• Makaron mahsulotli suyuq
  • Pyure suyuq oshlari
  • Tiniq suyuq oshlar
  • Sutli suyuq oshlar
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna




    Download 153,27 Kb.
    bet17/49
    Sana21.05.2024
    Hajmi153,27 Kb.
    #247736
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49
    Bog'liq
    O’zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyas-www.hozir.org

    Yormali suyuq oshlar. Yormalar yaxshi bo'kkan, yumshoq pishgan, lekin ezilib ketmagan, ko'kat ildizi va piyozi o'z shaklida, yumshoq pishgan, yuzidagi yog'i yaltiroq ko'rinishda, taxir mazadan holi, tuzi me'yorda, jazlangan sabzavotga xos xushxo'rlikda, qaynatmasi tiniq bo'ladi.

    Makaron mahsulotli suyuq oshlar. Makaron mahsulotlari, ko'kat ildizi va piyozi o'z shaklini saqlashi, ko'kat ildizi va qaynatmasi nordon bo'lmasligi, qaynatmasi tiniq, ba'zida biroz xiraroq bo'lishi ham mumkin. Tovuq yoki go'sht qaynatmasining rangi, sarg'ish yoki och sarg'ish, qo'ziqorin qaynatmasiniki och qo'ng'ir rangda, makaron mahsuloti, sabzavotlar esa yumshoq pishgan bo'ladi.

    Pyure suyuq oshlari bir xil quyuq suyuqlikka ega, yaxshi aralashgan un, yaxshi ezilgan mahsulotlar aralashmasidan iborat bo'lib, usti qaymoq yoki parda tutmagan, tarkibi quyuq qaymoq ko'rinishida, biroz cho'ziluvchan, rangi tayyorlashda ishlatilgan mahsulotga xos, mazasi yoqimli, tuzi me'yorida bo'lishi kerak.

    Tiniq suyuq oshlar qaynatmasi tiniq go'sht qaynatmasining rangi jigarrang, sariq tovuq qaynatmasi — tillarang, sariq; baliq qaynatmasi sarg'ish yoki ko'kimtir rangda bo'ladi. Mazasi tayyorlashda ishlatilgan mahsulotga xos xushxo'rlikda, tuzi me'yorida, yuzida suzib yuruvchi yog'i bo'lmasligi, garnir sifatida ishlatiladigan mahsulotlar yumshoq pishgan bo'lib, o'z shaklini saqlagan, o'z rangiga xos, ko'rinishi tabiiy bo'lishi kerak.

    Sutli suyuq oshlar tarkibidagi mahsulotlar yumshoq pishgan bo'lib, o'z shaklini saqlab qolgan, rangi oq, mazasi shirin, tuzi oz sezilarli, kuygan sutning mazasi va ta'mi bo'lmasligi kerak.

    Okroshkalar tarkibidagi go'sht va sabzavotlar mayda kubik yoki somoncha shaklida, ko'k piyoz mayda to'g'ralgan bo'lishi kerak. Tuxum sarig'i va qaymoq qo'shilganligi sababli rangi och qo'ng'ir-xira, mazasi nordonroq, yangi bodring, ukrop, ko'k piyozning xushxo'r ta'mi bo'lishi, pishirilgan mahsulotlar yumshoq, yangi bodring karsillab turishi lozim.
    2.1. 1 - chizmasi



    Download 153,27 Kb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49




    Download 153,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna

    Download 153,27 Kb.