7
yaxshi ishlashi, sistemada quvvat zaxirasi va elektr tarmoqlarining
ratsional sxemalari orqali ta’minlanadi.
Texnologik jarayonlarning buzilishi
elektr energiya sifatining
kamayishi natijasida ham kuzatiladi. Sistemada chastotaning kamayishi
motorlardagi mexanizmlarning aylanish tezligini kamayishiga olib keladi
va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning
sifatsizligiga olib kelishi
mumkin. Kuchlanishning tushishi motorlarning aylanish momentini
kamaytiradi, kuchlanishni oshishi esa yoritgich qurilmalarining umrini
qisqartiradi.
Elektr energiya sifati nazorati chastota
va kuchlanish rostlashni
avtomatlashtirish, kompensatsiyalovchi uskunalarni to’g‘ri ishlatish,
kuchlanishni yuklama ostida rostlash transformatorlarini qo‘llash orqali
amalga oshiriladi.