O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/87
Sana23.06.2024
Hajmi39,03 Mb.
#265243
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   87
Bog'liq
NodirMM maruza

σ
kvarts-suv 

kvarts-havo
 
σ
parafin-havo 

parafin-suv
 
Demak, bu erda, yuza erkin energiyasi kamayishi bilan boradigan 
jarayonlar yuz beradi. Shu sababdan, suvli muhitda parafin zarrachasi havo 
pufakchalariga yopishib yuqoriga suzib chiqadi. Bu esa flotatsiya sodir 
bo'lganligini ko'rsatadi. 
Flotatsiya jarayoni, suv va minerallarni kuchli aralashtirish va unga 
har xil usullar bilan havo pufakchalarini yuborish bilan olib boriladi. 
Bunda 
suvda 
namlanmaydigan 
zarrachalar 
(minerallar) 
havo 
pufakchalariga yopishib yuqoriga suzib chiqadi va ko'pik hosil qiladi. 
Ko'pik kurak yordamida tinimsiz boshqa idishga o'tkazilib turiladi. Ko'pik 
so'ndirilgandan so'ng – boyitma (kontsentrat) deb ataluvchi mahsulot 
olinadi. 
Suvda namlanadigan zarrachalar (gidrofil) ko'pikka o'tmay, 
flotokamerada qoladi va kamera mahsuloti yoki chiqindi deb ataladi. 
Ba'zida buni teskarisi ham sodir bo'lishi mumkin, bu teskari flotatsiya deb 
yuritiladi. 
Rudada bir nechta foydali komponent bo'lsa (masalan, rux, 
qo'rg’oshin, mis, molibden) oldin kollektiv boyitma olinib, so'ngra 
kollektiv boyitma qayta flotatsiyalanib, foydali komponentlar alohida-
alohida boyitmalarga ajratiladi va bu jarayon selektiv flotatsiya deb 
ataladi. 
Boyitishning flotatsiya usuli metallurgiyada, kimyo sanoatida, qurilish 
sanoatida, geologiyada, meditsinada, biologiyada, qishloq xo'jaligida 
ishlatish mumkin. 
2. Flotatsiya jarayonida turli xil reagentlar ishlatiladi. Reagentlarni 
ishlatishdan maqsad, flotatsiya jarayoni ko‘rsatkichlarini minerallarning 
xossalarini o‘zgartirish bilan yaxshilash hisoblanadi. Flotatsiya jarayoni 
reagentlari organik va noorganik birikmalar, shuniingdek, ularning 
eritmalari va aralashmalari bo‘lishi mumkin. Flotatsiya reagentlari 
ularning flotatsiya jarayonidagi o‘rniga qarab qo‘yidagi guruhlariga 
bo‘lish mumkin: 


155 
1. To‘plovchi - suv yoki havo bilan biroz muddat ta'sirlashgan 
to‘plovchi oltin yuzasiga o‘rnashib oladi. To‘plovchining qatlam zichligi 
suvda kislorod konsenratsiyasining oshishi bilan tez o‘sadi. To‘plovchi 
sifatida ksantogenat ishlatiladi. 
2. Ko‘pik hosil qiluvchi - ko‘pik hosil qiluvchi sifatida T-66 moyi 
ishlatiladi. Ko‘pik hosil qiluvchining asosiy vazifasi havoni mayda 
pufakchalarga bo‘lib, ko‘pikni zichligini oshirish hisoblanadi. 
3.Tazyiqlanovchi (depressor) - bunday reagentlarga suyuq shisha va 
boshqa reagentlar kiradi. Bu reagentlarning asosiy vazifasi ko‘pikli 
mahsulot tarkibiga keraksiz minerallarni o‘tishini to‘xtatish va bu 
minerallarni flotatsiyalanishini kamaytirish hisoblanadi. Flotatsiya 
bo’tanasi tarkibida sianid, ishqor, natriy sulfid, mis kuporosi kabi 
birikmalar uchraydi. Bular oltinni flotatsiyalanish qobiliyatini kamaytiradi. 
Bunday birikmalarni oltinga ta'sirini kamaytirish uchun tazyiqlovchi 
reagentlar ishlatiladi. 
4.Faollashtiruvchi ( aktivator ) - faollashtiruvchi reagent sifatida mis 
kuporosi, nigroin, opolyar yog‘i ishlatiladi. Bu reagent oltintarkibli 
sulfidlarni 
faollashtirish 
qobiliyatini 
oshiradi 
va 
to‘plovchi 
flotatsiyalanayotgan oltin yuzasiga o‘rnashib olishga yordam beradi. 
5.Muhit sozlovchi - bunday reagent sifatida to‘plovchi, taziqlovchi, 
faollashtiruvchi reagentlarni minerallar bilan o‘zaro ta'sirlashish jarayoniga 
ta'sir qiladigan reagentlar kiradi. Kislotali muhitda betaraf muhitga 
qaraganda sof oltinning flotatsiyalanishi kam bo‘ladi. Oltin va oltin tarkibli 
sulfidlarni flotatsiyalash pH 7,5 ÷ 8,5 atrofida bo‘ladi. Muhit sozlovchi 
sifatida soda ishlatiladi.
Reagentlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- tanlab olish qobiliyati yuqori;
- sifatning standarti, arzonligi ishlatishda qulayligi;
Flotatsiya jarayonini sxemasi va borishi rudalarni mineral tarkibiga 
bog’liq bo’ladi. Deyarli barcha rudalarni boyitishda bosqichli flotatsiya 
ishlatiladi. Bosqichli flotatsiyani ishlashi boyitma tarkibiga oltin o’tishini 
ko’paytiradi. Flotatsiya shuningdek, sianlash jarayoniga xalaqit beradigan 
komponentlarni ( uglerodli birikmalar, mis, surma, mishyak minerallari ) 
ruda tarkibidan ajratish uchun ishlatiladi.


