9
ruxsat etilmaydi. Bunday generatorlarni havo
sovtishda uzoq muddatli
bo‘lmagan salt ish rejimlarida qo‘zg‘atish tizimisiz va ishlab chiqaruvchi
yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan havo haroratidan yuqori haroratga ega
bo‘lmagan hollarda ruxsat etiladi.
Generatorlarning yong‘in o‘chirish tizimi doimo ishga shay holatda
bo‘lishi va iloji boricha ularni tezroq ishga tushirishni ta’minlab berish
kerak. Generatorlarni ishga tushirish yoki ishlatish
jarayonida quyidagi
elektrik parametrlar nazorat qilinib turishi lozim: stator va rotorning
kuchlanishi, stator va rotor toki, chastota, rotorning aylanish tezligi, aktiv
va reaktiv quvvat, stator chulg‘ami va po‘latining harorati, val,
podshipniklarnig zichlari, vodorod bosimi va tozaligi, moyning bosimi va
harorati, vodorodli va to‘liq suvli sovitish
tizimli turbogenerator
korpusidagi gazning namligi, tinchlantiruvchi baklardagi moy sathi,
podshipnik va kontakt halqalarning titrashlari.
Barcha tipdagi vodorod bilan bevosita sovitiluvchi generatorlar
qobig‘ining ichidagi vodorodning tozaligi 98 % kam bo‘lmasligi, vodorod
bilan bilvosita sovituvchi generatorlar qobig‘ida vodorodning ortiqcha
bosimi 50 kPA va undan ko‘p bo‘lganda vodorod tozaligi 97 % dan kam
bo‘lmasligi, 50 kPA dan kam bo‘lganda vodorodning tozaligi 95 % dan
kam bo‘lmasligi kerak.
Fazalarda toklar farqi bilan uzoq muddat
ishlashi turbogeneratorlar
uchun nominal tokdan 10 % gacha, sinxron kompensatorlar uchun nominal
tokning 20 % gacha ruxsat etiladi.
Generatorlarni tubdan ta’mirlashlar 4-5 yilda bir marta o‘tkazilishi
kerak. Turbogeneratorlarni ishlatish jarayonidan boshlab uning rotorini
chiqarib olib ta’mirlash ishlari 8000 soatdan kechiktirmasdan amalga
oshirilishi, gidrogeneratorlarda esa 6000 soatdan kechiktirilmasligi lozim.
Generatorlarda profilaktik sinov va o‘lchovlar “Elektr uskunalarni
sinashni qoidalari va me’yorlari” texnik hujjatga muvofiq amalga
oshirilish kerak.
Hozirgi elektr stansiyalarida elektr energiyasi
hosil qilish uchun uch
fazali o‘zgaruvchan tok sinxron generatorlari ishlatiladi. Turbogeneratorlar
(birlamchi dvigateli – bug‘ yoki gaz turbinasi) va gidrogeneratorlar
(birlamchi dvigateli - gidroturbina) bo‘ladi.
Sinxron elektr mashinalari uchun turg‘un ish rejimida agregatning
aylanish soni chastotasi (ayl/dak) bilan tarmoq chastotasi
f (Gs) orasida
aniq muvofiqlik bor: