p
f
n
60
(2.1)
bunda r - generator statori chulg‘amlarining juft qutblari soni.
Bug‘ va gaz turbinalari aylanish chastotasi katta (3000 va 1500
ayl/dak) qilib chiqariladi, chunki shunda turbogeneratorlar eng yuqori
texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi. Odatdagi, yoqilg‘ida
ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalarida (IEM larda) agregatlarning
aylanish chastotasi, odatda, 3000 ayl/dak ni tashkil etadi, sinxron
turbogeneratorlarda esa ikkita qutb bo‘ladi. AES da aylanish chastotasi
1500 va 3000 ayl/dak bo‘lgan agregatlar ishlatiladi.
Turbogeneratorlar tezyurarligi sababli uning konstruksiyasining o‘ziga
xos tomonlari bo‘ladi. Bu generatorlar vali gorizontal joylashadigan qilib
tayyorlanadi. Turbogeneratorning katta mexanik va issiqlik yuklamalarida
ishlovchi rotori magnit hamda mexanik xossalari yuqori bo‘lgan maxsus
(xrom-nikelli yoki xrom–nikel-molibdenli) po‘latdan tayyorlangan yaxlit
pokovkadan yasaladi.
Rotorning qutbi aniq bo‘lmaydi. Aylanish chastotasi katta bo‘lganligi
uchun, mexanik mustahkamlikning ta’minlash nuqtayi nazaridan,
rotorning diametri 3000 ayl/dak uchun 1,1-1,2 m dan ortmaydi. Rotor
qobig‘ining uzunligi ham ma’lum chegaraga ega bo‘lib, 6-6,5 m ga teng
bo‘ladi. U val statik egilishining ruxsat etiladigan kattaligi va ma’qul
titrash xarakteristikasining hosil qilish shartiga ko‘ra aniqlanadi.
Rotorning asosiy magnit oqimi o‘tadigan aktiv qismida uyg‘otish
chulg‘amining g‘altaklari joylanadigan pazlar frezalanadi. Rotorning har
ikki tomonidan uning valiga mashinadagi sovituvchi gazning aylanib
yurishini ta’minlaydigan ventilyator o‘rnatiladi.
Turbogenerator statori korpus va o‘zakdan iborat. Korpus payvandlab
tayyorlanadi, tashqi (torets) tomonlari shchitlar bilan berkitilib, boshqa
qismi bilan tutashgan joylari zichlanadi. Stator o‘zagi qalinligi 0,5 mm li
po‘latdan tayyorlangan, izolyatsiyalangan listlardan yig‘iladi. Listlar paket
ko‘rinishida yig‘ilib ular orasida ventilyatsiya kanallari qoldiriladi. O‘zak
ichidagi pazlarga uch fazali, odatda, ikki qatlamli chulg‘am joylanadi.
Gidravlik turbinalarning aylanish chastotasi, odatda, nisbatan kichik
(60 - 600 ayl/dak) bo‘ladi. Suv bosimi qanchalik past, turbina quvvati
qanchalik katta bo‘lsa, aylanish chastotasi shunchalik kichik bo‘ladi.
Gidrogeneratorlar shu sababdan sekin yurar va o‘lchamlari, massasi katta,
shuningdek, qutblari soni ko‘p bo‘ladi.
11
Gidrogeneratorlar ayon kutbli rotorli qilib va vali asosan vertikal
joylashadigan qilib tayyorlanadi. Qudratli gidrogeneratorlar rotorlarining
diametri 14-16 m, statorlarining diametri esa 20—22 m ga yetadi.
Qutblarda
uyg‘otish chulg‘amlaridan tashqari dempferlovchi
chulg‘am ham joylanadi, u qutblar uchidagi pazlarga joylashtiriladigan va
rotor chetiga tutashtiriladigan mis halqa yordamida sterjenlardan hosil
qilinadi. Bu chulg‘am agregat rotorining generator yuklamasining keskin
o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday uyg‘otilishida hosil bo‘ladigan
tebranishlari tinchlantirish uchun xizmat qiladi.
Turbogeneratorlarda tinchlantiruvchi chulg‘am vazifasi rotorning
massiv qobiqi va pazlarda uyg‘otish chulg‘amining berkitib turuvchi
metall ponalar o‘taydi.
Gidrogeneratorning
statori
turbogenerator
statorining
konstruksiyasidan prinsipial farq qilmaydi, faqat turbogeneratornikidan
farqli o‘laroq, ajraladigan qilib tayyorlanadi. U aylana bo‘ylab teng ikki -
olti qismga bo‘linadi, bu esa uning tashishi va montaj qilishni
yengillashtiradi.
Reaktiv gidravlik turbinada ishchi g‘ildirakning parraklarida suvning
kinetik va potensial energiyalari turbinaning mexanik energiyasiga
o‘zgartiriladi. Turbinaning ishchi g‘ildiragiga oqib kiruvchi suv katta
bosimga ega bo‘lib, u ishchi g‘ildirakning oqim yo‘lidan oqib o‘tgani sari
kamayib boradi. Bunda suv turbinaning parraklariga reaktiv bosim beradi
va energiyaning potensial tashkil etuvchisi ishchi g‘ildirakning mexanik
energiyasiga o‘zgartiriladi.
Parraklarning egriligi hisobiga suv oqimining yo‘nalishi o‘zgaradi va
markazdan qochma kuchlarning ta’siri natijasida suvning kinetik
energiyasi, aktiv turbinadagi singari, turbinaning mexanik energiyasiga
o‘zgaradi. Reaktiv turbinaning ishchi g‘ildiragi, aktiv turbinadan farqli
holda, suvning ichida joylashadi, ya’ni ularda suv oqimi ishchi
g‘ildirakning barcha parraklariga kirib keladi. Reaktiv turbina ishchi
g‘ildiraklarining turlicha tuzilishlari 2.1 - rasmda tasvirlangan.
