O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi muqumiy nomidagi qo`qon davlat pedagogika instituti kasbiy qayta tayyorlash fakulteti




Download 448.11 Kb.
bet12/20
Sana10.06.2022
Hajmi448.11 Kb.
#23388
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
2 5192824484037397298
Lqe6qHAViMb7MvhhoKwY0NUVmm30dbKoPTvj5efr, xrpt c9ntr8ksyp7tiegkli6k0059knm0leyncb9u9icv19e0dlkovg1ufttp97pkad1deyyd82zyz5x, 1-мавзу, 23-24 amaliy 620-19 Boboyev Muxriddin, 2-topshiq, Introduction, Taqdimot . ZARBULMASAL, pedagogika test, 1-LABORATORIYA ISHI, Elektr energetikasi hám avtomatlastiriw Kafedra ilimiy izertlew 2019 2023, N.D. 1.06. Sitologiya 2023-24, Документ Microsoft Word, A1 sozluk, B1 sözluk
Modul yagona maqsad, ya’ni ta’lim mazmuni va uni egallash texnologiyasini umumlashtirishga qaratilgan bo‘g‘in. Ta’lim mazmuni tugallangan mustaqil kompleks (axborot blok)larda namoyon bo‘ladi, ularni o‘zlashtirish maqsadga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Didaktik maqsad ta’lim oluvchining manfaati nuqtai nazaridan shakllanib, o‘z ichiga nafaqat bilimlar hamji, balki ularni o‘zlashtirish darajasi bo‘yicha ko‘rsatmalarni ham qamrab oladi.
Modullar ta’limni sub’ekt-sub’ekt asosiga o‘tkazish, alohida o‘quvchilar bilan ishlashni individuallashtirish, individual yordam ko‘rsatishni me’yorlashtirish, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot shakllarini o‘zgartirishga yordam beradi. Pedagog modullar majmuasi hamda tobora murakkablashib boruvchi didaktik masalalarni qamrab oluvchi dasturni ishlab chiqadi, shuningdek, o‘quvchi-o‘qituvchi hamkorligi asosida ta’lim jarayonini samarali boshqarish imkoniyatini beruvchi kirish va oraliq nazoratni ta’minlaydi [56, 77-79].
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari o‘quv jarayonini ta’lim oluvchilarning imkoniyatlari va ehtiyojlariga maksimal tarzda moslashtirish imkoniyatini beradi, biroq ularni qo‘llash shahar va qishloq maktablari sharoitida turlicha bo‘lishi mumkin.
Shuni ta’kidlash kerakki, ularni amalga oshirish jarayonida ta’lim oluvchilarda xotira, iroda, emotsional doira kabi psixologik fenomenlar, mustaqillik, kommunikativ ko‘nikmalar va boshqalarni rivojlantirish mumkin, biroq yuqoridagi texnologiyalar o‘z oldiga rivojlantiruvchi ta’limni ta’minlash maqsadini qo‘ymagan.
V.S.Kukushkinning fikricha, modulli ta’lim (bloklarning rivojlanishi sifatida) – o‘qitish jarayonining shunday tashkil etilishiki, unda o‘quvchi modullardan tashkil topgan o‘quv dasturi bilan ishlaydi.
Modulli ta’lim texnologiyasi individuallashtirilgan ta’limning yo‘nalishidan biri bo‘lib, mustaqil ta’lim olishni amalga oshirish, nafaqat ish tempini, balki o‘quv materialining mazmunini ham me’yorlashtirish imkoniyatini beradi.
Modulning o‘zi kurs mazmunini uch darajada namoyon etishi mumkin: to‘liq, qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan [60, 408].
Bu o‘rinda U.N.Nishonaliev o‘quv-tarbiya jarayonini ta’lim, tarbiya va rivojlanishning birligi sifatida e’tirof etib, bu jarayonning amalga oshirilishi modul texnologiyasini qo‘llash yordamida yengillashadi.
Modul texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari: ta’lim mazmunini strukturalash, barcha axborotdan faqat davlat ta’lim standartlari doirasida faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun yetarli bo‘lganlarinigina tanlab olish.
Modul texnologiyasi modullarni loyihalashtirishdan boshlanadi (o‘quv predmetining mazmuni va uning bo‘limlarini strukturalash – kasbiy faoliyatning mantiqiy tugallangan, keyinchalik ta’limning mazkur darajasida bo‘linmaydigan qismlarini ajratish). Keyin har bir ajratilgan modul mazmunini tashkil etuvchi faoliyat va maqsad aniqlanadi. Modulning maqsadlariga erishish bosqichma-bosqich amalga oshirilganligi uchun har bir qadam o‘quv elementi ko‘rinishida ishlab chiqiladi [80].
O‘qitish samaradorligi ta’lim mazmunining maqsadga muvofiqligi va o‘qitishning samarali usullarini to‘g‘ri tanlash omillariga bog‘liq. Ana shu ikki omil birligining ta’minlanishi o‘quv jarayoni bo‘lib, unda ikki maqsad negizida shakllangan yagona maqsadni amalga oshiruvchi mexanizm – pedagogik texnologiya sanaladi.
Ta’lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni joriy etishda har bir fanning maqsad va vazifalari, mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinishi zarur. Bu muammo ijtimoiy-gumanitar fanlarda qisman hal qilingan. Aniq fanlar, jumladan, matematikani o‘qitishda, pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari yetarlicha o‘rganilmagan.
Tajribadan ma’lum bo‘ldiki, matematikada har bir mavzuga pedagogik texnologiya elementlarini qo‘llash mumkin emas. Buning sabablari birinchidan, ayrim mavzularni o‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari bilan o‘zlashtirish imkoniyati yo‘q, ikkinchidan, matematika fanidan har bir mavzuni o‘qitishda samarali foydalish mumkin bo‘lgan loyihalar yaratilmagan.
Matematikadan umumlashtiruvchi va takrorlovchi darslarda ta’lim jarayoni to‘laqonli amalga oshirish, ko‘rgazmali ravishda ta’lim mazmunidagi uzviylik va izchillikni o‘quv jarayoniga olib kirish va o‘quvchilar ongida bilimlarning uzviy tizimini shakllantirishda uzviylikni ta’minlovchi pedagogik texnologiya elementlarini tanlash muhim ahamiyatga ega.
Tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan quyidagi mezonlar matematika fani uzviyligini ta’minlovchi pedagogik texnologiya elementlarini tanlashga imkon beradi:

