• Kartoshka, sabzavot, yormali, dukkakli va makaron mahsulotlari solib tayyorlangan suyuq taomlar
  • Dehqoncha suyuq osh.
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna




    Download 153,27 Kb.
    bet24/49
    Sana21.05.2024
    Hajmi153,27 Kb.
    #247736
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49
    Bog'liq
    O’zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyas-www.hozir.org

    «Sibir»cha borsh. Bu borshga solinadigan loviya alohida pishiriladi. Go'sht frikadelkasi yonlari tik tovaga yoki tunuka tovaga bir qator terilib idishning 1/3 hajmi miqdorida qaynoq qaynatma quyilib, usti berkitilgan holda pishiriladi.
    Qaynab turgan qaynatmaga shashka shaklida kesilgan karam solinadi, qaynash darajasiga yetkazilib, kubik shaklda kesilgan kartoshka solingach, 10—15 minut qaynatiladi. So'ngra jazlangan sabzavot, dimlangan qizilcha solinib qaynatiladi, pishirilgan loviya, tuz ziravor, shakar solinib, iste'molga tayyor holga kelguncha pishiriladi. Tarqatishdan avval mayda chopilib, tuz bilan ezilgan sarimsoq piyoz aralashtiriladi.
    Tarqatishda chuqur likobchaga frikadelka, sibircha borsh suzilib, ustiga qaymoq va ko'kat solib beriladi.

    Kartoshka, sabzavot, yormali, dukkakli va makaron mahsulotlari solib tayyorlangan suyuq taomlar
    Kartoshka va sabzavotlardan yormali, dukkakli, makaron mahsulotlari solib turli suyuq taomlar tayyorlash mumkin. Bu suyuq taomlar suyak, suyakli go'sht qaynatmalarida, qo'ziqorin yoki sabzavot qaynatilgan suvda tayyorlanadi. Agar taom sabzavot qaynatilgan suvda tayyorlanayotgan bo'lsa, uni tarqatishda chuqur likobchaga solinib, taom tayyor bo'lish oldidan qaynoq sut qo'shish mumkin. Kartoshka va sabzavotlar to'rt burchakli uzun, pallacha, tilim-tilim, somoncha, kubik shaklida kesiladi. To'g'ralgan sabzavot mahsuloti turiga qarab bir xil shaklda va suyuq osh turiga mos bo'lishi muhim.


    Dehqoncha suyuq osh. Bu taom suyak yoki suyakli go'sht qaynatmasida tayyorlanadi. Sabzi, petrushka ildizi va piyoz parrak qilib to'g'raladi, oq o'zakli karam shashka, kartoshka kubik shaklida kesladi. Ko'kat ildizi va piyoz jazlanadi. Qaynab turgan qaynatmaga karam solinib, qaynash darajasiga ko'tariladi, kartoshka, jazlangan sabzavotlar solinib 10—15 minut qaynatilib, pallacha shaklida kesilgan yangi pomidor yoki jazlangan tomat pyuresi, tuz, ziravor solinadi va taom tayyor holga kelguncha qaynatiladi. Dehqoncha suyuq taomni yorma (arpa, suli, ) bilan tayyorlash ham mumkin. Bunda unga solinadigan kartoshka miqdori kamaytiriladi, yorma mahsulotlar qaynatmaga birinchi navbatda solinib, yarim tayyor holgacha pishirilgandan so'ng qolgan mahsulotlar solinadi. Tarqatishda dehqoncha suyuq taom chuqur likobchaga suziladi, qaymoq va ko'kat solinib, iste'molga tortiladi.


    Download 153,27 Kb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49




    Download 153,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna

    Download 153,27 Kb.