12
2.1- rasm. Reaktiv turbinalar ishchi g‘ildiraklarining umumiy
ko‘rinishlari: a)- radial-bo‘ylama; b)- parrakli; d )- buriluvchan-parrakli;
e )- ikki parrakli; f )- diagonal
Radial-bo‘ylama
turbinalarda ishchi g‘ildirakning parraklari
murakkab egrilikka ega bo‘lib, yo‘naltiruvchi apparatdan kirib keluvchi
suv ketma-ket tarzda radial yo‘nalishini o‘q bo‘ylab yo‘nalishga
o‘zgartirib boradi. Bunday turbinalar naporning katta diapazonida, ya’ni u
30 m dan 600 m gacha bo‘lgan hollarda qo‘llanilishi mumkin.
Parrakli turbinalar sodda tuzilish va yuqori FIK ga ega. Biroq, ularda
yuklamaning nominal qiymatdan o‘zgarishi bilan FIK keskin kamayadi.
Buriluvchan-parrakli turbinalarda parrakli turbinalardan farqli holda
FIK ning yuqori qiymatining ta’minlash uchun ishchi g‘ildirakning
parraklari ish rejimining o‘zgarishiga bog‘liq holda buriladi.
Ikki parrakli turbinalarda ishchi g‘ildirakda parraklar juftlangan
bo‘ladi. Ularning keng qo‘llanilishi tuzilishidagi murakkabliklar bilan
cheklangan. Xuddi shunday murakkab tuzilish ishchi parraklari o‘z o‘qiga
nisbatan buriluvchan bo‘lgan diagonal turbinalar uchun ham xarakterlidir.
Keyingi yillarda vali gorizontal joylashgan, kapsulli generator deb
ataluvchi generatorlar ishlatila boshlangan. Bunday generatorlar tashqi
qismining turbina orqali keladigan suv yuvib o‘tadigan suv o‘tmaydigan
qobiq (kapsula) ga joylanadi. Kapsulali generatorlar bir necha o‘nlab
megavolt-amper quvvatga mo‘ljallab tayyorlanadi. Bular ayon qutbli
nisbatan sekin yurar (n = 60...150 ayl/min) hisoblanadi.
Elektr stansiyalarida ishlatiladigan sinxron generatorlarning boshqa
tiplari ichida ichki yonuv dizel dvigatellari bilan biriktiriladigan dizel-
generatorlarni aytib o‘tish lozim. Bular ayon qutbli vali gorizontal
joylashgan mashinalardir. Porshenli mashina singari dizel ham notekis
13
burovchi momentga ega bo‘lganligi uchun dizel-generator maxovik bilan
ta’minlanadi yoki uning rotori aylanma momenti katta qilib tayyorlanadi.
Generatorlarning
nominal
parametrlari.
Generatorni
ishlab
chiqaruvchi zavod uni ma’lum ruxsat etilgan uzoq muddatli ish rejimiga
mo‘ljallaydi va bu rejim nominal rejim deb ataladi. Bu ish rejimi
generatorning nominal ma’lumotlari degan nom bilan yuritiladigan va
uning yorlig‘ida hamda mashina pasportida ko‘rsatiladigan parametrlar
bilan xarakterlanadi.
Generatorning
nominal
kuchlanishi-nominal
rejimda
stator
chulg‘amining liniya (fazalararo) kuchlanishidir.
Normal sovitish parametrlari (sovituvchi gaz va suyuqlikning
temperaturasi, bosimi hamda sarfi) da va generator pasportida ko‘rsatilgan
quvvat hamda kuchlanishning nominal qiymatlarida generatorning uzoq
muddat normal ishlashiga ruxsat etiladigan tok qiymati generator
statorining nominal toki deb ataladi.
Generatorning to‘la nominal quvvati quyidagi formuladan aniqlanadi
(kVA):
3
,
nî m
nî m nî m
S
U
I
(2.2)
generatorning aktiv nominal quvvati uning turbina bilan komplektda
uzoq muddat ishlashi uchun mo‘ljallangan eng katta aktiv nominal
quvvatdir.
Aktiv nominal quvvat quyidagi ifodada aniqlanadi (kVt):
cos
nî m
nî m
nî m
P
S
(2.3)
Turbogeneratorlarning nominal quvvati standartlardagi quvvatlar
qatoriga to‘g‘ri kelishi kerak. Yirik gidrogeneratorlarning nominal
quvvatlari shkalasi standartlashtirilmagan.
Rotorning nominal toki - generatorning eng katta uyg‘otish toki
bo‘lib, statorning kuchlanishi nominal miqdoridan 5 % atrofida o‘zgarib
turganida va nominal quvvat koeffitsiyentida generator shu tokda nominal
quvvat bera oladi.
14
2.2 – rasm. Turbogenerator rotoriga chulg‘amlarni o‘rnatish jarayoni
Nominal quvvat koeffitsiyenti standartga muvofiq 125 MVA va undan
kichik quvvatli generatorlar uchun 0,8; quvvati 588 MVA gacha bo‘lgan
turbogeneratorlar va 360 MVA gacha bo‘lgan gidrogeneratorlar uchun
0,85; ancha quvvatli mashinalar uchun 0,9 qabul qilinadi. Kapsulali
gidrogeneratorlar uchun, odatda, sosφ ≈ 1.
Har qanday generator nominal yuklama va nominal quvvat
koeffitsientidagi FIK bilan xarakterlanadi. Hozirgi generatorlarda nominal
FIK 96,3 - 98,8 % atrofida o‘zgarib turadi.
|