|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna
|
bet | 34/49 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 153,27 Kb. | | #247736 |
Bog'liq O’zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyas-www.hozir.orgTINIQ SUYUQ TAOMLAR
Tiniq suyuq oshlar ekstraktiv moddalarga boy bo'lib, ishtaha ochish xususiyati kuchli, kaloriyasi kam, alohida-alohida tayyorlangan tiniq qaynatma va garnirlardan iborat bo'ladi.
Suyuq osh asosi tiniq qaynatma bo'lib, ular suyak, tovuq yoki baliq, shuningdek, ilvasindan tayyorlanadi. Tiniq suyuq osh oddiy qaynatmalar tindirilib, tarkibi ekstraktiv moddalar bilan boyitilib tayyorlanadi. Bunda qaynatma tarkibidagi oqsil, yog' miqdori qisman yo'qolib, rangi tiniq ko'rinishga ega bo'ladi. Qaynatma yuzida suzib yuruvchi yog' bo'lmasligi kerak. Agar qaynatma garnirsiz alohida tortiladigan bo'lsa, uning yuzidagi yog'ni to'liq suzib olish lozim. Tiniq suyuq oshlar marmitlarda 2—3 soat davomida saqlanishi mumkin. Uzoq muddat saqlansa uning tiniqligi yo'qolib, xushxo'rligi, mazasi yomonlashadi.
Go'shtli tiniq qaynatma, Avval qovurg'a suyaklari qo'shilmagan holda suyak qaynatmasi tayyorlanadi. Buning uchun mol go'shti suyaklari (umurtqa
suyaklaridan tashqari) ishlatiladi. Umurtqa suyaklaridagi orqa miya nervlari qaynatma rangini xiralashtirib qo'yadi. Qaynatmaning kaloriyaliligini oshirish uchun suyak qaynatmasida qo'shimcha ravishda go'sht qaynatib pishiriladi. Bu go'sht issiq quyuq taom uchun ishlatiladi. Iste'molga tayyor qaynatmani elakda suzib olib tindiriladi.
Qaynatma tiniq bo'lishi uchun mahsulot tayyorlash. Buning uchun yog'siz mol go'shtining boldir, bo'yin qismi mayda bo'laklarga bo'linib, mayda ko'zli go'sht qiymalagichdan o'tkaziladi, sovuq suv quyilib (1 kg go'shtga 1,5—2 1 suv), tuz qo'shib, 1—2 soat davomida sovutkichga qo'yiladi. Suvning bir qismi o'rnida ozuqalik qiymatga ega bo'lgan muz bo'laklari ishlatilishi ham mumkin. Bunda eruvchi oqsillar suvga o'tadi. Hosil qilingan mahsulot ko'pirtirilgan tuxum oqi bilan aralashtiriladi. Bu mahsulotni muzdan tushirilganjigar yoki go'sht seli qo'shib tayyorlash ham mumkin.
Qaynatmani tiniqlashtirish. Elakda suzib olingan qaynatma 50—60°C gacha isitilib, yuqorida tayyorlangan go'sht mahsuloti qo'shiladi. Yog'siz jazlangan ko'kat ildizi, piyoz solinib, yaxshilab aralashtiriladi va sekin-asta qaynash darajasiga yetkaziladi. Yuziga suzib chiqqan ko'pik, yog'i suzilib, past olovda 1—1,5 soat davomida qaynatiladi. Bunda erigan oqsillar zichlashib, mayda go'sht bo'laklariga birlashib, qaynatma tarkibidagi emulgatsiyalangan yog', ko'piklarni o'ziga birlashtirib, qaynatma rangi tiniqlashadi va ekstraktiv moddalarga boy bo'ladi. Qaynatmadagi go'sht «pishgani» qozon tubiga tushganda taom iste'molga tayyor hisoblanadi. U biroz tindiriladi, yuziga chiqqan yog'i suzib olinadi.
Taomni tindirish uchun sabzi va tuxum oqi aralashmasidan foydalaniladi. Buning uchun sabzi tozalanib, qirg'ichda qirilib, ko'pirtirilgan tuxum oqi bilan aralashtiriladi. Tayyor qaynatma 70°C ga sovutilib, tayyorlangan aralashma solinib aralashtiriladi, yog'siz jazlangan ko'kat ildizi, sabzi, piyoz solinlb, sekin-asta qaynash darajasiga yetkaziladi, yuzidagi ko'pigi, yog'i suzib olinib, 30 minut davomida past olovda qaynatiladi. So'ng 30 minut davomida tindirilib, yuzidan yog'i suzib olinadi va elakdan o'tkazib yana bir bor qaynatiladi.
Suyak (molniki, umurtqa suyaksiz) 375 g, mol go'shti (kotletniki) 149 g, tuxum oqi 1/3 dona, sabzi 13 g, petrushka (ildizi) yoki selderey (ildizi) 12 g, boshpiyoz 12 g, suv 1400 g.
Tovuq yoki kurka go 'shtidan tayyorlanadigan tiniq qaynatma. Parranda suyagi maydalanib, qozonga solinadi, uning ustiga ikkinchi taom uchun mo'ljallangan bog'langan parranda go'shti solinib, suv quyiladi, qaynash darajasiga yetkazib ko'piklari olinadi va past olovda qaynatiladi. Vaqti-vaqti bilan yuzidagi yog'i suzib olinadi. Pishgan parranda go'shti qozondan olinib, parranda suyagi 1,5—2 soat davomida qaynatiladi. Qaynatma tayyor bo'lishiga 30 minut qolganda yog'siz jazlangan ko'kat ildizi va piyoz solinadi. Tayyor qaynatma elakdan o'tkazib suziladi. Agar qaynatma xiraroq ko'rinishda bo'lsa «pishgan go’sht» yordamida tiniq holga keltiriladi. Parranda «pishgan go’shti»ni tayyorlash uchun mayda chopilgan parranda suyagi va maydalangan parranda chiqit go'shtlari ustidan sovuq suv, tuz solib, aralashtirilib 1—2 soat sovuqda ushlanib, ko'pirtirilgan tuxum oqi qo'shib aralashtiriladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna
|