• Tiniq suyuq oshlarni tarqatish va ular uchun garnir tayyorlash.
  • Tuxumli tiniq qaynatma shorva.
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna




    Download 153,27 Kb.
    bet35/49
    Sana21.05.2024
    Hajmi153,27 Kb.
    #247736
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49
    Bog'liq
    O’zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyas-www.hozir.org

    Baliqdan tiniq qaynatma (uxa). Baliq qaynatmasi 50°C gacha sovutilgach, unga tiniqlashtiradigan mahsulotlar, xom petrushka yoki selderey ildizi qo'shib aralashtiriladi, olovni qaynash darajasigacha ko'tarib, ko'piklari suzib olinadi, so'ng olov pasaytirilib 20—30 minut qaynatiladi. Tayyor qaynatmadagi mahsulotlar cho'kkuncha tindirilib, yuzidan suzib elakdan o'tkaziladi. Baliq qaynatmasini tiniqlashtirish uchun xom tuxum oqi sovuq qaynatma yoki suv bilan aralashtiriladi, tuz va mayda to'g'ralgan piyoz qo'shiladi.
    Bunday aralashmani yana cho'rtan baliq yoki sudak uvuldurug'idarr ham tayyorlash mumkin. Buning uchun baliq uvuldurug'i ezilib, bir xil quyuqlikka kelguncha suv bilan, so'ng mayda to'g'ralgan piyoz, tuz qo'shib aralashtiriladi va hosil bo'lgan mahsulot 4—5 barobar ko'p miqdordagi sovuq suv bilan aralashtiriladi.


    Tiniq suyuq oshlarni tarqatish va ular uchun garnir tayyorlash. Tiniq suyuq oshlar kosa, chuqur likopcha, suyuq taom uchun mo'ljallangan idishlarga suzib tarqatiladi. Alohida kichik likopchaga esa garniri solib beriladi. Tarqatishda likopchaga avval garnir solinib, so'ng qaynatma suziladi. Qaynatma porsiyasining sof og'irligi 300 yoki 400 g hisobida bo'ladi. Garnir sabzavotlardan, yormalardan, makaron, tuxum, go'sht, baliq va boshqa mahsulotlardan tayyorlanadi.

    Tuxumli tiniq qaynatma sho'rva. Tuxum chala pishirilib, ehtiyotlik bilan po'sti tozalanib, tarqatilguncha harorati 50—60°C li tiniq qaynatamada biroz saqlanadi. Tarqatishda likobcha yoki kosaga tuxum solinib, ustidan tiniq qaynatma suzib beriladi.

    Qotirilgan pishloq va nonli tiniq qaynatma sho'rva. Bug'doy unidan yopilgan baton qobig'i tozalanib, qalinligi 0,5—0,6 sm da tilim-tilim shaklda kesilib,tovaga teriladi, ustidan qirg'ichda qirilgan pishloq sepilib, uning ustidan margarin yoki sariyog' sachratilib qovurish shkafida sarg'ish qobiq hosil bo'lguncha ushlanadi.
    Tarqatishda tiniq qaynatma sho'rva kosaga suzilib, alohida likobchaga 3—4 dona qotirilgan pishloqli non beriladi.



    Download 153,27 Kb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49




    Download 153,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna

    Download 153,27 Kb.