Erkin boʻlmagan moddiy nuqtaning harakati




Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/177
Sana20.05.2024
Hajmi6,14 Mb.
#245516
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   177
Bog'liq
Nazariy Mexanika darslik

4.1.6. Erkin boʻlmagan moddiy nuqtaning harakati. 
Nazariy mexanikada 
erkin jism (erkin moddiy nuqta) 
deb, fazoning 
ixtiyoriy joyiga harakatlana oladigan jismga aytiladi. Lekin tabiatdagi va 
texnikadagi barcha jismlar bir-biriga bogʻliq boladi. Demak, harakatlari biror toʻsiq 
(chek, boshqa jism va h.k.) bilan chegaralangan jism 
erkin boʻlmagan jism 
deb 
ataladi. Masalan, koʻmir rudasining lentali konveyerdagi harakati, yerga 
qoʻnayotgan samolyotning gorizontal harakati, krivoship-polzunli mexanizda 
porshenining harakati va bir-biriga bogʻlangan ikki jismning harakati (4-15,a,b,d,e-
shakl).
a)
b) 
d) e) 


212 
4.15-shakl. 
Nazariy mexanikada harakati koʻrilayotgan jism (moddiy nuqta) erkin 
jismga aylantirib olinadi, ya’ni harakatga toʻsqinlik qilayotgan bogʻlanishlar olib 
tashlanib, ta’sir kuchlari qatoriga bogʻlanish reaksiya va ishqalanish kuchlari 
qoʻshiladi. Shuning uchun jismga ta’sir qiluvchi kuchlar ikki xilga ajratiladi: 
-
aktiv kuchlar; 
-
passiv kuchlar. 
Jismga ta’sir qilib, unga harakat bera oladigan kuchlar 
aktiv kuchlar 
deb 
ataladi. Masalan, ogʻirlik kuchi, prujinaning elastiklik kuchi, gazlarning bosim 
kuchlari va h.k. 
Jismga ta’sir qilib, unga harakat bera olmaydigan kuchlar 
passiv kuchlar 
deb ataladi.
 
Masalan, bogʻlanish reaksiya kuchlari, ishqalanish kuchlari va h.k. 
Demak, 
jismni erkin jismga aylantirish ucun 
aktiv kuchlar 
qatoriga
 passiv 
kuchlarni 
qoʻshish kerak boʻladi.
Shuning uchun dinamikaning asosiy tenglamasi 
(4.4) erkin boʻlmagan jism uchun quyidagich boʻladi: 
m
. (4.37) 
Koʻpchilik adabiyotlarda bu ifoda soddaroq koʻrinishda yoziladi: 
m
, (4.38) 
bu yerda - bogʻlanish reaksiya kuchlari. 
Qolgan barcha dinamika tenglamalariga (4.6-4.11) oxirgi yigindi mos 
ravishda qoʻshiladi. 


213 

Download 6,14 Mb.
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   177




Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Erkin boʻlmagan moddiy nuqtaning harakati

Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish