Talabaga vazifalar.
1.Oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibidagi uglevodlar va vitaminlar haqidagi ma’lumot ega bo’lgan plakat tayyorlash. . 2.Tarqatma materiallar tayyorlash.
Mavzu: Jazlab tayyorlanadigan sho’rvalar, dasturxonga tortish, «moshxo’rda», «mastava», «karam sho’rva».
Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga jazlab tayyorlanadigan sho’rvalar qilishni o’rgatish va tushuncha berish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarga sho’rva tayyorlashda sanitariya-
gigiyena talablariga rioya qilishni o’rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Jazlab tayyorlanadigan sho’rvalarning turlari haqida tushuncha berish.
Dars shakli: amaliy
Dars jihozi: qozon, kapgir. cho’mich, sirli tog’oracha. taxtakach , pichoq oziq-ovqat mahsulotlari.
Darsning borishi.
Tashkiliy qism:
Davomatni tekshirish, navbatchi tayinlash, ishni boshlashdan avval mehnat xavfsizligi va sanitariya - gigiyena qoidalariga muvofiq ish o’rnini tayyorlash, maxsus kiyimlarni kiyib olish.
Asosiy qism:
REJA:
1. Suyuq taomlar haqida tushuncha berish.
Jazlab tayyorlanadigan suyuq taomlarni tayyorlash.
3. Karam sho’rva, moshxo’rda, mastava tayyorlash texnologiyasi.
Yakuniy qism:
O’quvchilarning tayyorlagan taomlarining sifatiga qarab baho qo’yiladi va e’lon qilinadi.
Uyga vazifa berilib, uni bajarish tartibi tushuntiriladi. Ish bajarilgan joylarning tartibga keltirishni kuzatish.
Dars mazmunnomasi
O’zbek milliy suyuq taomlarini tayyorlash usuli boshqa milliy taomlarni tayyorlash usulidan farq qiladi. O’zbek milliy suyuq taomlari juda to’yimli qilib tayyorlanishi, tashqi ko’rinishi, xushbo’yligi, dasturxonga tortish tartibi bilan farqlanadi.
O’zbek milliy suyuq taomlarini tayyorlashda suyakli yoki laxm go’shtga birlamchi ishlov berilib, qizdirilgan yog’da qovuriladi, piyoz, sabzi, pomidor qaylasi ham qo’shib qovuriladi. So’ngra sovuq suv quyilib baland olovda qaynatiladi. Qaynab chiqqandan so’ng past olovda miltiratib qaynatiladi. Suyuq taom uchun kerakli masalliq pishish vaqtiga ko’ra tartib bilan ketma-ket solinadi. O’zbek milliy suyuq taomlari uzoq vaqt qaynatilib tayyorlanganligi sababli go’sht, suyak, sabzavotlar, don mahsulotlari tarkibidagi qimmatli moddalar sho’rvaga erib o’tib, taomni to’yimli, xushbo’y, lazzatli qiladi, shuning uchun undan so’ng ikkinchi quyuq taom bermasa ham bo’ladi.
O’zbek milliy suyuq taomlari dasturxonga kosalarga suzilib, yuziga o’ziga xos ko’katlar - rayhon, jambul, kashnich, yalpiz, ko’k piyoz bilan beriladi. Ayrim xollarda tuyilgan qora muruch, mayda to’g’ralgan bosh piyoz, achchiq qalampir ham berilishi mumkin. Ba’zi suyuq taomlarga qatiq berilishi shart.
Moshxo’rda. Mosh oziq-ovqat mahsulotlardan biri. To’q yashil rangdagi mosh eng yaxshi mosh hisoblanadi va bir qaynagandan so’ng pishadi.
Moshdan moshova, moshxo’rda, moshugra, moshqovoq, moshkichiri, moshpalov,mosh manti va hokazolar tayyorlanadi. Moshxo’rda-suyuq taom. Unga go’sht yoki pushtdumba mayda qilib to’g’raladi. Yog’i dog’langan qozonga piyoz va go’shtni solib qovuriladi.Birlamchi mosh yuvilib, sovuq suv bilan solinadi va past olovda mildiratib qaynatiladi. Mosh ochilgach, tuz va guruch solib 20-25 minut qaynatiladi. Guruch solingach, olov baland qilinadi va shaqqillatib qaynatiladi.Taom pishgach kosalarga suzilib, ustiga murch, maydalangan rayhon, kashnich sepilib dasturxonga tortiladi.
|