2.5. DARS ISHLANMA.
Mavzu: Pazandachilik tarixi va tarraqqiyoti. Oziq ovqat mahsulotlarining ozuqaviy qiymatini inson organizmi uchun ahamiyati.
Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga pazandachilik tarixi haqida ma’lumot berish. Oziq ovqat mahsulotlarining ozuqaviy qiymatini inson organizmi uchun ahamiyati hamda ratsional asosda ovqatlanish haqida tushuncha berish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarga ovqatlanishda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilishni o’rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Pazandachilikning hozirgi taraqqiyoti haqida ma’lumot berish.
Dars jihozi: plakatlar, foto albomlar, diafilmlar.
Dars shakli: nazariy.
Darsning borishi.
Tashkiliy qism:
Davomatni tekshirish, navbatchi tayinlash, ishni boshlashdan avval mehnat xavfsizligi va sanitariya – gigiyena qoidalariga muvofiq ish o’rnini tayyorlash, maxsus kiyimlarni kiyib olish.
Asosiy qism
Reja:
1. Pazandachilik tarixi .
2. Oziq-ovqat mahsulotlarining inson hayoti uchun ahamiyati.
3. Ratsion bo’yicha ovqatlanish.
Yakuniy qism
Mavzuni mustahkamlash uchun savol-javobda qatnashgan o’quvchilarni baholash va baholarni e’lon qilish. Uyga vazifa berish.
Mavzuga metodik tavsiyanoma.
Sut mahsulotlarida ham oqsil, yog’, mineral moddalar, vitaminlar serobdir. Pishloqda yog’ 33%, oqsil 23 % ni tashkil etadi.
Bu mavzu mehnat ta’limining 5-sinf «Pazandachilik asoslari» yo’nalishi, «Oziq-ovqat mahsulotlari haqida umumiy ma’lumot» bo’limida o’qitiladi. O’quvchilar oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berishda qanday issiq ishlov berish turlari majudligini, pazandachilik ishlarini bajarishda qanday asbob-uskunalardan foydalanish mumkinligini, ulardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni bilib olishlari kerak. O’quvchilar oziq-ovqat mahsulotlarining turlari va ularning tarkibidagi ozuqaviy qiymati ularning ratsion bilan ovqatlanishdagi ahamiyati haqida ma’lumot berish zarur. O’quvchilarga to’g’ri ovqatlanish salomatlik garovi ekanligini tushintirish kerak. O’zbekistonda pazandachilikning rivojlanishini misollar orqali o’quvchilarga yetkaziladi.
Mavzuni o’qitishda nazariy dars shaklidan, suhbat, og’zaki, ko’rgazmali dars metodlaridan foydalanish mumkin. Qo’lda bajariladigan ishlarni multimedia, diafilm orqali o’quvchilarga ko’rsatiladi. Pazandachilik tarixi va tarraqiyoti, oziq ovqat mahsulotlarining ozuqaviy qiymatini inson organizmi uchun ahamiyati mavzusini o’qitishdan asosiy maqsad nimadan iborat ekanligini anglab olish zarur bo’ladi. O’quvchilarni dars jarayonida olgan bilimlarini tarqatma materiallardan foydalanib tekshirib ko’riladi. Yangi pedogogik texnologiyalaridan foydalangan holda o’quvchilarning olgan bilimlari mustahkamlanadi. «Insert» texnologiyasi orqali «Bilar edim, bilishni xohlar edim, bilib oldim » jadvalini to’ldirib chiqish mumkin. Bunda albatta o’quvchilarning olgan bilimlari yanada mustaxkamlanadi.
|