  1. Muayyan bobning bilimlar tizimidagi mantiqiy birligi va mazmunini to‘liq ochib bera olishi.

  2. Bob ichidagi har bir mavzu (o‘quv materiali)ning boshqa mavzular bilan ichki aloqadorligini ko‘rsata olish imkoniyatining mavjudligi.

  3. Tanlangan bob yoki mavzuning boshqa fanlar bilan tashqi aloqadorligini o‘rnatish imkoniyatining mavjudligi.

  4. Muayyan bob yoki mavzuga qo‘llanishda bob yoki mavzuning to‘liq, yaxlit va bir butun tizim sifatida tushunarli bo‘lishi hamda ko‘rgazmali namoyish etish imkoniyatining mavjudligi.

  5. O‘quv jarayoni davomida o‘zlashtirish jarayonini nazorat qilish imkonining mavjudligi.

Shunday qilib, yuqoridagi mezonlar asosida tanlangan pedagogik texnologiya elementlaridan o‘quv jarayonida samarali foydalanish matematika fanidan o‘quvchilarning bir butun yaxlit uzviylashgan bilimlar majmuasini o‘zlashtirishiga yordam beradi.

Shu nuqtai nazardan tajriba-sinov ishlari mavjud nazariyalarga muvofiq loyihalashtirildi va olingan natijalar o‘quv jarayoniga tatbiq etildi. Har bir bosqichda o‘quvchilarning bilim darajalari, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari og‘zaki test, nazorat ishlari yordamida nazorat qilindi. Loyiha tajriba jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tuzatilib, loyiha takomillashtirilib borildi.


Ta’kidlovchi tajriba-sinov ishlarini olib borish jarayonida o‘quvchilarning matematika fani (o‘nli kasrlar, funksiya, logarifmik funksiya, arifmetik progressiya) bo‘yicha olgan bilim, ko‘nikma va malakalarining shakllanganlik darajasini aniqlash talab etildi. Bu o‘rinda B.Blumning maqsadlar taksonomiyasidan1 foydalanildi.
“O‘nli kasr” mavzusi bo‘yicha o‘quv maqsadlari quyidagicha aniqlandi (2.3.2-rasm):










