108
Sorbsiya yo’li bilan tanlab eritiladigan bo’tana
birinchi pachukka
yuklanadi va eng so’nggi pachukdan tashqariga bo’shatib olinadi. Toza sof
ionit eng oxirgi reaktorga yuklanadi. Oltin (nodir metallar) bilan tuyungan
qatron birinchi pachuklan (reaktor) bo’shatiladi (chiqadi). Bir-birining
oqimiga qarama-qarshi (protivotochnaya) yuborilgan bo’tana va qatron
o’zaro yaxshi aralashib (to’qnashib), qatronning
nodir metallar bilan oz
fursatda to’yintiradi.
Sian va ishqor sorbsiya jarayonida sarf bo’ladi shu sababli
erituvchilarni konsentratsiyasi mustahkamlanib erkin NaCN 0,03-0,05%
va himoya ishqori 0,005-0,01 CaO ga yetkaziladi.
Bu jarayon sorbsiyali
tanlab eritishnining 3- yoki 4-bosqichida amalga oshirililadi.
Sorbsiyali sianlash jarayonida asosiy ko’rsatgichlardan biri bu
qatronning dastgoh bo’ylab oqimidir.
Sorbsiya jarayoni davomiyligi bo’tananing
sorbsiya dastgohlarida
bo’lish vaqti bilan belgilanib, oltinning rudadan eritmaga to’liq erib o’tishi
va anionitga shimilish vaqtini o’z ichiga oladi. Sorbsiyali tanlab eritish
jarayonlari tajribalar natijasida aniqlanadi. Agar
rudalar oksidli-kvarsli va
sulfidli-kvarsli bo’lsa unda erish jarayoni 6-12soat davom etadi, ko’pincha
bu ko’rsatgich rudalar xossalariga va jarayonning o’tkazilish sharoitiga
bog’liq bo’ladi (oltinning rudada joylashishiga, zichligi va qovushqoqligi,
erituvchilar konsentratsiyasiga). Sulfidli ruda
va boyitmalarni sianlash
vaqtida sorbsiyalash jarayoni davomiyligi 12-18 soatgacha o’sishi
mumkin.
Bo’tananing «kaskadda» bo’lish vaqti va bo’tanadan oltinni qatronga
shimilish vaqti quyidagi tenglamadan aniqlanadi:
T
sv
= V/П,
T
sv
– sorbsiyali tanlab eritish jarayoni davomiyligi, s ; V – kaskaddagi
barcha
sorbsiya dastgohlari hajmi, m
3
; П – dastgohning ishlab chiqarish
unumdorligi(bo’tana oqimi), m
3
/s .
Bo’tananing bir sorbsiya pachugida bo’lish vaqti quyidagi formuladan
aniqlanadi,
s: t
sv
= T
sv
/N,
109
bunda N—kaskaddagi dastgohlar soni. Amaliyotda 1
sorbsiya
pachugida bo’tana o’rtacha 0,5-2 soat bo’ladi, oksid-kvarsli rudalar uchun
1soatni tashkil qiladi. Har bir dastgohda bo’tananing qisqa vaqtda erib
o’tishi kinetic jihatdan samaralidir va sorbsiya
jarayoni kinetikasini
qoniqtiradi.
Sorbsiyali tanlab eritish dastgohlari.
Dastlabki sianlash jarayoni uchun pnevmatik yo’l bilan bo’tanani
aralashtiruvchi «pachuk»lar qo’llaniladi (13.2-rasm).
13.2-rasm.
Sianlash va zararsizlantirish pachugi. a) sirkulyatornining
yuqoridan mahkamlanishi; b) — havoni taxsomlab beruvchi quvur
kesmasi; v — sirkulyatornining pastdan mahkamlanishi.
110
Pachuk po’latdan yasalgan silinjdirsimon chan -1dan iborat bo’lib, u
poydevorga halqasimon tayanch va konussimon tub bilan o’rnatilgan.
Pachukning konussimon qismi gorizontal yuzasi 60° qiyalikda
o’rnatilgan. Konussimon tubda pachukni ta’mirlash uchun qopqoq(lyuk)