• Amalga oshirish bloki
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi muqumiy nomidagi qo`qon davlat pedagogika instituti kasbiy qayta tayyorlash fakulteti




    Download 448.11 Kb.
    bet9/20
    Sana10.06.2022
    Hajmi448.11 Kb.
    #23388
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
    Bog'liq
    2 5192824484037397298
    Lqe6qHAViMb7MvhhoKwY0NUVmm30dbKoPTvj5efr, xrpt c9ntr8ksyp7tiegkli6k0059knm0leyncb9u9icv19e0dlkovg1ufttp97pkad1deyyd82zyz5x, 1-мавзу, 23-24 amaliy 620-19 Boboyev Muxriddin, 2-topshiq, Introduction, Taqdimot . ZARBULMASAL, pedagogika test, 1-LABORATORIYA ISHI, Elektr energetikasi hám avtomatlastiriw Kafedra ilimiy izertlew 2019 2023, N.D. 1.06. Sitologiya 2023-24, Документ Microsoft Word, A1 sozluk, B1 sözluk
    Loyihalash – mo‘ljalangan maqsad va uni amalga oshirish usul va vositalari yig‘indisini aniqlashdan iborat. Bu blok doirasida quyidagi ketma-ketlikda operatsiyalar amalga oshiriladi: ta’lim texnologiyasini amalga oshirish vaqtini aniqlash (o‘quv choragi, yarim yilligi, yillik va butun o‘qitish davri uchun); o‘quv materiallarini tahlil etish; maqsad va didaktik vazifalarni ajratib olish; o‘quv materiallarini ma’lum tuzilmaga keltirish va vaqt bo‘yicha taqsimlash; bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish bosqichlari, shuningdek, shaxsning sifat va fazilatlarini rivojlantirishni aniqlab olish; o‘quvchilarning qiziqtirish usuli va vositalarni aniqlash.
    Amalga oshirish bloki - bu loyihalash-tuzish blokida qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish jarayoni.
    Nazorat qilish blokining vazifasi – qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish maqsadida joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni o‘tkazish, ya’ni muntazam ravishda teskari aloqani ta’minlash va axborotga qayta ishlov berishdan iborat [36].
    Matematika darslarida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shaxsga yo‘naltirilgan matematikaga o‘qitish texnologiyasi quyidagi maqsadlarni o‘z ichiga oladi: 1) har bir o‘quvchini matematikaga qiziqtirish va hamkorlik muhiti sharoitlarida uni rivojlanishini ta’minlash; 2) o‘quvchilarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish; 3) har bir bolaning shaxsiy bilish qobiliyatlarini rivojlantirish; 4) shaxsga o‘zini bilish, o‘z o‘rnini topish, o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga yordam berish.
    Pedagogik texnologiyalar vositasida hal etilishi zarur bo‘lgan vazifalar esa quyidagilardir:

    1. O‘quvchilarning matematikani bilishida o‘z imkoniyatlarini namoyish etish uchun ularning ichki psixofiziologik imkoniyatlarini aniqlash.

    2. O‘quvchilar o‘quv bilish faoliyatining shaxsiy suratini aniqlash.

    3. Dars, maxsus kurs, yakkama-yakka mashg‘ulotlar, sinfdan tashqari tadbirlarda matematikani o‘qitishni tabaqalashtirish va individuallashtirishni amalga oshirish.

    4. Yangi dasturlarni yaratish, takomillashtirish va didaktik qo‘llanmalarni ishlab chiqish.

    5. O‘quvchilarining mustaqilligini, ilmiy-bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish.

    6. O‘quvchilar intellektual imkoniyatlarini rivojlantirish:

    - ma’lumotda muhim, asosiy narsalarni ajratish;
    - materialni tizimlashtirish, uni sxemada aks ettirish;
    - javobda kirish so‘zini tanlash, javob berayotganda taqqoslash va xulosalar chiqarish;
    - qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanish;
    - grafik-sxema tuzilishli bo‘lgan matnlarni tasvirlash;
    - mantiqiy mazmunga urg‘u beruvchi aloqador hikoya tuzish;
    - materialni taqqoslash asosida ochib berish;
    - matnda berilgan bilimlarni tushunish;
    - o‘rganilayotgan dalillar va hodisalarga nisbatan o‘z munosabatini bildirish;
    - yangi materiali o‘rganish yoki ma’lum bo‘lgan dalil va holatlarni taqqoslash bilan bog‘liq bo‘lgan savollarni mustaqil bayon etish;
    - manbalar, hujjatlar, kuzatishlar, tajribalar asosida elementar tadqiqotlar o‘tkazish;
    - farazni shakllantirish, uni tekshirish yo‘llarini belgilash;
    - taqqoslash, solishtirish, xulosalar chiqarish; muhim belgilar bo‘yicha ma’lumotlarni sinflarga ajratish; abstrakt hodisalarning ma’nosini ochib berish [133].
    Z.I.Xusainovaning tadqiqotlarida o‘quvchilar ijodiy faoliyatini loyihalashtirish ta’limni insonparvarlashtirishga yo‘naltirilgan matematikaga o‘qitish texnologiyasi sifatida e’tirof etilib, u ijodiy topshiriq, matematik esse, loyiha kabi o‘quvchilarning ijodiy ishlaridan foydalanish samaradorligini ilmiy jihatdan asoslagan [136].
    Pedagogik texnologiyaning daslabki bosqichi bo‘lgan loyihalashtirish va uning amalga oshirilishi borasida ham olimlarning fikrlari turlichadir. Masalan, pedagogik texnologiya qanday moddiy shaklda bo‘lmasin (darslik, o‘quv qo‘llanmasi, EHM dasturi) hamda ta’lim turi va bosqichidan qat’iy nazar uni ishlab chiqishning umumiylashtirilgan bosqichlari quyidagilardir:
    Birinchi bosqich – o‘quvchining kelajakdagi faoliyati tahlili (kelajakdagi ta’lim yoki maktabdan keyingi kasbiy faoliyat).
    Ikkinchi bosqich - har bir ta’lim bosqichida ta’lim mazmunini aniqlash (har bir sinfda o‘quv predmetlarining bir-biriga mosligi, har bir o‘quv predmetining mazmuni ijtimoiylik, tashhislik, tushunarlilik, ilmiylik, tizimlilik va boshqa tamoyillarga javob berishi).
    Uchinchi bosqich - o‘quvchilar yuklamasi darajasini nazorat qilish va ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan vaqtni hisoblash.
    To‘rtinchi bosqich – belgilangan didaktik jarayonni mavaffaqiyatli amalga oshirish uchun ta’lim va tarbiyaning tashkiliy shakllarini tanlash.
    Beshinchi bosqich – alohida mavzular va aniq bilimlar bo‘yicha didaktik jarayonning motivatsion komponentini amalga oshirish uchun materiallar (vaziyatlar matni)ni tayyorlash va ularni o‘quv predmetlari mazmuniga kiritish.
    Oltinchi bosqich – faoliyat ko‘rsatish algoritmi to‘g‘risidagi tasavvurlari asosida o‘quv mashqlar tizimini ishlab chiqish va ularni o‘quv qo‘llanmalarining mazmuniga kiritish.
    Yettinchi bosqich – ta’lim maqsadlari va o‘zlashtirish darajasini baholash mezonlariga mos holda o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilim va harakatlar sifatini haqqoniy baholash uchun materiallarni (testlarni) ishlab chiqish;
    Sakkizinchi bosqich – ta’lim va tarbiya masalalarini samarali yechishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlarning tuzilishi va mazmunini ishlab chiqish, darslar va o‘quvchilarning uydagi o‘quv ishini rejalashtirish.
