|
SUYUQ TAOMLARNING SIFATIGA QO'YILADIGAN TALABLAR VA SAQLASH MUDDATLARI
|
bet | 16/49 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 153,27 Kb. | | #247736 |
Bog'liq O’zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyas-www.hozir.orgSUYUQ TAOMLARNING SIFATIGA QO'YILADIGAN TALABLAR VA SAQLASH MUDDATLARI
« Borshlar. Borshning barcha turida qizil lavlagi, karam, ko'kat ildizlari, o'z shaklini saqlashi lozim. Karam — somoncha yoki shashka qolgan sabzavotlar ham karam shakliga monand to'g'raladi. Mahsulot yumshoq pishgan, o'z shaklida, ezilib ketmagan bo'lishi kerak. Rangi to'q qizil, mazasi nordonroq shirin, xom qizil lavlagi mazasi bo'lmasligi lozim.
Shilar. Karam va ko'kat ildizlari to'g'ralgan shaklini saqlab qolishi, yuzida sarg'ish rangdagi yog'i, qaynatma och jigarrang yoki rangsiz bo'lishi, yangi karam shisining mazasi biroz shirinroq, tuzi me'yorida, xushta'm mazaberadigan jazlangan sabzavot mazasida bo'lib, parlangan karam mazasi kelmasligi, tuzlangan karam shisining mazasi nordonroq-shirin, jazlangan sabzavot, tomat, xushxo'rligida, o'ta nordon bo'lmasligi, piyoz, ko'kat ildizlari yumshoq pishgan, karam biroz karsillovchi bo'lishi kerak.
Ko'k oshi. Ezilib tayyorlangan mahsulot (shovul, ismaloq) bir xil quyuqlikda uni dumaloqlanib qolmagan,yuzida yaltiroq yog'i suzib yurgan bo'lishi kerak. Quyuq-suyuqligi pyure ko'rinishida, ozroq cho'ziluvchan, kartoshkasi yumshoq pishgan, ozroq nordon, shovul va ismaloq to'g'ralgan piyoz xushxo'rligi sezilarli darajada, to'q yashil rangga ega bo'ladi.
Go'sht aralashmali solvanka. Mahsulotlar tilim-tilim shaklda kesiladi, piyoz to'g'raladi. Go'sht, sho'r bodring, piyoz o'z shaklini saqlab qolgan, yuzida qizg'ish rangda yog'i, po'sti tozalangan limon parragi, mazasi sezilarli sho'r, kovul, jazlangan piyozga xos xushxo'r bo'lishi kerak. Tomat pyuresi, qaymoq qo'shilganligi sabab qaynatma rangi xiraroq, go'sht mahsuiotlari yumshoq pishgan, sho'r bodring biroz karsillab turishi lozim.
Sabzavot suyuq oshlari. Ko'kat ildizlari, karam, kartoshka, ko'k loviya o'z kesilgan shaklini saqlab qolishi, tuzi me'yorda, yangi sabzavot, ko'kat ta'sirida ta'mi xushxo'r, mahsulotlari yumshoq pishgan, yuzidagi yog'ining rangi to'q pushti rangli bo'ladi.
|
| |