2.3.2-rasm. “O‘nli kasrlarlar” mavzusiga oid B.Blum taksonomiyasi


Tajriba-sinov ishlari jarayonida, shuningdek, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini haqqoniy baholash maqsadida nazorat topshiriqlari ishlab chiqildi:



  1. Qaysi qatorda o‘nli kasrga to‘g‘ri ta’rif berilgan?

A) maxraji nol bilan yakunlanuvchi sonlardan iborat kasr o‘nli kasr deb ataladi;
V) maxraji nol va birlardan tashkil topgan kasr o‘nli kasr deb ataladi;
S) har qanday kasr o‘nli kasr deb ataladi;
D) maxraji o‘n va uning darajalaridan tashkil topgan kasr o‘nli kasr deb ataladi;
Ye) oddiy kasrdan tashqari barcha kasrlar o‘nli kasr deb ataladi.
2. Qaysi qatorda faqat o‘nli kasrlar berilgan?
A) ; ; ; ; ;
V) ; ; ; ; ;
S) ; ; ; ; ;
D) ; ; ; ; ;
Ye) ; ; ; ; ;
3. Matematika faniga “o‘nli kasrlar” tushunchasi qaysi olim tomonidan kiritilgan?
A) Umar Xayyom; V) Abu Nosir Forobiy;
S) G‘iyosiddin Koshiy; D) Nasriddin Tusiy;
Ye) Muhammad Muso al-Xorazmiy.
4. soni qanday o‘nli kasrga taalluqli?
A) sof davriy cheksiz o‘nli kasr; V) aralash davriy cheksiz o‘nli kasr;
S) davriy cheksiz o‘nli kasr; D) chekli o‘nli kasr; Ye) cheksiz o‘nli kasr.
5. Qanday kasrlar cheksiz o‘nli kasrlar sanaladi?
A) suratini maxrajiga bo‘lganda cheksiz qoldiqli bo‘linadigan kasrlar;
V) suratini maxrajiga bo‘lganda qoldiqsiz bo‘linadigan kasrlar;
S) davriy cheksiz o‘nli kasrlar;
D) nodavriy cheksiz o‘nli kasrlar;
Ye) oddiy kasrlar.
6. Davriy cheksiz o‘nli kasrlar qanday kasrlarga bo‘linadi?
A) chekli va cheksiz o‘nli kasrlarga;
V) oddiy va o‘nli kasrlarga;
S) davriy va nodavriy cheksiz o‘nli kasrlarga;
D) sof va aralash davriy cheksiz o‘nli kasrlarga;
Ye) oddiy va murrakab davriy cheksiz o‘nli kasrlarga.
7. Bir ming olmish olti butun mingdan ellik uch sonini o‘nli kasr ko‘rinishida yozing.
A) ; V) ; S) ; D) ; Ye)
8. ifodasining qiymatini toping.
A) ; V) ; S) ; D) ; Ye)
9. O‘nli kasr qanday kasrlarga bo‘linadi?
A) chekli va cheksiz o‘nli kasrlarga;
V) oddiy va o‘nli kasrlarga;
S) davriy va nodavriy cheksiz o‘nli kasrlarga;
D) sof va aralash davriy cheksiz o‘nli kasrlarga;
Ye) oddiy va murrakab davriy cheksiz o‘nli kasrlarga.
10. Cheksiz o‘nli kasr qanday kasrlarga bo‘linadi?
A) chekli va cheksiz o‘nli kasrlarga; V) oddiy va o‘nli kasrlarga;
S) davriy va nodavriy cheksiz o‘nli kasrlarga;
D) sof va aralash davriy cheksiz o‘nli kasrlarga;
Ye) oddiy va murrakab davriy cheksiz o‘nli kasrlarga;
11. soni qanday o‘qiladi?
A) o‘n yetti ming sakkiz yuz to‘qson to‘rt butun yuzdan olti yuz yetmish bir;
V) o‘n yetti ming sakkiz yuz to‘qson to‘rt butun yuzdan olti yetti bir;
S) o‘n yetti ming sakkiz yuz to‘qson to‘rt butun yuzdan yetmish bir;
D) o‘n yetti ming sakkiz yuz to‘qson butun yuzdan olti yuz yetmish bir;
Ye) o‘n yetti ming sakkiz yuz to‘qson to‘rt butun mingnan olti yuz yetmish bir.
12. Sayohatchi 250 kilometrlik yo‘lning 0,6 qismini mashinada, 20% ni kemada, 2,15 kilometrini piyoda va qolgan yo‘lning yarmini velosipedda yurgan bo‘lsa, yana necha kilometr yurishi kerak bo‘ladi?
A) km; V) km; S) km;
D) km; Ye) km;
13. ni hisoblang:
A) ; V) ; S) ; D) ; Ye) .
14. sonini o‘nli kasrga ko‘rinishida yozing.
