O‟zbekiston Respublikasi Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi N. N. Maxmudov, T. R. Yuldashev, B. Sh. Akramov




Download 7.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/113
Sana22.12.2023
Hajmi7.63 Mb.
#126439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
4 - маъруза vitamin, 2. Ta\'limni tashkil etish shakllari. Ma’ruza mavzularini tuzish,, Доклад Мамашарипова Ш.Н.
 
1.2.
 O„zbekistonda neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi 
Neft va gaz insoniyatga juda qadimdan ma‟lum bo„lib, ulardan 
olinadigan mahsulotlarning xalq xo„jaligidagi iste‟mol qilish o„rni hamda 
ularga bo„lgan ehtiyoj yil sayin ortib borgan.
O„zbekistonda qadim zamonlardayoq neftdan foydalanib kelingan. 
Neftning o„ziga xos o„tkir hidi tufayli qishloq xo„jaligi zararkunandalariga 
qarshi kurashda undan foydalanilgan. Neftdan dori-darmon tayyorlash 
maqsadida Abu Ali ibn Sino neftni haydashga oid tajribalar o„tkazgan. 
Xorazm geografigi Bakrom (XIII asr) Bakudagi neftni haydash texnologiyasi 
haqida birinchi bo„lib eslatib o„tadi. Shuning uchun ham neft va uni qayta 


11
ishlash O„zbekistonda eng qadimiy tarmoqlardan biridir. O„zbekistonda neft 
qazib chiqarish 1876 yildan boshlangan. Farg„onaning Qamishboshi 
qishlog„ida rus tadbirkori D.P. Petrov tomonidan XIX asrning 80-yillari 
boshida 25 metrgacha burg„ilangan 2 ta quduqning har biridan kuniga 10 pud 
(160 kg) gacha neft qazib olgan. 1880-1883 yillar davrida bu quduqlar soni 4 
taga yetgan. Quduqlar zarbali usul bilan kovlangan. Ularning devorlari taxta 
bilan qoplangan va neft maxsus uzun chelaklar (qovg„alar) yordamida tortib 
olingan. Ba‟zi ma‟lumotlarga muvofiq bunday quduqlardan kuniga 5-10 
tonnagacha neft olingan.
Rus tadbirkori D.P. Petrov 1885 yilda Sho„rsuvda ikkita quduq 
qazdirgan va ulardan kuniga 400-500 kg neft olingan, undan maxsus qozonda 
kerosin va qoramoy ajratib olina boshlangan. Aynan, shuning uchun ham 
manbalarda O„zbekistonda neft sanoatining boshlanishi 1885 yildan deb 
ko„rsatilgan.
O„zbekistonda dastlabki neft koni 1904 yilda ochilgan bo„lib, u 
Farg„ona vodiysidagi Chimyon neft konida 278 m chuqurlikdan (avvalgi 
Vankovsk) qazib olingan. Undan kuniga qariyib 130 tonna neft otilib 
chiqqan. O„sha yili Oltiariq temir yo„li stansiyasi yaqinida neftni qayta 
ishlash zavodi ishga tushirilgan. O„zbekistonda neft sanoatining paydo 
bo„lishi shu sanadan boshlanadi degan fikrlar ham mavjud. Qayta ishlangan 
neftdan asosan kerosin olingan. Kerosin va qoldiq qoramoy aravalarga va 
tuyalarga yuklanib, O„rta Osiyo, Afg„oniston, Xitoy bozorlarida, Toshkent, 
Andijon, Qo„qon paxtani qayta ishlash zavodlariga, moyjo„vozlarga va 
aholiga sotilgan. Neft qoldiqlari temir yo„l taransportida yoqilg„i sifatida 
ishlatilgan. Keyinroq Farg„ona botig„ida bir nechta konlar ochilgan 
(Chimyon yonidagi Yorqo„ton va Moylisoy maydonlarida), Chimyon-
Oltiariq neft quvuri qurilgan, neftni qayta ishlash zavodi kengaytirilgan. Bu 
davrda rus va chet el kapitali neft qazib olish, uni qayta ishlash, neft 
mahsulotlarini sotishni to„la nazoratga olgan. 1913 yilda jami 13 ming tonna 
neft qazib olingan. Sobiq chor Rusiyada oktabr oyidagi to„ntarishdan keyin 


