• 13 - ma’ruza SORBSION TANLAB ERITISHNING TEXNOLOGIK SXEMALARI, ASOSIY PARAMETRLARI VA DASTGOHLARI Reja
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




    Download 39,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/87
    Sana23.06.2024
    Hajmi39,03 Mb.
    #265243
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   87
    Bog'liq
    NodirMM maruza

    Nazorat savollari 
    1. Sorbsiya jarayonining qonuniyatlariga nimalar kiradi? 
    2. Sorbsiyalash izotermalari, qo‘shimchalarning jarayonga tasiri 
    nimada? 
    3. Sian eritmalaridan oltinni anionitga sorbsiyalanishi jarayoni tezligi 
    nimalarga bog‘liq? 
    13 - ma’ruza 
    SORBSION TANLAB ERITISHNING TEXNOLOGIK 
    SXEMALARI, ASOSIY PARAMETRLARI VA DASTGOHLARI 
     
    Reja:
    1. Sorbsiyali tanlab eritish amaliyoti. 
    2. Sorbsiyalashda ishlatiladigan dastgohlar. 
    3. Sorbsiyalashda ishlatiladigan pachuklarning texnalogik 
    xarakteristikasi.
     
    Kalit so’zlar: 
    sorbsion tanlab eritish amaliyoti, tanlab eritish 
    dastgohlari, sorbsiyali sianlash. 
     
    Sianlash jarayonlarida ionalmashinuvchi qatronlar quydagi usullarda 
    qo‘laniladi:
    1. Tindirilgan eritmalardan oltin va kumushni eritmada sorbsiyalash; 
    2. Sianlangan eritmadan oltin va kumishni sorbsiyalash; 
    3. Sorbsiyali sianlash - sianlash va sorbsiyalash jarayonini birgalikda 
    olib borish(oltin va kumushni tanlab eritish vaqtida sorbsiyalash).


    105 
    Birinchi usul oddiy va sodda. Tindirilgan sinil eritmalariga qatron 
    ionitlar ta'sir ettirib olinadi. Xuddi rux bilan cho’ktirishdagidek, bunda rux 
    o’rniga qatron ishlatiladi. Shu yo’sin xomaki oltin metali olish jarayoni 
    ham soddalashadi.Bu jarayon qatronlar narxining qimmatligi va 
    regeneratsiya jarayonining qiyinligi sababli iqtisodiy jihatdan samarasizdir 
    va boshqa arzonroq va osonroq usullar bilan raqobatlasha olmaydi.
    Ikkinchi usulga ko’ra, sorbsiyaga tindirilgan eritma emas, balki 
    agitator yoki pachuklarda tanlab eritilgan bo’tanaga ionit qatron ta'sir 
    ettiriladi. Ikkinchi usulning avzaligi qimatbaho filtirlarning 
    qo‘llanilmasligi, kamchiligi esa jarayonning uzoq vaqt davom etishi, 
    dastgohlarning ko’p joy egallashi va ko’p kapital xarajatlarning sarflanishi. 
    Aralashtirish davomida nodir metallar bo’tanadan, qatronga sorbsiya 
    yo’li bilan yutiladi. Sorbsiya tugatishi bilan oltinini olingan bo’tana 
    tashlanma hovuz (otvallarga) yuboriladi.
    Qatronni bo’tanadan ajratib olishda yanchilgan ruda va qatron 
    o’chamlari farqi asosiy rol o’ynaydi. Masalan: qatron yanchilgan ruda 
    zarrasiga qaraganda bir necha barobar katta o’lchamga ega. Ionit 0,5-2,0 
    mm, zarrachalar esa 0,074 mm ya'ni
    0,5-2,0 
    e =
    
    = 7 : 27 
    0,074 
    barobar katta, demak ionit qatronni bo’tanadan bemalol g’alvirlash 
    yo’li bilan ajratish oson.
    Shu sababdan qatron ham bo’tanani maxsus to’rdan o’tkaziladi, elak-
    to’r o’lchami zarrachada katta va yangitdan kichikroq yasalgan bo’ladi.
    Qatronning zarralari to’r ustida (elak-to’r) tutilib qoladi.
    Bo’tana esa to’rdan o’tib tashlama hovuzlarga oqiziladi. Shunday 
    qilib, qatronni oddiy g’alvirlash yo’li bilan bo’tanadan ajratilib, o’ta 
    qimmatli jarayon suzish (filtrlash) dan voz kechiladi. Bo’ tanada nodir 
    metallarni ajratib olishning asosiy maksadi ham, ushbu bo'tananing 
    filtrlashdan ko’ra, galvirlashga almashtirishga asoslangan. 
    Uchinchi usulda tanlab eritish va sorbsiyalash bilan birga qo’shib olib 
    boriladi. Tanlab eritish paytida ionitlar, to’g’ridan-to’g’ri bo’tanadagi oltin 
    va kumush zarralari bilan aloqada bo’lishi kerak. Bu usulda ham tanlab 


    106 
    eritilgan bo’tana suzish jarayonini chetlab o’tadi. Jarayonning afzalliklari 
    quyidagilar: a) oltinni eritmadan ajratishda ko’p elektr energiya talab 
    qiluvchi va qimatbaho filtirlarning qo‘lanilmasligi; b) sianlash jarayonida 
    oltin va kumushni erish jarayoni davomiyligi kam; v) Sorbsiyalash 
    jarayoni dastgohlarining ixchamli va kapital xarajatlarning kamligi; g) 
    oltining ajralishi yuqori darajada (98-99 %) va yuqori sifatda olinishi.
    Sorbsiyali sianlash jarayoni mayin yanchilgan rudali tizimda olib 
    borilib unda eritishga keladigan yanchilgan mahsulot o’lchami -0.15 mm, 
    miqdori 80-90 % dabo’ladi. Agar ruda zarralarining o'lchami undan katta 
    bo'lsa qatronni ruda bilan ezilishi hisobiga yo’qotilishi oshishi mumkin.
    Sorbsiya jarayonida ruda bo’laklari ma’lum miqdorda katta bo’lsa, shunga 
    mos yirikroq 0,6—1,5 mm qatronlar qo’llaniladi. Bu bo’tanadan qatronni 
    oson ajratish imkonini beradi, chunki elak teshiglari olchami 0,4-0,45mm 
    undan yirik qatron esa setka ustida qoladi va bo’tanadan ajraladi bo’tana 
    esa keyingi pachukka o’tadi.
    Boshlang‘ich sianlash jarayonida oltining 60-80% eritma tarkibiga 
    o‘tadi. Oltining qolgan qismi sorbsiyalash jarayoni natijasida eritamga 
    o‘tib so‘ng sorbciyalanadi dastlabgi sianlash jarayonini olib borish 
    anioning oltin va kumushga bo‘lgan ishchi hajmining oshishiga olib 
    keladi.
    Sorbsiyalash jarayoni bir necha dastgohlardan (8-12) tashkil topgan 
    bo‘lib ular butanani katrondan ajratish uchun setkalar va xavo yordamida 
    ishlovchi aralashtirgich qurilmalari bilan jihozlangan, qarama-qarshi 
    oqimda ishlaganda yuqori samara beruvchi dastgoxlardan birlashmasidan 
    iborat.
    Dastlabki sianlashdan o‘tgan pulpa birinchi sorbsiyalash dastgohiga 
    keladi va barcha dastgohlardan anionit bilan qarama-qarshi harakatda 
    o‘tadi. Shu bilan birga sianlash jarayonida erimay qolgan oltin va 
    kumishning erishi va oltinning sorbsiyalanishi davom etadi. Oxirgi 
    dastgohdan pulpa chiqadi, kam miqdorda oltin va kumush pachuk 
    setkalaridagi kamchiliklar sababli butanada katron bilan qolgan bo‘ladi. 
    Shuning uchun butana nazoratchi g‘alvirda katron ajratib olinadi va qolgan 
    bo‘tana sianidlardan tozadanib chiqindi saqlanadigan joyga tashlanadi. 
    Oxirgi dastgohdan regenratsiyadan o‘tgan kayta tiklangan katron va 


    107 
    yokotilganlarini urnini tuldirish uchun kushimcha yangi katron kushilib 
    sungra sorbsiya zanjirining oxirgi pachugidan yuklanadi. To‘yingan katron 
    yoki anionit birinchi dastgohdan chiqariladi va regenerasiya jarayoniga 
    jo’natiladi.

    Download 39,03 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   87




    Download 39,03 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Download 39,03 Mb.
    Pdf ko'rish