O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/87
Sana23.06.2024
Hajmi39,03 Mb.
#265243
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   87
Bog'liq
NodirMM maruza

17.2-jadval. 
Oltintarkibli murakkab tarkibli rudalar.
Ruda turlari 
Sianlash jarayonini 
murakkablashtiruvchi xossalari.
Mayda 
donali 
oltinli 
rudalar
Oltinni kvars va sulfidda mayda dona 
shaklda uchrashi (pirit,arsenopirit va h.), 
yanchish jarayonida oltin yuzasini 
ochilishi qiyinligi.
Misli
Sianidning ko’p sarflanishi, oltin 
yuzasida parda qoplanishi, eritishning 
sekinlashishi, sian eritmalarining tez 
charchashi.
Surmali
Oltin yuzasida mustahkam parda hosil 
bo’lishi, eritishni tezda sekinlashtiradi.
Glinali-loyqali 
Sianli bo’tanalarni yomon filtrlanishi 
sorbsiya jarayonini qiyinlashishiga olib 
keladi.
Temirli
Oltin yuzasidagi pardada temir oksid 
pardalar bo’lib, oltinni erishini 
qiyinlashtiradi.
Bu ma’lumotlardan shu ma’lum bo’ladiki rudalarning murakkabligi 
turli xil sabablarga ko’ra bo’lishi mumkin. Bu kabi rudalarni qayta 
ishlanish usullari ham turlichadir.
Agar bir rudada bir necha murakkabliklar uchrasa uning tarkibidagi 
oltinni to’liq ajratib olish uchun birlashtirilgan bir necha usullar ishlatilishi 
mumkin.
2. Mayda dona (melkovkraplennыy) oltinli rudani qayta ishlash.
Mayda dona (tonkovkraplennnыy) donadorli oltin rudalari qiyin 
texnologiyalidir. Bu xildagi rudalar 2 turga bo’linadi: 1. Kvars bilan 
bog’langan oltin rudalari. 2. Sulfidlar bilan birikkan oltin rudalari. Kvars 
rudalarini tanlab eritishga moslab uni o’ta mayda 0,074 mm gacha 


142 
yanchiladi. Shu boisdan bunday rudalar uch bosqichli yanchish sxemasi 
bo’yicha yanchiladi. Bunda 2 va 3 bosqichli oldidan sinflarga ajratiladi. 
Bunday yanchilgan rudalar o’lchami 90-95% ning 0,04 mm bo’ladi yoki 
70% sinf 0,074 mm bo’ladi. Ammo NKMK da bu maqsadga bor yo’g’i 
ikki bosqichlii yanchishda erishilmoqda. Bunda 300 mm va undan mayda 
rudalar avval diametri 7 metr bo’lgan, uzunligi 5000 mm bo’lgan yarim 
o’ziyanchar (polusamoizmelcheniye), so’ng -klassifikatsiyalanib, qumlari 
esa uzunligi 7000 mm va diametri 5000 mm. soqqali tegirmonlarda 0,705 - 
0,074 mm sinfga yanchilmoqda. 
Birinchi bosqichda yarim o’ziyanchar (soqqalar talabdan 50% 
qo’shiladi.) tegirmonni qo’llash bilan, hamda ruda o’ta mayda
bo’lmaganidan, o’ta qimmatli yanchish oldi olinadi.
Ikkinchi B - kategoriyadagi rudalar mayda va emulsion qoplamali 
bo’lib, sulfidlar va asosan pirit va arsenopiritlar bilan qoplangan - birikkan 
bo’ladi.
Bunday rudalar flotatsiya usuli bilan boyitilib, oltin va sof oltinlar 
boyitmaga o’tkaziladi. Boyitmadagi oltinlar turli yo’llar bilan ajratib 
olinadi.
Agar oltin zarra o’ta kichik bo’lmasa, flotokonsentrat qayta 
yanchilib, tanlab eritishga (sianlashga) o’tkaziladi. 
Bu usulni qo’llash bilan barcha xom-ashyodagi rudani o’ta mayda 
yanchishdan chetlab, bor yo’g’i 2-3 % chiqqan flotokonsentrat qayta 
yanchiladi. Ba'zan rudadagi oltin o’ta mayda bo’ladiki, uni bir necha bor 
qayta-qayta yanchilganda ham oltin yuzasi ochilmaydi, bunday hollarda
oltin yuza qismi kuydirish usuli bilan ochiladi. Oksidlantiruvchi kuydirish 
jarayonida sulfid boyitmalari kuyib, ulardagi oltin yuzasi ochiladi, boyitma 
zarrasi sinil eritmasi yetib boradigan g’ovakli kuyindiga aylangan bo’ladi. 
Navbatdagi kuyindini sinillab eritib, eritmaga oltin o’tkaziladi.
Piritning oksidlanishi 450-500
0
C da boshlanadi. Jarayon oraliqda 
pirrotin hosil qilish bilan kechadi:
FeS
2
+ O
2
= FeS + SO
2
(17.1)
O’z navbatida pirrotin FeS
2
magnetitga oksidlanadi:
3FeS + 5O
2
= Fe
3
O
4
+ 3SO
2
(17.2) 
keyin bu magnetit, gematitgacha oksidlanadi: 


