• Kartoshkali shorva.
  • Sabzavotlardan tayyorlanadigan suyuq taom




    Download 153,27 Kb.
    bet25/49
    Sana21.05.2024
    Hajmi153,27 Kb.
    #247736
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49
    Bog'liq
    O’zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyas-www.hozir.org

    Sabzavotlardan tayyorlanadigan suyuq taom. Karam-shashka, kartoshka kubik yoki pallacha, sabzi va petrushka ildizi — pallacha yoki to'rt burchakli uzun, piyoz va pomidor pallacha shaklida to'g'raladi. Ko'kat ildizi va piyoz jazlanadi. Qaynab turgan qaynatmaga karam solib qaynash darajasiga yetkazib, kartoshka, jazlangan sabzavot solinadi va 10—15 minut qaynatiladi. Pomidor hom holda yuzaki jazlanib, konservalangan ko'k no'xat yoki loviya, me'yordagi tuz va ziravor solinib, taom tayyor holga kelguncha qaynatiladi. Suyuq taomga pishirilgan oq qo'ziqorin ham qo'shish mumkin.
    Bu suyuq taom tarkibiga kiradigan sabzavotlar turli xil bo'lib, yil fasliga qarab ishlatiladi. Bahorda salat, shovul, ismaloq, karam ko'chatlari, sarsabil, yozda gulkaram, qovoqcha, sholg'om, ko'k no'xat yoki loviya; kuzda qovoq, bryussel karami; qishda yangi muzlatilgan yoki konservalangan sabzavotlar ishlatiladi. Qovoqcha, qovoq-kubik, po'choqli ko'k no'xat va loviya-romb, gulkaram gulchalari ajratilgan holda ishlatiladi.
    Tarqatishda taom likobchaga suzilib, ko'kat solinadi.
    Oq o'zakli karam 100 g, kartoshka 267 g, sabzi 30 g, petrushka (ildizi) 27 g,bosh piyoz 24 g, konservalangan ko'k no'xat 46 g, poidor 91 g, yog' 20 g, qaynatma 760 g.


    Kartoshkali sho'rva. Kartoshka kubik, pallacha yoki to'rtburchakli uzun, sabzi, petrushka ildizi kubik yoki to'rt burchakli uzun bosh piyoz-pallacha shaklida kesiladi. Ko'kat ildizi va piyoz jazlanadi. Qaynab turgan qaynatma yoki suvga kartoshka, jazlangan sabzavotlar va piyoz solinib, sho'rva tayyor bo'lgunga qadar qaynatiladi. Pishib yetilishidan 5—10 minut avval tuz, ziravor solinadi. Yangi pomidor yoki jazlangan tomat pyuresi qo'shilishi ham mumkin.
    Tarqatishda chuqur likobchaga go'sht yoki baliq bo'lagi, sho'rva suzilib, yuziga ko'kat solinadi. Agar sho'rva qo'ziqorin qaynatmasida tayyorlansa, pishirilgan qo'ziqorin tilim-tilim yoki somon shaklida kesilib, yuzaki jazlanadi va sho'rvaga jazlangan sabzavotlar bilan birga solinadi.



    Download 153,27 Kb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




    Download 153,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sabzavotlardan tayyorlanadigan suyuq taom

    Download 153,27 Kb.