• O‘qituvchi
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi muqumiy nomidagi qo`qon davlat pedagogika instituti kasbiy qayta tayyorlash fakulteti




    Download 448.11 Kb.
    bet19/20
    Sana10.06.2022
    Hajmi448.11 Kb.
    #23388
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
    Bog'liq
    2 5192824484037397298
    Lqe6qHAViMb7MvhhoKwY0NUVmm30dbKoPTvj5efr, xrpt c9ntr8ksyp7tiegkli6k0059knm0leyncb9u9icv19e0dlkovg1ufttp97pkad1deyyd82zyz5x, 1-мавзу, 23-24 amaliy 620-19 Boboyev Muxriddin, 2-topshiq, Introduction, Taqdimot . ZARBULMASAL, pedagogika test, 1-LABORATORIYA ISHI, Elektr energetikasi hám avtomatlastiriw Kafedra ilimiy izertlew 2019 2023, N.D. 1.06. Sitologiya 2023-24, Документ Microsoft Word, A1 sozluk, B1 sözluk





    2.3.3- rasm. “O‘nli kasrlar mavzusiga oid klaster


    O‘quv jarayonida qo‘llanilgan texnologiyaning natijalari haqida xulosalar chiqarish dars loyihasini amalga oshirishda ayrim juz’iy kamchiliklar (jumladan, ayrim o‘quvchilar faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘yilganligi, mavzuga oid muhim tushunchalarni ifoda etishda qiynalishlari, belgilangan vaqt oralig‘ida topshiriqlarni bajara ololmasliklari) ko‘zga tashlandi; o‘qituvchi tomonidan tavsiya etilgan loyihani amalda qo‘llashga nisbatan yetarli darajada ijodiy yondasha olmadi, shuningdek, vaqti-vaqti bilan o‘quvchilarni faollikka undovchi rag‘batlantiruvchi harakatlarni tashkil etmadi.
    Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish. Xulosa asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi va o‘quvchilar hamda o‘qituvchi e’tiboriga havola etildi.
    Istiqbol rejalarni ishlab chiqish. Dars natijalariga asoslangan holda o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini tashkil etishga oid quyidagi reja ishlab chiqildi:



    O‘qituvchi




    O‘quvchi

    1.

    O‘quvchilarning uy vazifalarini tekshirish.

    1.

    O‘nli kasrlar ustida amallar bajarish.

    2.

    Mavzu bo‘yicha individual
    topshiriqlarni ishlab chiqish, testlar tayyorlash.

    2.

    O‘nli kasrlarni bir turdan
    ikkinchi turga o‘tkazishga doir misollar yechish.

    3.

    «Haqiqiy sonlar» mavzusini takrorlashga oid samarali usul va texnologik elementlaridan foydalanish yo‘llarini izlab topish.

    3.

    O‘nli kasrlarga oid testlar tuzish.


    Xulosa
    Jamiyat, fan taraqqiy etgan sari jamiyatning ta’limga bo‘lgan talab va extiyojlari ham o‘zgarib boradi. Islohotlar davrida ta’lim tizimining uzluksizlik va uzviylik tamoyiliga asoslangan o‘quv dasturlari ijtimoiy ehtiyoj asosida yangilanishi tabiiy.
    Metodika an’anaviy o‘qitish usullaridan farqli ravishda interfaol usullar, texnologik loyihaga asoslangan dars ishlanmalardan tashkil topib, umumiy o‘rta ta’limlarida matematika fanidan o‘tiladigan takrorlash va umumlashtirish darslariga mos mavzularini qamrab oldi.
    Ishlab chiqilgan metodikaning amaliyotdagi holati o‘qituvchining o‘z faoliyatiga nisbatan ma’suliyatining oshishini, o‘quvchilarning esa matematika faniga bo‘lgan qiziqishlarining ortishini, matematik bilimlar tizimli ravishda o‘zlashtirilishini ko‘rsatdi.
    O‘tkazilgan tajriba-sinov natijalari quyidagi xulosalarga kelishimizga imkon berdi.

    1. Umumiy o‘rta ta’limlarida matematika ta’limi mazmuni tahlil qilindi. Bunda har bir ta’lim muassasasi uchun o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos nuqtai nazardan ta’lim mazmuni tanlanishi va ta’lim jarayoni uzviyligi ta’minlanishi zarurligi tasdiqlandi.

    2. Umumiy o‘rta ta’limlarida matematika ta’lim mazmuni va jarayoni uzviyligini ta’minlash orqali ta’lim samaradorligini oshirishning asosiy omili ekanligi ko‘rsatildi.

    3. Umumiy o‘rta ta’limlari o‘rtasida matematika ta’lim mazmuni va jarayoni uzviyligini ta’minlovchi modellar ishlab chiqildi.

    4. Umumiy o‘rta ta’limlarida matematika fanidan o‘quvchilarga hayotiy zarur va kasbiy faoliyatida qo‘llaniladigan matematik bilimlarni izchil ravishda berish o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytiribgina qolmasdan, balki ularning matematika faniga qiziqishining ortishini tasdiqladi.

    5. Umumiy o‘rta ta’limlari o‘rtasida matematika fani uzviyligini ta’minlashda pedagogik texnologiya elementlaridan foydalanish eng maqbul usul sifatida e’tirof etildi va uning ijobiy samara berishi tajriba-sinov ishlari natijasida isbotlandi.

    Tajriba-sinov ishlari natijalari va amaliyotchi o‘qituvchilarning fikr-mulohazalariga tayangan holda aytish mumkinki, pedagogik texnologiyalar asosida dars loyihalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish ta’lim mazmuni va jarayoni uzviyligini ta’minlash, o‘quvchilarning faolligini oshirish, bilimlarni yaxlit majmuaviy ravishda o‘zlashtirish, o‘quvchilar matematik tafakkurining o‘sishi, mustaqil fikrlash hamda matematika faniga qiziqishining kuchayishi uchun zarur sharoit yaratadi.

    Download 448.11 Kb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 448.11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi muqumiy nomidagi qo`qon davlat pedagogika instituti kasbiy qayta tayyorlash fakulteti

    Download 448.11 Kb.