143 
2Fe
3
O
4
+ 1/2O
2
= 3Fe
2
O
3
(17.3) 
harorat 600
0
C ga yetganda, pirit oksidlanib u pirotinga o’tadi:
FeS
2
= FeS + S
2
(17.4) 
Keyin bu ham gematitga oksidlanadi.
Oksidlab kuydirish jarayoni ko’p ko’rsatgichlarga bog’lik, bulardan 
eng asosiysi - haroratdir.
Kuydirish maromiga yetmasa (500
0
C) da kuyindi tarkibida FeS
2
pirit 
ko’p qoladi va u oltinnin pirit tarkibida erimay qolib yo’qotilishiga olib 
keladi. Harorat yuqori bo’lsa oksidlab kuydirish to’liq va tez kechadi, 
ammo harorat o’ta oshib 900-950
0
C ga yetsa, pirit va magnetit erish 
holatiga yaqinlashib qoladi. Bunda kuyindi yopishib – qotishmaga
aylanadi, u yaxshi erimay, sinillashda oltin yo’qolishiga olib keladi. 
Kuydirishda gazli fazadagi kislorod konsentratsiyasi ham katta ahamiyatga 
ega bo’ladi. Kislorod konsentratsiyasi kam bo’lsa, kuyindi to’liq 
bo’lmaydi. Bu holda ham oltin erimay qolib yo’qolishi mumkin. Agar 
kislorod o’ta ko’payib ketsa, harorat tez 900-950
0
C da ko’tariladi, orada 
ko’p boyitma yaxshi oksidlanmaydi, qotishmaga o’tib qoladi. Qotishma 
esa yuqorida aytilganidek sinilda yomon eriydi. Kuyundi erigan 
qotishmaga aylanib yomon eriydi. Kuyundi yaxshi kuygan kuyindi 
bo’lgani uchun pech ichidagi boyitma to’xtovsiz arashtirilib turilishi kerak.
Arsenopirit minerali 450
0
C da tez oksidalana boshlaydi o’rta 
jarayonda pirrotin va magnetit hosil bo’ladi:
2FeAsS + 1,5O
2
=2FeS + As
2
O
3
(gaz) (17.5) 
3FeS + 5O
2
= Fe
3
O
4
+ 3SO
2
(17.6) 
3Fe
3
O
4
+ 0,5O
2
= 3Fe
2
O
3
(17.7) 
harorat 600
0
C ga yetganda oksidlangan arsenopirit dissotsiyalanadi: 
4FeAsS = 4FeS + As
2
(gaz) (17.8) 
gaz holidagi margumush margumush uch oksidigacha oksidlanadi: 
pirrotin esa gematitiga oksidlanadi:
As
2
+ 3O
2
= 2As
2
O
3
(17.9) 
Hosil bo’lgan margumush uch oksidi yengil uchuvchandir. Harorat 
450
0
Сda bug’ As
2
O
3
bosimi 1 atm shu boisdan oksidlangan 2As
2
O
3
gaz 


