116
Natijada musbat zaryadli kompleks hosil bo’ladi,
bu kompleksni esa
anionit saqlab qola olmaydi. Chunki anionit ham musbat zaryadli. Bu
vaqtda qatron xlorli yoki sulfatli ko’rinishga o’tadi, sian ionini esa sianid
kislotaga aylanadi. Jarayon quyidagi reaktsiya bo’yicha boradi.
Oltinni desorbsiyalash jarayonini oxirigacha
borishi tiomochevina
konsentratsiyasini oshishi bilan boradi va uning maksimum oltin ajratish
konsentratsiyasi 9,1 %. Bu jarayonga
xlorid kislotaning ham
konsentratsiyasi ham ta'sir qiladi. Ya'ni uning kerakli bo’lgan
konsentratsiyasi 1,9-2,3 % bo’lib, 10% ko’tarilganda tiomochevina
oltingugurtni chiqarib parchalanadi.
Amaliyotda oltinni desorbsiyalashda tiomochevinaning 90 g/l li va
sulfat kislotaning 20-30 g/l li eritmasidan foydalaniladi. AM-2B
markali
anionitdan oltinni desorbsiyalash grafigi quyidagicha ko’rinishga ega:
Bundan ko’rinib turibdiki 1 hajm qatronga 10 hajm eritma sarf
bo’lyapti, lekin oltinning asosiy qismi 4-6 hajmlarda ajratib olinyapti.
Oltin ionlaridan boshqa
tiomochevina eritmasiga kumush, mis, nikel
eriydi, rux va temir qiyin eriydi, kobalt esa erimaydi.
Tiomochevinani kislotali eritmasi 50-60
0
C
gacha qizdirilganda
desorbsiya jarayoni tez boradi, undan yuqori
temperaturada anionit
chidamsiz bo’ladi. Regeneratsiya jarayonida imkon qadar nodir metallarni
ham qo’shimchalarni ham to’liq desorbsiyalashi kerak.