• Matematika bo‘yicha bilimlarni qurish ustaxonalari texnologiyasida
  • Matematikaga o‘qitishdagi park texnologiyasida
  • Samarali darslar tizimiga asoslangan texnologiya




    Download 448.11 Kb.
    bet11/20
    Sana10.06.2022
    Hajmi448.11 Kb.
    #23388
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
    Bog'liq
    2 5192824484037397298
    Lqe6qHAViMb7MvhhoKwY0NUVmm30dbKoPTvj5efr, xrpt c9ntr8ksyp7tiegkli6k0059knm0leyncb9u9icv19e0dlkovg1ufttp97pkad1deyyd82zyz5x, 1-мавзу, 23-24 amaliy 620-19 Boboyev Muxriddin, 2-topshiq, Introduction, Taqdimot . ZARBULMASAL, pedagogika test, 1-LABORATORIYA ISHI, Elektr energetikasi hám avtomatlastiriw Kafedra ilimiy izertlew 2019 2023, N.D. 1.06. Sitologiya 2023-24, Документ Microsoft Word, A1 sozluk, B1 sözluk
    Samarali darslar tizimiga asoslangan texnologiya (A.Okunev) quyidagi masalalarni yechadi: o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishlarini yuqori darajaga ko‘tarish va mustaqil aqliy faolligini tashkil etish; o‘qitish usul va vositalarining xilma-xilligi; o‘quvchilar aqliy faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish; ta’lim olishga undovchi shaxsning o‘zini-o‘zi boshqarish mexanizmlarini shakllantirish va rivojlantirish; o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarning yuqori darajadagi ijobiy darajasi; olingan bilim, ko‘nikma va malakalarning hajmi va mustahkamligi.
    Matematika bo‘yicha bilimlarni qurish ustaxonalari texnologiyasida (A.Okunev) bilimlar tayyor holda berilmaydi, ular o‘quvchi (juft bo‘lib ishlashda yoki guruhda) tomonidan shaxsiy tajribaga tayangan holda yaratiladi; o‘qituvchi esa o‘quvchining fikrlashi uchun topshiriqlar ko‘rinishidagi zarur bo‘lgan materialni taqdim etadi.
    Matematikaga o‘qitishdagi park texnologiyasida (A.Goldin) har bir mavzuni o‘rganish to‘rt bosqichdan iborat: 1) kirish ma’ruzasi; 2) o‘zgaruvchan tarkibda har xil yoshdagilar o‘rtasida juft va guruhli ishlashni yo‘lga qo‘yish (shuning uchun o‘quv materiali mos modullarga bo‘linadi); 3) bir xil yoshdagilar o‘rtasida tanlanma juftlik va kichik guruhlarda o‘quv materiali bilan o‘zaro almashish; 4) nazorat ishi [102; 138].
    Shuningdek, matematik ta’lim jarayonida umumlashtirish va takrorlash darslarida modulli texnologiyalardan foydalanib uzviylikni ta’minlash mumkin. Pedagogik yo‘nalishda modulli texnologiyalardan ta’lim jarayonida foydalanish masalasi bir qator tadqiqotlar doirasida o‘rganilgan.
    G.Yu.Ksenzova modul ta’limni shu kunga qadar pedagogik nazariyada yig‘ilgan va uning barcha ilg‘or tomonlarni o‘zida uyg‘unlashtirgan holda, an’anaviy ta’limga muqobil ta’lim sifatida paydo bo‘ldi deb ko‘rsatadi. Uning ta’kidlashicha, modul bilan ishlash jarayonida o‘quvchi ta’limning aniq maqsadlariga mustaqil ravishda (yoki ma’lum miqdordagi yordam bilan) to‘liq erishadi. Ushbu ta’lim mazmuni P.Yu.Syavichene (Syavichene P.Yu. Teoriya i praktika modulnogo obucheniya. – Kaunas, 1989) monografiyasida batafsil yoritilgan.

    Download 448.11 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




    Download 448.11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarali darslar tizimiga asoslangan texnologiya

    Download 448.11 Kb.