144 
holatiga o’tadi. Ammo kislorod ko’p bo’lsa uch oksid, besh oksidga 
aylanadi:
As
2
O
3
+ О
2
= As
2
O
5
(17.10) 
Ko’rib o’tilgan sulfid oltin boyitmasini oksidlab kuydirib, so’ng sinil 
eritmasiga o’tkazish keng tarqalgan. Ammo u birdan-bir usul emas.
Ko’pincha oltin sulfid konsentratlari mis eritish pechlariga yuboriladi. 
Bunda u mis boyitmasi bilan qo’shib eritiladi.
Ammo oltin margumush boyitmasi pechlarda eritishdan oldin
kuydirishga qo’shilgani yaxshi. Bunda zaxarli As
2
O
3
ajratib olinadi.
Oltin piritli boyitmalar ham sulfat kislota olish maqsadida kuydirilishi 
mumkin. Sulfidli boyitmalardan oltinni to’liq ajratib olish uchun oksidlab-
xlorlab kuydirish, xloridli haydash, avtoklavlarda eritish kabi yangi 
jarayonlarni keltirib chiqaradi.
Oksidli - xlorlab kuydirish. 
Bu usul mayda dispersli oltin minirallarini keyingi sinillab eritish 
uchun o’tkaziladi. Bunda xom-ashyo va boyitma 5-20% NaCl bilan 
aralashtirilib, 500-600
0
C da oksidlovchi atmosferada kuydiriladi. 
Buning mexanizimi shunday: kuydirishda hosil bo’lgan oltingugurt 
SO
2
gazi va oltingugurt S-bug’lari, kislorodli muhitda As
2
O
3
bilan 
riaksiyaga kirishadi va bunda erkin xlor gazi ajraladi. Reaksiya 
quyidagicha ifodalaniladi:
2NaCl + SO

+ O
2
= Na
2
SO
4
+ Cl
2
(17.11) 
2NaCl + S + 2O

= Na
2
SO
4
+ Cl
2
(17.12)
Kimyoviy faol bo’lgan xlor temir sulfitlariva oksidtlari bilan 
reaksiyaga kirishib FeCl
2
va FeCl
3
hosil qiladi. Keyin bu temir xlor tuzlari 
havo kislorodi bilan parchalanadi: 
2FeCl
3
+ 1,5O
2
=Fe
2
O

+ 3Cl
2
(17.13) 
Ajralib chiqqan erkin xlor gazi yana qaytadan reaksiyaga kirishadi. 
Hosil bo’lgan g’ovak gematit Fe
2
O
3
o’z strukturasiga ko’ra sinil 
eritmasining yanchib borishiga va oltinning to’liq erishiga imkon beradi.
Boyitmadagi og’ir rangli metallar ham xloritlarga aylanadi. Agarda 
boyitmada oltingugurt ko’p bo’ulsa u oddiy kuydirilib, so’ng xloridlovchi 


145 
kuydirishga quyiladi. Shu bilan NaCl ning ortiqcha isrof bo’lishi oldi 
olinadi.
Xlorlab uchirib haydash-xloridovozgonka.
Bu usul B.N.Lebedev tomonidan kiritilgan avvaldagiga o’xshash 
boyitma NaCl bilan aralashtirilib, oksidlovchi atmosferada kuydiriladi. 
Uning avvaldan farqi, metall holidagi oltinni hajmi xlorli gaz holiga 
o’tkazib uni uchirib haydash va tutib olish. Bu usul faqat 950-1000
0