    To‘qqizinchi bosqich – loyihani amaliyotda sinovdan o‘tkazish va o‘quv-tarbiya jarayonining yakunlanganligini tekshirish [28, 179-180].
    Ta’lim jarayonini loyihalashtirishni quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: dastlabki holatlarni tahlil qilish, ta’lim maqsadlarini aniqlashtirish; g‘oyalarni generatsiyalash (ta’limning texnologik usullari variantlarini, ya’ni ta’lim mazmunini o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quvchilar o‘quv bilish faoliyati uslublar tizimini tuzish); har bir variantni baholash va eng qulayini tanlash – loyihalashtirilayotgan ta’lim jarayonining umumiy modelini yaratish; tanlagan texnologik usulni, ya’ni o‘quvchilar o‘quv-bilish faoliyatini boshqarish bo‘yicha o‘qituvchi faoliyatining didaktik uslublar tizimini amalga oshirish uslublarini ishlab chiqish; ta’lim jarayonini moddiy-texnik ta’minlash; tafakkurdagi eksperiment – kelajadakdagi jarayonni ko‘z oldiga keltirish, jarayonning fazo va vaqt xarakteristikalarini belgilash va aniqlashtirish; loyihani hujjat sifatida rasmiylashtirish [74].
    Loyihalash pedagogik jarayonni muvaffaqiyatli tashkil etish va amalga oshirishning muhim shartlaridan biri hisoblanib, faoliyatni tahlil qilish, uni oldindan ko‘ra bilish va rejalashtirilgan faoliyatni amalga oshirish loyihasini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. Pedagogik vazifani hal etishning bu bosqichida o‘zining va o‘quvchi faoliyatining mazmuni, vositalari va dasturlarini loyihalashga nisbatan mustaqil yo‘naltirilgan, o‘zaro uzviy aloqada bo‘lgan o‘qituvchi faoliyatini ko‘rsatish mumkin. Shunga ko‘ra pedagogik jarayonni loyihalash mazmuni (loyiha-mazmun-faoliyat), moddiy yoki moddiylashgan vositalarni va faoliyatni loyihalash texnologiyalari birligi sifatida namoyon bo‘ladi [113].
    Pedagogik jarayon o‘quv maqsadni qo‘yish bilan boshlanadi. Maqsad shunday aniq bo‘lishi lozimki, uning vositasida ta’lim-tarbiya jarayonini qay darajada amalga oshirilganligini aniqlash, belgilangan vaqtda ko‘zlangan maqsadga erishishni ta’minlovchi didaktik jarayonni ko‘rish imkonini bersin [36].
    Yuqoridagi olimlarning tadqiqot ishlarida nazariy jihatdan pedagogik jarayonni loyihalashtirish bosqichlari haqida so‘z yuritilgan bo‘lsa ham, xususiy metodikalarda bularning tadbiqi, amalga oshirish bosqichlari alohida predmet (fan) nuqtai nazaridan o‘rganilmagan.
    Shu sababli muayyan bir predmetda loyihalashtirishning u yoki bu shaklini qabul qilmay turib, o‘shbu predmetning o‘ziga xos xususiyatlariga, mazmun va maqsadiga, metodikasiga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir.
    Matematika ta’limida ta’lim jarayonini loyihalashtirishni amalga oshirish to‘g‘risidagi savolga to‘liq javob topilmagan. Ayni vaqtda muammonining nazariy asoslariga ko‘proq e’tibor berilmoqda. Masalan, O.Yepishevaning ta’kidlashicha, texnologik yondashuv nuqtai nazaridan matematikania o‘qitish maqsadlari o‘quvchilarning umumiy tayyorgarligini ko‘rsatuvchi ayrim amallarni bajarishga o‘rgatishdan iborat bo‘lishi, ta’lim olish maqsadlari bu amallarni bajarishga o‘rgatish, o‘quvchining rivojlanishi nuqtai nazaridan har bir ko‘rinishni shunchaki rasman qabul qilish emas, balki uning chuqur tushunishida namoyon bo‘lishi kerak [148].
    Hozirgi kunga qadar matematikani o‘qitish bo‘yicha quyidagi xususiy- metodik texnologiyalar ishlab chiqilgan.

    Download 448.11 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




    Download 448.11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi muqumiy nomidagi qo`qon davlat pedagogika instituti kasbiy qayta tayyorlash fakulteti

    Download 448.11 Kb.