• Tebranma harakat
  •  Мoddiy nuqtaning tebranma harakati




    Download 6,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet123/177
    Sana20.05.2024
    Hajmi6,14 Mb.
    #245516
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   177
    Bog'liq
    Nazariy Mexanika darslik

    4.1.8. Мoddiy nuqtaning tebranma harakati. 
    Tebranma harakat nazariyasi tabiat va texnikaning qator ilmiy asoslarini 
    oʻrganishda ishlatiladi. Turli sohalardagi tebranma harakatlar bir-biridan shakli
    mazmuni va mohiyati bilan farq qiladi. Lekin tebranma harakatning asosiy 
    qonunlari hamma joyda bir xil qolar ekan. 
    Tebranma harakat 
    deb, davriy 
    takrorlanuvchi, muvozanat atrofidagi kichik siljish (koʻchish, oʻzgarish)larga 
    aytiladi. Masalan, tabiatdagi fasl almashinishlari va dengiz toʻlqinlarining 
    o
    ʻzgarishi, 
    zoologiyadagi qushlarning miqratsiyasi, radiotexnikadagi toʻlqinlarning 
    tarqalishi vaqt birligi ichida bir xil qonuniyatlarga boysunadi. Ularni oʻrganish, 
    qonunlarini aniqlash va tenglama-larini tuzish hamda echimlarini topish mazkur 
    fan rivojida katta yutuq hisoblanadi. 
    Texnikada ham tebranma harakat juda ahamiyatli boʻlib, mashina-
    mexanizm-larning koʻp qismi uning qonunlariga boʻysunadi. Masalan, prujinaga 
    osilgan yukning tebranma harakati, matematik mayatnikning tebranishi yoki yarim 
    tsilindr ishidagi sharchaning harakatlari (4.20-shakl) va h.k.
    a) 
    b)
    d)


    218 
    4.20-shakl. 
    Mexanikada esa “Tebranishlar nazariyasi” alohida fan hisoblanadi. Bu fanning 
    asoslari mashina-mexanizmlar va ularning silkinishlari, seysmik silkinishlar va 
    bino-inshootlar dinamikasida juda katta ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy 
    texnikalarning juda koʻp qismlari prujinalar, ressorlar va pnevmoporshenli 
    qaytargichlar yordamida ishlaydi. Masalan, poyezd vagonlarining prujinalari 
    (4.21,a-shakl), pnevmoporshenli vibrostend (4.21,b-shakl), elektrozichlagich 
    (4.21,d-shakl) va elektroventilyator (4.21,e-shakl) toʻgʻri chiziqli tebranma 
    harakatga misol boʻladi. 
    a)
    b) 
    d) e) 
    4.21-shakl. 


    219 
    Nazariy mexanika fanida tebranma harakatning eng soddasi- bir toʻgʻri
    chiziqda roʻy beradigan- 

    Download 6,14 Mb.
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   177




    Download 6,14 Mb.
    Pdf ko'rish