bajariladi. Oltin bilan birga Ag, Cu, Pb, Zn va boshqa metall xloridlari 
ham qaytariladi. Mexanizm reaksiyasi xuddi oksidlab - xlorlash kabidir. 
NaCl sarfi xom-ashyoga nisbatan 10-20% ni tashkil etadi. Hamma 
shart-sharoit yaxshi bo’lganda kuyib uchirmaga (vozgonka) 99% Au, 
98%Ag, 96% Cu, 90% Zn o’tadi. Kuyindidagi oltin 2 g/t dan oshmaydi. 
Kuyib uchirmalarni qayta ishlash uchun uni suvda eritiladi eritmaga 
As
2
Cl
3
, FeCl
3
, CuCl
2
, PbCl
2
va ZnCl
2
larni o’tkaziladi. Oltin kumush bilan 
erimaydigan cho’kmaga AgCl bo’lib tushadi. Cho’kma quritilib, qora 
metall olish uchun pechlarda eritiladi. Og’ir rangli metallar bo’lsa 
eritmadan ajratib olinadi. Xloridlab uchirish universal usul bo’lib oltinni 
har qanday boyitmalardan ajratib olish mumkin.
Kamchiligi - dastgohlar to’plash og’irligi va uchirmalarni ushlab olish 
murakkabligidir.
Avtoklavlarda eritish. 
Eritmalarni yuqori haroratda 100-200
0
C da eritib ishlov berishdir. 
Kislorod bosimi (1-2 atm) bo’lishi kerak.
Avtoklavlarda eritilganda quyidagi kimyoviy jarayonlar yuz beradi: 
2FeS
2
+7,5O
2
+ 4H
2
O = Fe
2
O
3
+ 4H
2
SO
4
(17.14) 
FeAsS
2
+ 3,5O
2
+ H
2
O = FeAsO
4
+ H
2
SO
4
(17.15) 
Ishqoriy natriy eritmasida konsentrat tarkibidagi pirit va arsenopiritlar 
erish jarayonida:
2Fe S
2
+ 8 Na OH +7,5 O

= Fe
2
O
3
+ 4 Na
2
SO

+ 4H
2
O (17.16) 
2Fe As S
2
+ 10 NaOH + 7O
2
= 2Na

AsO
4
+ 2Na
2
SO
4
+ Fe

O

+ 5H
2

(17.17) 
Eritmaga oltingugurt sulfididan tashqari margumush ham o’tadi. Bu 
tanlab eritishni osonlashtiradi. Eritmani oxak bilan ishlov berib NaOH ni 
ajratib regeneratsiyalash mumkin:


146 
2Na
2
AsO
4
+ 3Ca(OH)
2
= Ca
3
(AsO
4

2
+ 6NaOH (17.18) 
Hosil bo’lgan natriy arsenatni kimyoviy va yog’och ishlab chiqarish 
sanoatida ishlatish mumkin.
2008- yilda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida (NKMK) ishlab 
chiqarish jarayoniga biogidrometallurgik texnologiya BIOX uchinchi 
gidrometallurgik zavodida (GMZ-3) Uchquduqdagi Ko’kpatas va 
Daugiztov konlarining oltinmishyakli sulfid minerallarini qayta ishlashga 
moslashgan qurilma ishga tushdi.
Metallar biotexnologiyasi - bu mikroorganizmlar, yoki ularning 
metabolitlari 
yordamida, metallarni 
rudalardan, tog’ 
jinslaridan, 
konsentratlardan, yoki eritmalardan ajratib olishni o’rganadigan fan. Uning 
asosiy qismlari:
1. Biogidrometallurgiya yoki metallarni bakterial tanlab eritish va 
oksidlash.
2. Rudalarni boyitish. 
3. Eritmalardan metallarni biosorbsiyalash . 
Bakterial tanlab eritish usullari- mineral xom-ashyoni qayta ishlash 
soxasidagi ilmiy-texnik taraqqiyotning eng zamonaviy eng progressiv 
yo’nalishlaridan biri bo‘lib xom-ashyodan kompleks ravishda foydalanish, 
hamda atrof -muhit himoyasining effektivligini oshishini ta'minlaydi.
Moddalar almashinuvidagi bakteriyalar roli oldindan ma'lum bo’lib
ularning ishtiroki faqatgina tabiatdagi har xil organik birikmalarni 
parchalashga yo’naltirilgan deb qaralardi. Hozirgi vaqtda aniqlangan 2500 
xildan ortiq mikroorganizmlar turlari ko‘plab anorganik moddalarni 
parchalab va sintezlabgina qolmay, yerning geokimyovik jarayonlarida 
faol ishtirok etishadi. S.N. Vinogradskiy tomonidan xemosintez jarayoni 
ixtiro qilinib - bu mikroorganizmlar tomonidan karbonat angidridining 
avtotrof 
iste'mol 
etilishi, 
anorganik 
moddalarning 
oksidlanishi, 
mikroorganizmlarning geoximik jarayonlardagi faoliyatini o‘rganadigan 
tadqiqotlarni olib borishga keng yo’l ochib berdi.
Misli oltin rudalarini qayta ishlash. 
Mis rudalarida-doimo oltin uchrab turadi. Oltin rudalarida mis bo’lishi 
ham, sinil tuzlarining ortiqcha sarf bo’lishiga olib keladi. Ammo oltin 


