• 3-MAVZU: KOMPLEKS TUZLAR, NOMLANISHI,OLINISH USULLARI,XOSSALARI . Reja
  • Bir vaqtning o‘zida bir-biriga teskari ikki yo‘nalishda boradigan reaksiyalar




    Download 320.57 Kb.
    bet5/37
    Sana16.01.2023
    Hajmi320.57 Kb.
    #38333
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
    Статик ани мас фермаларни исоблаш, Документ Microsoft Word, O’zbek tilining leksik qatlamlari reja, taqdimot, Nurimov Umidjon, Test oraliq javobi bilan 2022 Umumiy psix va ped javobi 5 tarix, Irratsional tengsizliklar va tengsizliklar sistemasiga oid misollar yechish, Bigi nazar bigi nazar bigi nazar 8A sinif bigi bigi bigi bigi, 4263-Текст статьи-10427-1-10-20211206 (1), Intelektual kapital, intelektual mulkni shakllantirish va boshqa, Очик дарс охирги, Salford-m, «Raqamli qurilmalarni lîyihalashga kirish» fanidan test savollar, Calculationofpowerlossee
    Bir vaqtning o‘zida bir-biriga teskari ikki yo‘nalishda boradigan reaksiyalar qaytar reaksiyalar deyiladi.
    Qaytar reaksiyalarning tenglamalarida chap va o‘ng qismlari orasida
qarama-qarshi tomonlarga yo'nalgan ikkita strelka qo'yiladi. Bunday
reaksiyalarga vodorod bilan azotdan ammiak sintezi misol bo'la oladi:
    Texnikada qaytar reaksiyalar, odatda, afzal bo'lmaydi. Shu
sababli ular turli usullar (temperatura, bosimni o‘zgartirish va
b.) bilan amalda qaytmas qilinadi.
    Quyidagi hollarda reaksiyalar qaytmas bo'ladi:
    1) hosil bo‘ladigan mahsulotlar reaksiya doirasidan chiqib
ketadi — cho‘kma holida tushadi, gaz holida chiqadi.
    2) kam dissotsilanadigan birikma.nm
    3) reaksiyada ko‘p energiya chiqadi.
    Qaytmas reaksiyalarning tenglamalarida chap va o‘ng qismlari
orasiga tenglik ishorasi yoki strelka qo'yiladi.
    3-MAVZU: KOMPLEKS TUZLAR, NOMLANISHI,OLINISH USULLARI,XOSSALARI.
    Reja:
    1.Tuzlar haqida qisqacha ma‘lumot.
    2.O‘rta (normal) tuzlar nomenklaturasi va olinishi.
    3.Nordon tuzlar nomeklaturasi va olinishi.
    4. Asosli tuzlar nomeklaturasi va olinishi.
    5.Qo‘sh tuzlar nomeklaturasi va olinishi.
    6. Kompleks tuzlar. Tuzlarning umumiy xossalari.
    Tuzlarkimyoviy birikmalar sinfi; oddiy sharoitda ionli tuzilishga ega boʻlgan kristall moddalar. Ularga metall kationlari (yoki ammoniy N H 4 + {\displaystyle ~\mathrm {NH_{4}^{+}} } ; fosfoniy P H 4 + {\displaystyle ~\mathrm {PH_{4}^{+}} } ; gidroksoniy H 3 O + {\displaystyle ~\mathrm {H_{3}O^{+}} } kationlari) va kislota qoldigʻi anionlaridan tashkil topgan moddalar kiradi. Elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasiga muvofiq, tuzlar eritmada musbat zaryadlangan ionlar — kationlar (asosan, metallar) va manfiy zaryadlangan iondar — anionlarga dissotsilanadigan kimyoviy birikmalardir. Tuzlar quyidagi turlarga boʻlinadi: oʻrta (yoki neytral) tuzlar, nordon (yoki gidro) tuzlar, asosli (yoki gidrokso) tuzlar, aralash tuzlar, qoʻsh tuzlar, kompleks tuzlar — natriy sulfat, K4R2O7 — kaliy pirofosfat, CH3COONa — natriy atsetat. Nordon tuzlar gʻosil boʻlganida kislotadagi vodorod atomlari metallga batamom almashinmaydi: mas., NaHSO4 — natriy gidrosulfat, Sa(NSO3)2 — kaltsiy gidrokarbonat. Asosli tuzlar hosil boʻlganida asosning barcha gidroksil guruxlari metallga toʻliq almashinmaydi: mas., ZnOHCl — pyx gidroksoxlorid, [Fe(OH)2]SO4 — temir (P)gidroksosulfat. Asosli tuzlardan tashqari oksotuzlar .gʻam maʼlum. Ular asosli tuzlarni suvsizlantirish natijasida olinadi; mas., magniy gidroksoxlorid MgOHCl suvsizlantirilsa, magniy oksoxlorid MgOCl2 hosil boʻladi. Aralash tuzlar — asos gidroksidlarining boshqaboshqa kislota krldiklariga almashinishi natijasida hosil boʻladigan mahsulotlar, mas., Sa(ON)2 dagi ON~ guruxlarining birini xlor ioni S1~ ga, ikkinchisini SYU" ga almashtirilsa, aralash tuzlar Sa(OS1)S1 kelib chiqadi. Qoʻsh tuzlar — biror kislotadagi vodorod atomlarining turli metallarga almashinish mahsulotlari; mas., KNaCO3, KA1(SO4)2. Bularni Na2CO3K2CO3, K2SO4A12(SO4)3 shaklida ham yozish mumkin. Agar biror qoʻsh tuzlar garkibidagi metallardan biri anion tarkibiga kirsa, bunday qoʻsh tuzlarni kompleks tuzlar deb qarash kerak; mas., agar KClMgCl2 tarkibidagi magniy metali anion tarkibiga kirsa, K [MgCl3] shaklli kompleks tuzlar, 3NaFAlF3 tarkibidagi alyuminiy metali anion tarkibiga oʻtsa, Na3[AlF6] shaklli kompleks tuzlar kelib chiqadi. Umuman qoʻsh tuzlar bilan kompleks tuzlar orasida anik, chegara yoʻq: qoʻsh tuzlar atsidokomplekslar jumlasiga kiritiladi.
    TUZLAR – metall atomlari va kislota qoldig‘idan iborat murakkab moddalar (kislota molekulasidagi vodorod atomlarining metallar bilan almashinishidan hosil bo‘ladigan murakkab moddalar).Umuman, tuzlar gidroksidlar va kislotalarning o‘zaro ta‘siri mahsuloti bo‘lib, ular turli tarkibli bo‘ladilar. Tuzlarning umumiy formulasi MnKm tarzida ifodalanadi: bu yerda M-metall atomi (yoki ammoniy NH4+); K-kislota qoldig‘i; n-kislota qoldig‘ining valentligi; m-metall atomi valentligi. Masalan: NaCl, Rb2SO3, Be(NO3)2, NaHCO3, KNaSO4, Ca(H2PO4)2, CaOCl2, K4[Fe(CN)6], AlOHSO4, (CuOH)2CO3, K2ZnO2 va h.k.
    Barcha tuzlar qattiq moddalar bo‘lib, turli rangda bo‘ladilar. Ular suvda eruvchanligi bo‘yicha yaxshi eriydigan (NaCl, KCl, NH4NO3, KNO3, CaCl va hokazo)

    eruvchan (CaSO4, PbCl, Ag2SO4 va hokazo) va juda kam eruvchan (CaCO3, BaSO4, CaSiO3 va hokazo) larga bo‘linadi.



    Download 320.57 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




    Download 320.57 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bir vaqtning o‘zida bir-biriga teskari ikki yo‘nalishda boradigan reaksiyalar

    Download 320.57 Kb.