• Qoziqorin pishirilgan suv.
  • Baliqdan tayyorlanadigan qaynatma quruq sho'rva




    Download 153,27 Kb.
    bet20/49
    Sana21.05.2024
    Hajmi153,27 Kb.
    #247736
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49
    Bog'liq
    O’zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyas-www.hozir.org

    Baliqdan tayyorlanadigan qaynatma quruq sho'rva. Bunday sho'rvani tayyorlashda ishlovdan o'tgan baliq va boshi, suzgich qanotlari, dumi, terisi, suyagi kabi ozuqali chiqitlari ishlatiladi. Okun oilasiga mansub okun, sudak, yershch
    va boshqa baliqlardan yaxshi qaynatma tayyorlanadi. Zog'ora baliq, sazan, lesh, vobla baliqlaridan qaynatma tayyorlash tavsiya etilmaydi. Chunki bu baliqlardan tayyorlangan qaynatmaning mazasi taxir bo'ladi. Osyotr oilasiga mansub baliqlarning yirik suyaklari va boshi bo'laklarga bo'linib, ko'zi va oyqulog'i olib tashlanadi va qaynatmada mahsulot sifatida ishlatiladi.
    Ishlovdan o'tib tayyorlangan baliq, baliq chiqitlari qozonga solinib, ustidan sovuq suv (1 kg mahsulotga 3—3,5 litr suv) quyiladi va olovni balandlatib qaynatiladi. Qozondagi masalliq qaynab chiqqach, ustidagi ko'pigi olib tashlanadi. Xom ko'kat ildizi, to'g'ralgan piyoz solib past olovda 50—60 minut qaynatiladi. Qaynatma iste'molga tayyor holga kelgach, tindiriladi va elakdan o'tkazib, suzib olinadi.
    Osyotr oilasiga mansub baliq boshidan qaynatma tayyorlashda baliq boshi qozonga solinib, bir soat qaynatilgandan so'ng qozondan go'shti ajratib olinadi, kemirchak suyagi esa yumshoq holga kelguncha 1—1,5 soat davomida qaynatiladi.
    Tayyor qaynatma elakdan o'tkazib suziladi. Ajratib olingan baliq go'shti va yumshagan kemirchak suyagi bo'laklarga bo'linib, taom tarqatishda qo'shib beriladi.
    Qo'ziqorin pishirilgan suv. Buning uchun yangi yoki quritilgan qo'ziqorinlar ishlatiladi. Quritilgan qo'ziqorin saralanadi, tozalab yuviladi, biroz sovuq suvda bo'ktirilib (10—15 minut) qotib qolgan tashqi mahsulotlari ivitiladi. Yuvib tashqi mahsulotlardan holi qilingandan so'ng, 1 kg qo'ziqoringa 7 litr sovuq suv solinib, 3—4 soat davomida bo'ktiriladi. Qo'ziqorin suzilib, chayib tashlanib, o'zi bo'ktirilgan suvida 1,5—2 soat davomida pishiriladi. Tayyor qo'ziqorin suzib olinib, qum qoldiqlari qolgan bo'lsa, suvda yuvib tashlanadi, qaynatma esa biroz tindirilib, yuzidan suzib, elakdan o'tkaziladi. Qum qoldiqlari bo'lishi ehtimoli bo'lgani uchun elakdan o'tkazilayotgan qaynatmadan biroz qoldiriladi. Tayyor qo'ziqorin mayda to'g'ralgan holda yoki qiymalovchi mashinadan o'tkazilgan holda qaynab turgan suyuq taom tayyor bo'lishidan 5—10 minut avval solib ishlatiladi.


    Download 153,27 Kb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49




    Download 153,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Baliqdan tayyorlanadigan qaynatma quruq sho'rva

    Download 153,27 Kb.