaz plitasi bilan ishlaganda xavfsizlik texnika qiodalariga qat’iy amal qilish zarur.Gaz plitasi o’rnatilgan joyda deraza
    oynalarining albatta fortochkasi bo’lishi shart.

    MUSTAHKAMLASH UCHUN



    Ikkinchi bob bo’yicha xulosa.
    Suyuq taomlar tushki ovqatlanishning asosiy qismi hisoblanadi. Ular ikki qismdan, suyuq va quyuq garnir qismidan tashkil topadi. Qaynatma quruq sho'rva, sut, yorma yoki sabzavot meva qaynatilgan suv, kvas va boshqalar suyuq qism hisoblanadi. Tushki taomning suyuq qismida ekstraktiv va mineral moddalar, organik birikmalar bo'lib, ular taomni mazali va xushxo'r qiladi, ishtahani ochib so'lak bezlaridan suyuqlik ishlab chiqarilishiga sabab bo'ladi. Taomning quyuq qismi sifatida har xil mahsulotlar: sabzavotlar, qo'ziqorin, yorma, dukkakli va makaron mahsulotlari, baliq, go'sht, parranda va boshqalar ishlatiladi. Taomning quyuq qismida oqsil, yog', uglevod, mineral moddalar, darmondorilar bo'ladi. Suyuq taomning ozuqalik ahamiyati uncha yuqori bo'lmay, 1 litr qaynatma quruq sho'rva 15—20 kaloriyaga egadir. Biroq taomning quyuq qismi bo'lganligi sababli, suyuq taomlarning ko'pi yuqori darajali ozuqalik ahamiyatiga ega.

    XOTIMA


    Men ushbu Bitiruv Malakaviy ishini bajarish jarayonida mehnat ta’limi va uning «pazandachilik asoslari» yo’nalishiga doir me’yoriy hujjatlarni, o’quv adabiyotlarini, o’qib o’rganib, tahlil qilib, o’zim dars beradigan maktab o’qituvchilarning mehnat ta’limi o’qituvchilarining tajribalariga asoslanib quyidagi xulosalarga keldim.
    1. Kelajagi buyuk bo’lgan davlatimizning kelajagini yaratuvchi hozirgi yosh avlodga mehnat ta’limi va tarbiya berish uchun har bir mehnat ta’limi o’qituvchisi zamon talabidan kelib chiqib darslarni samarali o’tkazishga harakat qilishi lozim.Chunki mehnatsevar,vatanparvar kishilargina mamlakat ravnoQiga hissa qo’sha oladi.
    2. Mehnat ta’limining «Pazandachilik asoslari» yo’nalishi bo’yicha maktablarda darslar tashkil qilish juda muhim.Chunki oilada,umumiy ovqatlanish korxonalarda tayyorlangan yaxshi taomlarni ishlarga yaxshi kayfiyat bag’ishlaydi,ish unumdorligini oshiradi.Amalda har bir inson hayoti davomida taomlar tayyorlashiga to’g’ri keladi.Agar pazandachilik sirlari maktablarda o’rgatilsa bu ishlar a’lo darajada bo’ladi.
    3. Pazandachilik asoslari yo’nalishining birinchi bo’limi «Oziq – ovqat mahsulotlari» bo’lib,5 – 7 sinflarda har birida mehnat ta’limi darslari anna shu bo’limdan boshlanadi.Ana shu bo’limda o’quvchilarga etarli bilimlar berilsa,oziq – ovqat mahsulotlarini saqlash,qayta ishlash va ulardan ta’omlar tayyorlanish jaranida foydalanish yo’llari yaxshi tushuntirilsa o’quvchilarning mehnat ta’limiga qiziqish ortadi va keyingi darslarda faol qatnashadi.
    4. Darslarning samaradorligini oshirish uchun yangi pedagogik texnologiyalardan,konferenstiya tipidagi, boshqotirma tipidagi darslarni tashkil qilish lozim.
    Men kelajakda yuqoridagilarga amal qilib,o’z bilim va kuchimni barkamol avlodga ta’lim va tarbiya berishga sarflash uchun harakat qilaman.



    Download 153,27 Kb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49




    Download 153,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna

    Download 153,27 Kb.