156 
3. Flotatsiya mashinasida flotatsiya jarayonlarini amalga oshirish 
uchun qo’llaniladigan dastgoh. Bo’tanani aralashtirish uni havo 
pufakchalari bilan to’yintirish usuliga qarab mexanik havoli va 
uyg’unlashtiruvchi turlari bo’ladi. Mexanik flotatsiya mashinasida 
aeratsiya va butanani aralashtirish kamerada impellerli aerator yordamida 
amalga oshiriladi. Aerator flotatsiya uchun zarur bo’lgan havoni 
atmosferadan oladi. Flotatsiya jarayonlari uchun ko’proq ishlatiladi. 
Bunday mashinalar kamerasining hajmi 0,14-0,25 m
3
gacha bo’ladi. 
Flotatsiya mashinasi kvadrat shaklidagi ikkita bo’lib birlashgan kameradan 
iborat. 
1. 
Shimuvchi. 
2. 
To’g’ri oqimi.
Har xil kameraga aerator bo’linmasi o‘rnatiladi. Aerator bo’linmasi 
vertikal valga o‘rnatilgan impellerdan iborat. Impeller esa oltita kurakli 
egrilikdan iborat val vertikal quvur ichida aylanadi. Yuqorigi uchi 
germetik ravishda korpus bilan biriktiriladi. Pastki uchi esa impeller ustki 
stakani ko‘rinishda kengaytiraladi. Unga 60
0
burchak bilan o‘rnatilgan 
yo‘naltiruvchi kuraklardan iborat bo’lgan impeller ustki diskdan 
o’rnatilgan bo’ladi. Impeller usti stakanining yon tomonlaridan uchta 
tuynuk bo’lib, biri qisqa quvur bilan birlashish uchun ikkita bir-biriga 
qarama-qarshi bo’lgan tuynuklar oraliq mahsulotni chiqarish uchun 
ishlatiladi. Oraliq mahsulotni chiqarish kerak bo’lmasa bitta tuynuk tiqin 
bilan ikkinchisi esa shiber bilan berkitiladi. Bu tuynuk tiqin yordamida 
ochib yopiladi. Flotomashinaga dastlabki bo’tana qabul qilish cho’ntagi 
orqali tushadi. U yerda quvur orqali kamera markazi joylashgan aeratorga 
yuboriladi. Bo’tanani kamera ichiga qayta aylanish uchun impeller diski 
ustida bir necha aylana teshiklar mavjud. Impeller aylanganda bo’tana 
ko’raklar yordamida markazdan atrofga tarqaladi. Natijada impellerning 
markaziy qismidan biroz siyraklashish yuz beradi.
Hozirgi vaqtda sanoatda bir necha yuzlab har xil konstruktsiyaga ega 
bo'lgan flotomashinalar ishlatilmoqda. Flotomashinalarni asosan bo'tanani 
aeratsiyalash usuliga qarab tasniflash qabul qilingan. Flotomashinalarning 
turlari 9-jadvalda keltirilgan. 


157 
Bundan tashhari, flotamashinalarni bo'tananing mashinalarda harakat 
yo'nalishiga qarab tasniflash mumkin. Ular uch turga bo'linadi: kareta 
shaklidagi mashinalar, umumiy sathli va kamerali flotamashinalar.
Kareta shaklidagi mashinalar yaxlit bo'lib, uzunasiga cho'zilgan. 
Flotatsiyaga tayyorlangan bo'tana mashinani bir tomonidan beriladi va u 
qarama-qarshi tomonga harakat qiladi, chiqindi ikkinchi tomonidan chiqib 
ketadi. Ko'pik esa karetaning uzunasi bo'yicha hamma yeridan, uning 
ikkala qirg’og’i (borti) ga o'rnatilgan novga tushiriladi. Bo'tanani sathi 
kameraning hamma yerida bir xil bo'ladi.
Umumiy sathli mashinalarni, karetali mashinalardan farqi - uzun 
kareta to'siq bilan bo'linma (otsek) larga bo'lingan, har bir bo'linmada 
aerotsiyalovchi qurilmalar o'rnatilgan. 
Kamerali turdagi mashinalar, juftlangan yoki alohida kameralardan 
iborat bo'lib, maxsus qurilmali tuynuklar yordamida bo'tana birinchisidan 
ikkinchisiga o'tishi va har bir kameradagi bo'tana sathini ko'tarishi yoki 
pasaytirishi mumkin. 
Karetali mashinalar - pnevmatik, kompressorli va elektroflotatsiya 
mashinalariga bo'linadi.
Kamerali mashinalarni - pnevmatik va mexaniq turlari mavjud. 

Download 39,03 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   87




Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish