6
8. Oldini olish sinovlarini o‘tkazish va o‘lchov hamda rele uskuna-
larining aniq tekshirishlarini kiritish. Oldini olish sinovlari uskunani
ko‘zdan kechirishda aniqlanmagan
nosozliklarni aniqlab beradi, chunki
bunday nosozliklar tashqi belgilarga ega emas.
9. Hujjatlarni to‘g‘ri olib borish. Hujjatlar uskunaning o‘tgan umrini,
eng ma’qul holatini o‘rnatishga, ko‘zdan kechirish usuli va sozlash
usullarini, nosozliklarni yoki halokat sabablarini
aniqlashga yordam
beradi.
10. Halokat sabablarini sinchkovlik bilan tekshirish. Halokat
ishlatishdagi katta yetishmovchilikni birinchi alomatidir. Uni diqqatlik
bilan o‘rganish orqali ularni yanada yomon
oqibatlarga olib kelishi
mumkin bo‘lgan nozik joylarini aniqlash mumkin.
11. Elektrotexnik uskunalarga xodimlarni tayyorlash. Xodimdan
egallab turgan lavozimiga monand texnik bilim,
ishlatayotgan uskunani
bilishi, uni ishlatish qoidalarini va ish joyiga qo’llanadigan ishlab chiqarish
ko‘nikmalari talab qilinadi.