• Таълим методлари
  • 1-BOB. UMUMIY O‘RTA TA’LIMLDA MATEMATIKA DAVRIY ONLI KASRLARNI O`QITILISHI 2.1. Matematikani o‘qitishda uzviylikni ta’minlovchi modellar
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi muqumiy nomidagi qo`qon davlat pedagogika instituti kasbiy qayta tayyorlash fakulteti




    Download 448.11 Kb.
    bet6/20
    Sana10.06.2022
    Hajmi448.11 Kb.
    #23388
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    2 5192824484037397298
    Lqe6qHAViMb7MvhhoKwY0NUVmm30dbKoPTvj5efr, xrpt c9ntr8ksyp7tiegkli6k0059knm0leyncb9u9icv19e0dlkovg1ufttp97pkad1deyyd82zyz5x, 1-мавзу, 23-24 amaliy 620-19 Boboyev Muxriddin, 2-topshiq, Introduction, Taqdimot . ZARBULMASAL, pedagogika test, 1-LABORATORIYA ISHI, Elektr energetikasi hám avtomatlastiriw Kafedra ilimiy izertlew 2019 2023, N.D. 1.06. Sitologiya 2023-24, Документ Microsoft Word, A1 sozluk, B1 sözluk
    Таълим узвийлиги

    Таълим самарадорлиги

    Ўқитувчи




    Таълим
    методлари


    1.3.1- rasm. Ta’lim uzviyligini ta’minlashda o‘qituvchining faoliyati


    Ta’limning samarali usullarini tanlash esa o‘qituvchining bilim darajasi, mahorati, tajribasiga bog‘liq bo‘lib, bu borada har bir o‘qituvchi o‘z ustida ishlashi, izlanishi zarur.
    Tajriba-sinov ishlarimiz natijasida matematika fanidan umumlashtiruvchi va takrorlovchi darslarda ta’limning interfaol usullaridan, pedagogik texnologiya elementlaridan foydalanishni tavsiya etdik. Tajriba-sinov ishlarini olib borish
    1-BOB. UMUMIY O‘RTA TA’LIMLDA MATEMATIKA DAVRIY ONLI KASRLARNI O`QITILISHI
    2.1. Matematikani o‘qitishda uzviylikni ta’minlovchi modellar

    Har bir o‘quv fani mazmunida uzviylik ta’minlanmas ekan, ushbu fanni o‘rganish jarayoni murakkab kechadi. Shunday ekan, birinchi navbatda ta’lim mazmuni uzviyligi, ya’ni o‘quvchi o‘rganishi zarur bo‘lgan bilimlar majmuasini tanlab, uni to‘g‘ri joylashtirish (har bir yangi mavzuning o‘tilgan mavzular bilan mantiqiy aloqadorligi ta’minlash) kerak. Shundagina o‘quvchi xotirasida majmuaviy, yaxlit bilimlar tizimini shakllantirishga imkon yaratiladi. Ushbu jarayon natijasini belgilab beruvchi omil – o‘quvchi ongida shakllanishi zarur bo‘lgan mantiqiy aloqadorliklar modelidir.