147 
bilan bir qatorda bunday rudalaridan mis ajratib olish ham katta 
ahamiyatga egadir. Oltin rudalarida mis sulfid yoki oksidli minerallar 
holida qatnashishi mumkin. Agar sulfidlari (xalkopirit,xalkozin, bornit 
ko’rinishida bo’lsa) -flotatsiya yo’li bilan flotoboyitma olinadi. Boyitma 
mis zavodiga va sinillash uchun gidrometallurgiya zavodiga yuboriladi.
Agar mis oksidli minerallar (malaxit, azurit va boshqalar) ko’rinishida 
bo’lsa- bunday rudalarni gidrometallurgiya sxemalari bilan qayta ishlash 
lozim. Bunda ruda sulfat kislota yordamida eritiladi, so’ng eritmani temir 
qirundilari yordamida mis sementatsiya usulida cho’ktiriladi. Tanlab
eritish chiqindisi sinillab eritishga yuboriladi. Undan oltin sorbsiya usulida 
ionitlar yordamida ajratib olinadi. Agar oksidli minerallar ko’payib ketsa 
eritma sifatida H
2
SO
4
ammiak-karbonat (NH
2
)
2
CO
3
eritmasi ishlatiladi.
Boshqa usullardan yana biri V.Ya.Mostovich usulidir. Bu 
gidrometalurgiya va flotatsiya usullarini bog’lab olib borishdir. Ruda 
maydalab yanchilgach H
2
SO
4
bilan eritiladi. Hosil bo’lgan bo’tanaga temir 
ta'sir ettiriladi. Temir bukmasi yaxshi natija beradi (gubchatoye jelezo). 
Hosil Bo’lgan cho’kmadagi mis metali, oltin bilan birga flotatsiyalanadi. 
Sulfid minerallar mis va oltin jami birgalikda oltin-mis boyitmasini tashkil 
etadi. Flotatsiya chiqindisi - sinil tuzida tanlab eritiladi yoki chiqndi 
saqlanadigan joyga tashlanadi. Bu usulning afzalligi shundaki mis 
oksidlari va mis sulfidlari ham konsentratga o’tadi. Shu boisdan bu usul 
oksid-sulfidli va mis-oltin aralash rudalarini boyitib ajratib olishda katta 
axamiyatga ega. Mis oksidli minerallari hozirgi kunda asosan flotatsiya 
yo’li bilan qayta ishlanadi. Yaxshi tanlab olingan texnologiya va reagenlar 
rejimi mis va oltin ajratib olishni samarali qilishga kafolat bermoqda. 
Agar oltin rudasidagi mis kam bo’lib uni ajratib olish iqtisodiy samara 
bermasa, u holda rudani konsentratsiyali sinil tuzi eritmasida oxista eritib 
misning zararini kamaytirish lozim bo’ladi.
Sinil konsetratsiyasi (0,02-0,03%) bo’ladi. Bunda mis sinil tuzi bilan 
reaksiyaga uncha tez kirishmaydi. Misning asosiy ko’p qismi sinillab 
eritish chiqindisiga qoldiriladi.
Mis tarkibli oltin rudalarini ammiakli sinillash usuli ham mavjuddir.


148 
Bunda sinillab eritiladigan rudaga oz miqdorda ammiakli eritma 
qo’shiladi. Masalan ammoniy xlorid -NH
4
Cl. Bunda kam eriydigan mis 
ammiak kompleks tuzlari hosil bo’ladi:
Cu(NH
3
)
4
2+
+4Cu(CN)
3
2-
= [Cu(NH
3
)
4
][Cu
2
(CN)
2
]
2
+ 6CN (17.19) 
Bu reaksiya natijasida sinil eritmasi misdan soqit bo’ladi. Sinil tuzi 
ham kam sarflanadi.
Surma va margumushli oltin rudalarini qayta ishlash. 
Surma rudalari -sinillab eritishda o’ziga xos murakkabliklar 
tug’diradi. Surma va margumush minerallari NaCN ko’p sarf bo’lishiga, 
oltinning erishini tez pasaytiruvchilardandir. Surma minerallari kam va 
mayda dispers oltin zarralari bo’lmagan rudalarni sinil tuzlari eritmasida 
eritib ajratish uchun ishlatsa bo’ladi. Bunda ham sinil tuzi sarhisobi va 
oltin erish texnologiyasini ustalik bilan olib borish kerak bo’ladi. Mis 
mineralidagidek surma rudalari oltinlari ham ishqor va sinil tuzlarining 
kam miqdorli konsentratsiyasida eritish bilan bajariladi (0,02% NaCN). 
Surma minerali eritmadagi temir gidrooksidlari tomonidan sorbsiyalanishi 
mumkin. Bunda temir gidrooksid moddalari surma ruda tarkibida 1-2% 
bo’lsa ham sinillab eritib olishda yaxshi natijalar beradi. 
Ammo surma sulfidlari ko’p bo’lgan minerallarni flotatsiyalab 
surmani aloxida boyitma sifatida ajratish yaxshi samara beradi. Boyitma 
mis eritish zavodlariga jo’natiladi. Flotatsiyaning chiqindilaridan oltin 
sinillab sorbsiya usulida olinadi. Agar rudada surma haddan ziyod ko’p 
bo’lsa unda flotayiya usuli bilan oltin surma boyitmasi olinadi. Boyitmada 
surma 50-60 % yetishi kerak. Surma zavodida boyitmadan surma metali 
olinib oltin qo’shimcha mahsulot sifatida maxsus texnologiyaga 
jo’natiladi.
Agar oltin mayda-donador holida bo’lib surma sulfid ko’p bo’lsa 
bunday flotokonsentrat tanlab eritishga (sinillashga) yuboriladi. Surma - 
oltin 
boyitma 
kuydirib 
ishlov 
beriladi. 
Surma 
boyitmalardan 
gidrometallurgiya yo’li bilan ham ajratib olish mumkin, bunda surma 
Na
2
S, NaOH eritmalarida eritiladi.
Tanlab eritish yo’li bilan surma tiotuzlari sifatida eritmaga o’tkaziladi: 
Sb
2
S
3
+ 3Na
2
S = 2Na
3
SbS
3
(17.20) 
Sb
2
S
3
+ 6NaOH= Na
3
SbS
3
+ Na
3
SbO
3
+ 3H
2
O (17.21) 


149 
Sb
2
O
3
+ 3Na
2
S = Na
3
SbS
3
+ Na
3
SbO

(17.22) 
Sb
2
O
3
+6NaOH= 2Na
3
SbS
3
+ 3H
2
O (17.23) 
Margumush minerallaridan sinillab eritishda auripigment va realgar
ancha qiyinchilik tug’diradi. Arsenopirit tanlab eritishda katta xavf 
tug’dirmaydi. Shuning uchun arsenopirit mineralli margumush rudalari 
yanchish jarayonidan so’ng tanlab eritilishga yuborilishi mumkin.
Agar mayda dispers bulib arsenopiritda qatnashsa uni yuqoridagidek 
kuydirib, ishlov beriladi.
Uglerodli - oltin rudalarini qayta ishlash (boyitish).
Uglerod-oltin rudalarini qayta ishlashning murakkabligi shundaki, 
erigan oltinni uglerod sorbsiyalash qobiliyatiga ega.
Bunday rudalarni tanlab eritganda, oltin erib eritmaga o’tishi bilan bir 
qatorda erigan oltinning uglerod (ko’mir) sirtiga sorbsiyalanib singish 
ya'ni erishning aks holi kuzatiladi. Shu boisdan chiqindiga tashlangan 
tashlamalarida nodir metallarning yo’qolishi ortadi.
Ayrim rudalarda uglerod oltinni sorbsiyalab ishni mushkullashtirsa
ayrim uglerod minerallari kuchsiz sorbsiyalovchi bo’lib ularning xavfi 
uncha katta emas. 
Bunday rudalarning qiyin texnologik (uporniy) xususiyati faqat 
amaliyotda sinab ko’rilgandagina bilinadi.
Uglerod faolligi kam bo’lgan rudalar odatdagidek sinil eritmalari 
yordamida tanlab eritish orqali borishi mumkin, bunday rudalarda 
oltinning eritmaga o’tish kinetikasi (tezligi) - erish va adsorbsiyalanish 
tezligiga bog’lik bo’ladi. Adsorbsiya tezligi eritmadagi nodir metallar 
konsentratsiyasiga to’g’ri proporsionaldir. Avval oltin kam bo’lganda
erish tezligi adsorbsiyadan ortiqdir. So’ngra eritmada oltin ko’payishi 
bilan uning konsentratsiyasi ortadi va adsorbsiya ham tezlashadi.
Ma'lumki bir vaqtdan so’ng bu ikki kattalikning tezligi tezlashadi. 
Sinillashning davom etishi bilan oltin konsentratsiyasi va uning eritmaga 
o’tishi sekinlashadi. Bunda adsorbsiya tezligi erish tezligidan yuqori 
bo’ladi. Shunday qilib sinillashda eritmada maksimal erish jarayoniga 
erishning ma'lum davomiyligi to’gr’i keladi. Ko’pgina amaliyotda erish 
davri 35-40 soatni tashkil etadi. Adsorbsiya tezligi ko’mir moddasining sirt 
yuza faolligiga ham bog’liqdir. Agar ko’mir - 4 mm gacha maydalab 


