• Kartoshkali pyure suyuq oshi.
  • Kok noxatli pyure suyuq oshi.
  • Sholg'om yoki sabzili pyure suyuq oshi




    Download 153,27 Kb.
    bet31/49
    Sana21.05.2024
    Hajmi153,27 Kb.
    #247736
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49
    Bog'liq
    O’zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyas-www.hozir.org

    Sholg'om yoki sabzili pyure suyuq oshi. Piyoz va ko'kat ildizi to'g'ralib jazlanadi. Sabzi yoki sholg'om somoncha shaklida to'g'raladi, idishga solinib 1/3 miqdorda qaynatma quyiladi. So'ng jazlangan sabzavot solinib, yumshoq holga kelguncha qaynatiladi. Yumshagan sabzavotlar eziladi va oq sardak, qaynatma bilan aralashtiriladi, tuz qo'shilib, maromiga yetguncha pishiriladi.
    Tarqatishda chuqur likobchaga garnir sifatida donador guruch bo'tqasi, pyure suyuq oshi solinadi va qotirilgan non alohida tortiladi.
    Sabzi 400 g yoki sholg'om 480 g, petrushka (ildizi) 13 g, boshpiyoz 24 g, bug'doy uni 20 g, guruch 20 g, sariyog' 20 g, sut 150 g, tuxum 1/4 dona, qaynatma yoki suv 700 g.
    Kartoshkali pyure suyuq oshi. Sabzi, piyoz, petrushka ildizi to'g'ralib jazlanadi. Kartoshka qaynab turgan qaynatma yoki suvda yarim tayyor holgacha qaynatilgandan so'ng, jazlangan sabzavot qo'shib yumshoq, ezilarli darajagacha pishiriladi. Sabzavotlar suzib olinib eziladi va oq sardak, qaynatmada tuz qo'shilib aralashtirgan holda qaynatilib tayyor holga keltiriladi, taomga lezon yoki qaynoq sut bilan sariyog' qo'shib aralashtiriladi.
    Tarqatishda chuqur likobchaga garnir jazlangan piyoz, kartoshkali pyure suyuq oshi suziladi, alohida likobchada qotgan non tortiladi.


    Ko'k no'xatli pyure suyuq oshi. Sabzi, piyoz to'g'ralib jazlanadi. Ko'k no'xat konservalangan suvida bir qaynagandan so'ng, oz miqdordagisi garnir uchun suzib olinadi. Qolgan ko'k no'xat ustidan jazlangan sabzavot qo'shilib, qaynatiladi, so'ng pishirilgan suyuqligi bilan eziladi. Ezilgan mahsulotga oq sardak, tuz qo'shib qaynatib tayyor holga keltiriladi. Iste'molga tayyor bo'lgan taomga lezon va sariyog' qo'shiladi.
    Tarqatishda chuqur likobchaga ko'k no'xat solinib, ko'k no'xatli pyure suyuq oshi suziladi, alohida likobchada qotgan non tortiladi. Bu suyuq oshni yana quritilgan ko'k no'xat yoki yangi ko'k no'xatlardan ham tayyorlash mumkin. Agar quritilgan ko'k no'xat bo'lsa saralab yuvilgandan so'ng sovuq suvda 1,5—2 soat bo'ktirilishi va o'z suvida tuz qo'shilmay yumshoq holgacha qaynatilishi kerak.



    Download 153,27 Kb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49




    Download 153,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sholg'om yoki sabzili pyure suyuq oshi

    Download 153,27 Kb.