12
neft konlari va neftni qayta ishlash korxonalari davlat tasarrufiga o„tkazilgan, 
neft konlarini izlash, ishga tushirish ham sho„rolar hokimiyati ixtiyoriga 
o„tkazilgan. Bundan keyingi yillarda yangi neft konlari ochilgan va tez 
fursatlarda ishga tushirilgan. Oltiariq zavodi kengaytirilgan. O„sha davrda 
respublikada neft sanoatining infratuzilmasi ham vujudga kelgan. 1941 yilda 
196 ming tonna, 1945-yilda 478 ming tonna neft qazib olingan. 1950-yilga 
kelib O„zbekistonda neft qazib chiqarish 1 mln 342 ming tonnaga yetgan. XX 
asr 50 yillaridan neft konlarida mexanizatsiya vositalari qo„llanilgan, 
turbinali burg„ilash joriy qilina boshlangan. Farg„ona vodiysi va Surxandaryo 
viloyati 1959 yilda 9 ta neft konining o„zidan 1 mln 460 ming tonnadan ziyod 
neft qazib olingan. O„sha davrda Buxoro – Xiva hududlarida topilgan neft 
konlari ishga tushirilgan, ularning negizida neft va gaz qazib olish 
boshqarmasi tashkil etilgan. XX asr 70 yillarning boshida ayrim neft 
konlaridagi zaxiralarning tugashi natijasida neft qazib olish kamaygan. Yangi 
neft konlarini topish uchun chuqur quduqlar qazishga to„g„ri keldi. Voruxda 
5200 m, G„umxonada 5670 m, Chust-Popda 5805 m, Mingbuloqda 6006 m 
o„ta chuqur neft quduqlari burg„ilandi.
Keltirilgan ma‟lumotlardan ko„rinib turibdiki, O„zbekistonda dastlabki 
neftgaz konlari Farg„ona botig„ligidan topilgan va ishga tushirilgan.
Respublikamizda gazdan birinchi foydalanish ham Farg„onadan 
boshlangan. 1944 yil Farg„ona vodiysidagi Andijon konidan Andijon 
shahrigacha gaz quvuri tortilgan, 1951 yil Polvontosh konidan gaz qazib 
olina boshlangan. Surxandaryodagi Xovdok maydonida 1933 yil chuqur 
razvedka qudug„ini burg„ilashga kirishilgan va 1934 yil 158 m chuqurlikdan 
neft favora holida otilib chiqqan. Burg„ilangan 4 ta quduqdan kuniga 75-100 
tonna neft chiqa boshlagan. Shuningdek, 1936 yilda Termiz shahrining 
shimol tomonida Uchqizil koni, 1939 yil Ko„kaydi neft koni ochilgan. 
Keyinchalik Lalmikor, Amudaryo, Qo„shtor, Mirshodi, Gajak neft va gaz 
konlari qidirib topilgan. Farg„ona va Surxandaryo o„lkalaridan so„ng 