150 
yanchilsa oltin to’liq erib sinil eritmasiga o’tolmaydi. Ammo 0,074 mm 
o’ta maydalik qilib avval boshdayoq mikron zarra oltinlar ko’mirga 
adsorbsiyalanib qoladi. Demak yanchilgan materiallarning o’lchami -0,83 
mm bo’lishi kerak, shunday qilib ko’mir oltin rudalarini to’g’ri sinillashda, 
yanchishdagi optimal - omilkor o’lchamni to’g’ri topa bilish kerak ekan. 
Bunda rudaning sinil eritmasi bilan bog’lanish vaqti ham ahamiyatga 
egadir.
Eritishning yana bir samarali usuli uglerod-ko’mir oltin rudasini bir 
necha bosqichda eritmani yangilab eritishdir. Bu eritmada oltin 
konsentratsiyasi kam bo’lsa adsorbsiya ham sekin boradi degan qoidaga 
asoslanadi. Eritmani yangilab turish oltinkonsentratsiyasini ma'lum bir 
meyorda ushlab turishga imkon beradi. 
Oltin va kumush kam adsorbsiyalanib buning hisobiga chiqindilar 
bilan yo’qolishi kamayadi.
Ba'zan organik erituvchilar -α -gidroksilanid kabilarni qo’llash bilan 
ham uning ko’mirda adsorbsiyalanishini kamaytirsh hisobiga erish 
miqdorini oshiradi. 
Sorbsiya-usulida eritish ham oltin erish va ajratib olish jarayonini 
samarali kechadi. Ko’mirning faollik qobiliyati -sirt faol moddalarda
kerosin, flotomoy bilan ishlov berib ham kamaytirish mumkin.
Bu usulda ko’mir sirtida parda-to’siq hosil bo’ladi va eritmadagi oltin 
bilan aloqada bo’la olmaydi. Ammo bu unchalik samara berganicha yo’q .
Yana bir usul - desorbsiyani qo’llash. Bunda oltinni adsorbsiyalagan 
ko’mir desorbsiyalanadi va oltin undan «tortib» olinadi. Yaxshi ammo 
qimmat desorbent - ammiakdir. Ya'ni oltinni sorbsiyalagan ko’mir - shu 
ammiak bilan yuviladi.
Oltin ko’mir rudalarini flotatsiya usulida boyitish ishlov berish 
mumkin. Bu uchun boyitmaga ma'lum miqdorda ko’mirdan tashqari oltin 
tarkibli sulfid va ma'lum miqdor erkin oltin beriladi. Keyingi ishlov berish 
uni mis eritish zavodiga junatish yoki flotatsiya chikitini sinillab eritishdir. 
Yoki eritmani kuydirib, ogarok - kuyindi olib uni sinillab eritish lozim. 
Flotatsiya chiqiti sinillab eritiladi. Ko’mir oltin rudasiga bunday ishlov 
berish - universal usullardandir. 

Download 39,03 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   87




Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish