• Yormali sutli suyuq osh.
  • Makaron mahsulotli sutli suyuq osh.
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna




    Download 153,27 Kb.
    bet29/49
    Sana21.05.2024
    Hajmi153,27 Kb.
    #247736
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49
    Bog'liq
    O’zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyas-www.hozir.org

    SUTLI SUYUQ TAOMLAR
    Sutli suyuq taomlar sutda, sut bilan suv aralashmasida, shakarsiz quyuqlashtirilgan yoki quritilgan sutda yorma, makaron mahsuloti va sabzavotlar bilan tayyorlanadi. Makaron, yorma mahsulotlari, sabzavotlarning sutda pishishi qiyin. Shuning uchun ular avval yarim tayyor holgacha suvda pishirilib, so'ng qaynab turgan sutga solinib, iste'molga tayyor holga keltiriladi.
    Sutli suyuq taomlar oz-ozdan tayyorlanadi. Chunki sutli taom uzoqroq muddat saqlansa, uning rangi, mazasi, hidi, xushxo'rligi buziladi. Sariyog' yoki margarin qozonga yoki likobchaga taomni tarqatishdan avval solinadi.
    Yormali sutli suyuq osh. Saralanib, yuvilgan yorma (guruch, arpa, qaynab turgan tuzli suvga solinadi. Mahsulot yarim tayyor holgacha pishgandan so'ng, qaynab turgan qozonga sut solinib, taom tayyor holga kelguncha qaynatiladi va oxirida shakar qo'shiladi. Agar sof sutda pishirish lozim bo'lsa, mahsulot suvda 5—7 minut qaynatilgandan keyin elakda suyuqligi suzilishi kerak, so'ng qaynab turgan sutga solinib iste'molga tayyor holga kelguncha qaynatilishi lozim.
    Manna yoki suli yormasidan sutli suyuq osh tayyorlash uchun elakdan o'tkazilgan mahsulotni qaynab turgan sut yoki sut bilan suv aralashmasiga naycha usulida oz—ozdan solib to'xtovsiz aralashtirib turiladi. Taom tayyor bo'lishidan avval ta'miga qarab tuz, shakar solinadi.
    Tarqatishda likobchaga suzilib, ustidan sariyog' yoki margarin qo'shib beriladi.
    Sut 700 g, suv 350 g, guruch 70 g yoki manna 60 g, suli, arpa 80 g, sariyog' 10 g, shakar 10 g.


    Makaron mahsulotli sutli suyuq osh. Ishlovdan o'tgan makaron mahsuloti yarim tayyor holgacha tuzli suvda pishiriladi, suyuqligi to'kilib, qaynab turgan suv qo'shilgan sutga solinadi va iste'molga tayyor bo'lgunga qadar qaynatib pishiriladi. Taom tayyor bo'lishidan oldin unga shakar qo'shiladi. Agar taom sof sutda tayyorlanadigan bo'lsa, qaynab turgan tuzli suvda makaron 15—20 minut, ugra 10—12 minut, vermishel 5—7 minut qaynatilgach elakka solib suvi silqitiladi, so'ng qaynab turgan sutga solib me'yorida tuz va shakar qo'shib tayyor bo'lgunga qadar qaynatiladi. Mayda, har xil shakldagi («yulduzcha», har xil harf, «quloqcha», «baliqcha») makaron mahsulotlari qaynab turgan sut yoki suv va sut aralashmasiga solib qaynatiladi. Taom tayyor bo'lishidan avval tuz, shakar solinadi.
    Tarqatishda chuqur likobchaga suyuq taom suzilib, ustiga sariyog' solib beriladi.



    Download 153,27 Kb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49




    Download 153,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna

    Download 153,27 Kb.