13
geologiya qidiruv ishlari G„arbiy O„zbekistonning Buxoro tektonik 
pog„onasida olib borilgan. 
O„zbekistonda gaz sanoatining tarkib topishi va rivojlanish tarixi 
asosan 1953 yilda Qizilqum cho„lida Setanlantepa hududida birinchi gaz koni 
ochilishi bilan boshlangan. Buxoro viloyatining gaz – neftli hududlarida katta 
hajmdagi ishlar olib borilgan. 1956 yilning 17 oktabrida Gazli maydonidagi 
600 metrlik quduqdan kuchli gaz favvorasi otilib chiqqan. Bu bilan 
O„zbekiston gaz sanoatida yangi davr boshlangan.
Keyinchalik Buxoro-Xiva hududida Sho„rtan, Zevarda, Pomiq, Alan, 
Ko„kdumaloq, Shimoliy O„rtabuloq, Quruq konlari qidirib topilgan va ishga 
tushirildi.
Ustyurt o„lkasida mustaqillik yillarida Urga, Sharqiy Berdax, Uchsoy, 
Surg„il kabi qator gazkondensat konlari topilgan va ulardan ayrimlari ishga 
tushirilgan.
O„zbekistonda neft va gaz sanoatining rivoji va taraqqiyotini 
Respublikamiz mustaqilligi bilan to„g„ridan – to„g„ri bog„lab, shundan 
keyingi yillarda bu sohada erishilgan jiddiy yutuqlar haqida fikr yuritish 
maqsadga muvofiqdir.
O„zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so„ng neft va gaz 
sanoatini rivojlantirish masalasi muhim ishga aylangan. 1992-yilda 23 
dekabrda neft va gaz sanoati hamda u bilan bog„liq barcha korxona va 
tashkilot 
muassasalar 
yagona 
boshqaruvga 
birlashtirilgan 
va 
«O„zbekneftgaz» korporatsiyasi tashkil etildi. 1993 yil Farg„ona botig„ining 
o„ta chuqur qatlamlaridan (Mingbuloq tuzilmasidan) neft otilib chiqgan 
(qidiruv-burg„ilash ishlari davom etmoqda). Respublika neft sanoati halq 
xo„jaligining neftga bo„lgan talablarini to„liq qondirish imkoniyatlariga ega 
bo„lindi. Ayniqsa, Ko„kdumaloq neftgazkondensat koni ochilgandan keyin 
Fransiyaning TEKTER firmasi bilan hamkorlikda Buxoro viloyatining 
Qoravulbozor tumanida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 1996 yilda qurib 
tugallandi. 1997 yilda yuqori sifatli surkov moylari ishlab chiqarishga 


14
ixtisoslashgan O„zbekiston-AQSh “O„z-Teksako” qo„shma korxonasi tashkil 
etildi. 2000 yilda Farg„ona neftni qayta ishlash zavodi to„liq ta‟mirlandi. 
Mazkur zavodda surkov moylari va yonilg„i ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgan bo„lib,30 dan ortiq texnologik moylar ishlab chiqariladi va 
Oltiariq neft zavodi yonilg„i yo„nalishda qayta jihozlandi.
O„zbekiston neftni qayta ishlash zavodlarida yuqori oktanli benzin (shu 
jumladan, B-92 aviabenzin), dizel yonilg„isi, koks, parafin, motor moylariga 
qo„shilmalar, yengil avtomashinalar uchun motor va surkov moylari 
(kompressor, turbina, urchuq moylari) kerosin, bitum, mazut kabi 50 turdan 
ortiq neft mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yangi mahsulot turlarini ishlab 
chiqarishni 
o„zlashtirish dasturiga muvofiq yangi texnologiyalar 
o„zlashtirilmoqda. Keyingi yillarda mamlakatimizda neft (gaz kondensati 
bilan birga) qazib olish hajmi keskin oshirildi. 1991-2003 yillarda 
O„zbekistonda neft va kondensat olish 2,8 marta oshdi (1990 yilda 2,81 mln 
tonna, 1995 yilda 7 mln tonnaga yaqin, 1997 yilda 7,9 mln tonna neft va gaz 
kondensat bilan qazib olindi) va 1995 yilda neft importini tugatilib, 
respublikaning neft mustaqilligini ta‟minlashga imkoniyat yaratildi. 
O„zbekiston neft mustaqilligiga erishgach, chetdan neft va neft mahsulotlari 
tashib keltirishga zarurat qolmadi. 2001 yilning yanvariga kelib 
konservatsiyadagi 13 ta kon qidiruv holatida. 2000 yilda O„zbekiston neft va 
gaz kondensati bilan birga 7,53 mln tonna qazib olindi. Neftni qayta ishlash 
zavodlarida 1,7 mln. tonna benzin, 1,9 mln. tonna dizel yoqilg„isi, 0,4 mln. 
tonna kerosin, 1,7 mln. tonna mazut ishlab chiqarilgan.
Neft qazib chiqarishning ko„payishi, sanoat, transport va qishloq 
xo„jaligining rivojlanishiga olib kelmoqda, shu bilan birga motor yoqilg„isi 
va moylarga, bitum va koksga hamda suyultirilgan gazga bo„lgan ehtiyoj tez 
sur‟atlar bilan o„sdi va neft mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini, ularning 
sifatini yaxshilash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yuzasidan 
respublikaning neft mahsulotlariga bo„lgan extiyojini ichki rezervlar hisobiga 
oshirish, neftni qayta ishlash sanoati oldidagi quvvatlarni oshirish, neftni 


15
qayta ishlash jarayonini tezlashtirish, mahsulot turini ko„paytirish va sifatini 
yaxshilash neft va gazni qayta ishlash hamda neft kimyo sanoati oldiga 
o„lkan vazifalar qo„ymoqda. Respublika neftni qayta ishlash sanoati shu 
ehtiyojlarni hozircha to„la qondirmoqda.
Farg„ona va Oltiariq netfni qayta ishlash zavodlari to„liq quvvat bilan 
ishlamoqda, yiliga 8,6 mln. tonna, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi yiliga 5 
mln. tonna neftni qayta ishlash quvvatiga ega. Yaqin yillar ichida Farg„ona 
NQIZ mavjud quvvatlardan to„la foydalanish hisobiga Markaziy Osiyoni 
moylash materiallari bilan ta‟minlamoqda. Neft bitumi ishlab chiqarish 1,5 
baravar, neftni qayta ishlashni umumiy hajmidagi ikkilamchi jarayonlar 
salmog„i 1,5 baravar, xom ashyoni katalitik krekinglash hajmi ikki baravar 
ko„paydi. Gidrokreking jarayonlari joriy etildi. Umuman O„zbekistonda 
qazib olinayotgan gazning asosiy qismi Muborak gazni qayta ishlash zavodi 
va Sho„rtan gaz kondensati majmuasining oltingugurtdan tozalash 
inshootlarida qaytadan ishlanmoqda. O„zbekistonda tabiiy gaz 12 ming 
km.dan 
ko„proq magistral gaz quvurlari orqali uzatilmoqda va 
taqsimlanmoqda. Respublikaning gaz uzatish tarmog„i MDH mamlakatlarini 
yagona gaz tizimlariga ulangan. O„zbekistonda aholini tabiiy gaz bilan 
ta‟minlashning ishlab chiqilgan dasturi izchil amalga oshirilmoqda. 
О„zbekiston territoriyasida izlov – qidiruv ishlarining natijasida hozirga 
vaqtda 200 tadan kо„p neft va gaz konlari ochilgan hamda ishlatishda 100 tadan 
kо„p konlar bо„lib, shundan 60 tadan kо„pi neft va neftgaz konlaridir. Neft qazib 
olish 1991 – 2010 yillardagi dinamikasi 1.2 – rasmda keltirilgan. 
О„zbekiston territoriyasida izlov – qidiruv ishlarining natijasida hozirga 
vaqtda 200 tadan kо„p neft va gaz konlari ochilgan hamda ishlatishda 100 tadan 
kо„p konlar bо„lib, shundan 60 tadan kо„pi neft va neftgaz konlaridir. Neft qazib 
olish 1991 – 2010 yillardagi dinamikasi 1.1 – rasmda keltirilgan. 


16
1.2-rasm. О„zbekiston Respublikasida neftning qazibchiqarish dinamikasi 
Neft va gaz potensialining istiqboli butun dunyo davlatlarida alternativ neft 
mahsulotlarining energiya manbalarini qidirib topishga yо„naltiilgandir. Atmosfera 
havosining musoffaligini saqlash va Kiot programmasini amalga oshirish uchun 
butun neft va gaz qazib olish va qayta ishlash bilan shug„ulldanuvchi davlatlarda 
mash‟alaga beriladigan yо„ldosh gazlarni utilizatsiya qilish hamda undan suyuq 
uglevodorod yoqilg„ilarini ishlab chiqarish masalasi dolzarb bо„lib qolmoqda. Shu 
jumladan alternativ energetik yoqilg„isi sifatida qо„yosh va shamol energiyasidan 
samarali foydalanish hamda sintetik suyuqlik yoqilg„isini ishlab chiqarish bо„yicha 
Respublikamizda о„lkan ishlarni amalga oshirish bо„yicha qadamlar qо„yildi. 
Respublikamizda neftgaz majmuasi tarmoqlari iqtisodiy va transport 
tuzilmasini energiya manbalarini rivojlantirishda uzoq yillar davomida energiya 
resurslari ta‟minlashda yetakchi bо„lib qolaveradi.

Download 7.63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Download 7.63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‟zbekiston Respublikasi Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi N. N. Maxmudov, T. R. Yuldashev, B. Sh. Akramov

Download 7.63 Mb.
Pdf ko'rish