    Model deganda nimani tushunamiz?
    S.I.Ojegov tomonidan yaratilgan lug‘atda “model” tushunchasi: 1) qandaydir bir mahsulot yoki ishlab chiqarish namunasi; 2) ma’lum bir narsaning kichraytirilgan holda aks ettirilishi yoki sxemasi; 3) konstruksiya turi yoki markazi; 4) ma’lum bir hodisa yoki jismoniy ob’ektning sxemasi kabi izohlanadi [86, 315].
    A.Daxinning ko‘rsatishicha, model sxema, fizik qurilma, belgi shakli yoki formula ko‘rinishida sun’iy yaratilgan ob’ektdir. U tadqiq etilayotgan ob’ekt (yoki hodisa)ga o‘xshash bo‘lib, uning tizimi, xususiyatlari, elementlari o‘rtasidagi bog‘liqligi va aloqadorligini soddaroq va qo‘polroq tarzda aks ettiradi [40].
    Yuqoridagilardan modellarning ta’riflari turlicha bo‘lishi ko‘rinib turibdi. Biz ko‘rib chiqmoqchi bo‘lgan modellar esa ta’lim mazmuniga taalluqli bo‘lib, o‘quv materiallari ketma-ketligini muayyan bir tizimda joylashganligini mantiqiy tarzda namoyon qiluvchi modellardir.
    Ta’lim mazmuni va jarayoni uzviyligini ta’minlovchi mantiqiy modellarni tuzish, birinchidan, fan o‘qituvchilarining masalaga qay tarzda yondashganligiga; ikkinchidan, o‘quvchilar ongida bilimlar tizimining shakllanganlik darajasiga bog‘liq.
    Mantiqiy modellarga muayyan bir fanning o‘quv materiallari orasidagi aloqadorliknigina aniqlovchi, ko‘rsatuvchi va keltirib chiqaruvchi vosita sifatida qaramasdan, balki boshqa fanlar bilan aloqadorlik darajasini ko‘rsatuvchi vosita sifatida ham qarash kerak. Bundan tashqari mantiqiy modellar o‘quv predmetining mantiqiy birligi, shuningdek, inson faoliyati, tabiat hodisalari, jarayonlari uzviyligini ko‘rsatadi hamda ilm-fan taraqqiyoti, davr talabiga mos ravishda o‘quv predmetining takomillashuviga yordam beruvchi omil hisoblanadi. Shunga ko‘ra mantiqiy modellar inson ijodiy faoliyatining mahsuli sifatida yangi mantiqiy modellarga zamin bo‘lib xizmat qiladi.
    Bizning metodikamizning asosini darsning muayyan bosqichida ko‘rgazmali modellar yordamida (uning qismlar orasidagi muhim aloqadorliklar orqali) o‘quvchilarning egallagan bilimlari va kelgusida o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilimlari uzviyligi ta’minlanadi.
    V.Ye.Shteynberg tomonidan ishlab chiqilgan quyoshsimonlik, ko‘p o‘lchamlilik, fraktallik tamoyillarini birgalikda qo‘llanilishi matritsa-koordinatik semantik fraktallar ko‘rinishidagi tabiatsimon va universal didaktik ko‘p o‘lchamli qurollarni yaratish imkonini berdi [127].
    F.A.Farraxovaning fikriga ko‘ra, bilimlarni taqdim etishning boshqa shakllariga nisbatan mazmunli-mantiqiy model (MMM) - markazlashgan-taqsimlangan koordinatlar tizimi (ma’lumotlarning ko‘rgazmaliligini ta’minlash, o‘quv materiallarini samarali uzatish)ning yangi samarali shakli hisoblanadi. MMM bir vaqtning o‘zida bir mavzuni to‘liq va uning tashkiliy elementlarini alohida ko‘rishga imkoniyat yaratadi [119].
    MMM - ixtiyoriy predmetda qo‘llanish mumkin bo‘lgan universal bilish quroli. Algoritmlashgan tartibda ma’lumotlarning koordinata o‘qlariga kiritilishi va MMM tarmoqlari orasida aloqa o‘rnatilishi o‘quv materialini mantiqiy strukturalashga imkoniyat beradi. MMM bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darslarida qo‘llash: mavzu haqida to‘liq tassavurga ega bo‘lish; mavzu ichidagi o‘zaro aloqalarni tushunish; boshqa mavzular bilan aloqadorligini o‘rganish va fanlararo aloqadorlikni o‘rnatishga yordam beradi. MMMda «gumanitar fon» nomli maxsus koordinata mavjud bo‘lib, u o‘rganilayotgan mavzu yoki formula (qonun-qoida yoki hodisa)ning muallifi, vaqti, kashf etilish holati va ijtimoiy ahamiyati haqida ma’lumot beriladi.
    S.A.Arslanbekova tomonidan mazmunli-mantiqiy model yordamida matematika ta’limiga nisbatan qiziqishni uyg‘otish; uning o‘rganish ob’ekti va rivojlanish tarixini ko‘rsatish; fan asoschilari bilan tanishtirish va matematikaning boshqa jihatlarini o‘rganish maqsadida «Matematika portreti» tavsiya qilgan [17].
    Uzviylikni ta’minlovchi mantiqiy modellar boshqa modellardan tubdan farq qilib, mantiqiy aloqadorlik turlari, xususiyatlari va darajasiga bog‘liq bo‘ladi hamda mantiqiy modellar komponentlari ta’lim turlari orasidagi uzviylikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
    Quyida tadqiqotni amalga oshirish jarayonida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limlarida matematika fani uzviyligini ta’minlash maqsadida foydalanilgan mantiqiy modellar haqida so‘z yuritiladi:



    Download 448.11 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 448.11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi muqumiy nomidagi qo`qon davlat pedagogika instituti kasbiy qayta tayyorlash fakulteti

    Download 448.11 Kb.