A) ; V); S) ;
D) ; Ye)
15. sonini oddiy kasr ko‘rinishida yozing.
A) ; V) ; S) ; D) ; Ye) .
16. Noma’lum sonning qismidan ni ayirilsa, qoladi. Noma’lum sonni toping?
A) ; V) ; S) ; D) ; Ye) .
17. Don zavodi omboridan dastlab bug‘doyning 0,514 qismi, keyin esa umumiy bug‘doyning 45 % i un kombinatiga jo‘natildi. Omborda necha foiz (%) bug‘doy qolgan?
A) ; V) ; S) ; D) ; Ye) .
18. sonini o‘nli kasrga ko‘rinishida yozing va 0,01 gacha yaxlitlang.
A) ; V) ; S) ; D) ; Ye) .
19. Birinchi qo‘shiluvchiga ni qo‘shilib, ikkinchi qo‘shiluvchidan esa ni ayirilsa, yig‘indi qanday o‘zgaradi?
A) ga ortadi; S) ga ortadi; Ye) ga ortadi.
V) ga ortadi ; D) ga ortadi;
20. Mavjud to‘g‘ri burchakli to‘rtburchakning uzunligi marta, eni marta kamaytirilsa, hosil bo‘lgan to‘rtburchakning yuzi dastlabki to‘rtburchakning yuzidan necha % kichik bo‘ladi.
A) ; V) ; S) ; D) ; Ye) .
Mazkur topshiriqlar kasb-hunar kollejlarining 1-kurs o‘quvchilari uchun tavsiya etildi. Tajriba-sinov ishlarida 258 nafar o‘quvchi qatnashdi.
Natijalar tahlili shuni ko‘rsatdiki, 67,4 % o‘quvchilarning o‘nli kasrlar bo‘yicha bilimlari yetarli darajada shakllanmagan. Ayniqsa ular uchun 3; 4; 5; 6; 8; 10; 12; 13; 16; 17; 19; 20-test savollari qiyinchilik tug‘dirdi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, talabalar o‘nli kasrlar tuzilishini, oddiy kasrlar bilan aloqadorligini, misol yechish jarayonida o‘nli kasrlarni oddiy kasrlarga yoki aksincha, oddiy kasrlardan o‘nli kasrlarga o‘tkazishni va ular ustida amallar bajarishni to‘liq o‘zlashtira olmaganlar.
Olingan natijalar asosida “O‘nli kasrlar” mavzusi uzviyligini ta’minlovchi metodika ishlab chiqildi. Mazkur metodikaga ko‘ra matematika fani uzviyligini ta’minlash maqsadida dars ishlanmalarining loyihalari ishlab chiqildi. Pedagogik texnologiya elementlarini o‘z ichiga oladigan bu dars ishlanmalari asosan takrorlash va umumlashtirish darslari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:

  1. Takrorlash zarur bo‘lgan bilimlar hajmini aniqlash.

  2. Bob bo‘yicha boshlang‘ich nazorat ishini tashkil etish.

  3. Boshlang‘ich nazorat ishi natijalari bo‘yicha tavsiyalar va xulosalar tayyorlash.

  4. Tavsiya va xulosalarga asoslangan holda umumlashtiruvchi-takrorlovchi darsning maqsad va vazifalari.

  5. Takrorlanadigan va umumlashtiriladigan bilimlar mazmunini aniqlash.

  6. O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasini topish.

  7. Kutiladigan natijalarni belgilash.

  8. Texnologiyani amalda sinab ko‘rish.

  9. Nazorat ishlarini tashkil etish.

  10. O‘quv jarayonida qo‘llanilgan texnologiyalarning natijalari haqida xulosalar chiqarish.

  11. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish.

  12. Istiqbol rejalarini tuzish.

Quyida takrorlash va umumlashtirish darslarining tarkibiy qismlarning mohiyati xususida so‘z yuritiladi.

Download 448.11 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Download 448.11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi muqumiy nomidagi qo`qon davlat pedagogika instituti kasbiy qayta tayyorlash fakulteti

Download 448.11 Kb.