• Uy ugra oshi
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna




    Download 153,27 Kb.
    bet28/49
    Sana21.05.2024
    Hajmi153,27 Kb.
    #247736
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49
    Bog'liq
    O’zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyas-www.hozir.org

    Makaron mahsulotli sho'rva. Ko'kat ildizlari makaron mahsuloti shakliga monand: somoncha, to'rt burchakli uzun yoki tilim-tilim shakllarda to'g'raladi.
    Qaynab turgan qaynatmaga makaron solinib 10—15 minut qaynatiladi, to'rt burchakli uzun qilib to'g'ralib jazlangan sabzavot, tomat pyuresi, tuz, ziravor solinib taom tayyor bo'lgungacha pishiriladi. Bu sho'rvani tomat qo'shmay tayyorlash ham mumkin.
    Agar sho'rvaga vermishel yoki har xil shakldagi mayda makaron mahsulotlari solinadigan bo'lsa, qaynab turgan qaynatmaga avval jazlangan sabzavotlar solinib, 5—8 minut qaynatib so'ng vermishel yoki har xil shakldagi makaron mahsuloti solinib, maromiga yetkazib pishiriladi. Taom tayyor bo'lishdan avval tuz va ziravorlar solinadi. Tarqatishda chuqur likobchaga go'sht yoki parranda go'shtidan bir bo'lak solib sho'rva suziladi, ustidan ko'kat solib beriladi.
    Agar sho'rva qo'ziqorin qaynatilgan suvda tayyorlansa, pishirilgan qo'ziqorin to'g'rab qovuriladi, jazlangan sabzavotlar bilan birga qozonga solinadi.


    Uy ugra oshi parranda yoki parranda chiqiti qaynatmasida yoki qo'ziqorin qaynatilgan suvda tayyorlanadi. Ko'kat ildizlari, piyoz somoncha shaklida to'g'ralib, jazlanadi.
    Ugra tayyorlash uchun elangan un o'rtasi chuqurlashtiriladi. Alohida idishchaga tuxum chaqib solinadi, iliq tuzli suvdan qo'shib aralashtiriladi va elakda suzib olinadi. Hosil bo'lgan aralashmani o'rtasi chuqurlashtirilgan un uyumiga quyib asta-sekin aralashtirib xamir qoriladi. Xamir ustiga biroz un sepilib, 20—25 minut tindiriladi. Tayyor xamir 1 — 1,5 millimetr qalinlikda yupqa yoyilib, biroz quritilib, kengligi 4—5 santimetrli lenta shaklida kesilib, ustma-ust qo'yilib, somoncha shaklida to'g'raladi. Ishlatishdan avval ugra elanadi. Taomning rangi tiniq bo'lishi uchun ugrani tuzli qaynab turgan suvga solib, 1—2 minut qaynatilgach, elakda suzib olinib, suvi silqitiladi.
    Qaynab turgan qaynatmaga jazlangan ko'kat ildizi, piyoz solinib qaynatiladi, so'ng tayyorlangan ugra solinib pishiriladi. Taom tayyor bo'lishdan avval tuz, ziravor solinadi. Agar ugra oshi tovuq qaynatmasida tayyorlansa ziravor solinmaydi.
    Tarqatishda chuqur likobchaga parranda go'shtidan bir bo'lak solib, ugra oshi suziladi, ustidan ko'kat solib beriladi.
    Bug'doy uni 72 g, tuxum 1—2 dona, suv 14 g, tuz 2 g, yoyish uchun bug'doy uni 4,8 g, sabzi 50 g, petrushka (ildizi) 13 g, bosh piyoz 24 g, yog' 20 g, qaynatma 900 g.

    Download 153,27 Kb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49




    Download 153,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna

    Download 153,27 Kb.