Qatlam va yer usti sharoitida neftning fizik xossalari




Download 7.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/113
Sana22.12.2023
Hajmi7.63 Mb.
#126439
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   113
Bog'liq
4 - маъруза vitamin, 2. Ta\'limni tashkil etish shakllari. Ma’ruza mavzularini tuzish,, Доклад Мамашарипова Ш.Н.
 
1.7. Qatlam va yer usti sharoitida neftning fizik xossalari 
Neftning va neft gazlarining fizik xossalari hamda uning sifat tavsiflari 
alohida uglevodorodlarniing yoki alohida guruhlarning (fraksiyalarning) tarkibiga 


22
bog„liq bo„ladi. Neftning tarkibida og„ir uglevodorodlar ko„p miqdorda bo„lsa, 
benzin fraksiyalari kam ajralib chiqadi va katta zichlikka ega bo„ladi. 
Neftning zichligi massasini egallab turgan hajmiga nisbatiga teng. 
Amaliyotda neftning 4
0
Sda distillangan suvning zichligiga nisbatan nisbiy 
zichligidan foydalaniladi. Odatda neftning zichligi suvdan yengil, uning zichligi 
750 dan 950 kg/m
3
gacha bo„ladi. Neftning zichligi 900 kg/m
3
dan kichik bo„lsa 
yengil, katta bo„lganda – og„ir neft deb ataladi. Ko„rsatib o„tish kerakki, harorat 
ko„tarilganda neftning zichligi kamayadi va undagi erigan gazlarning miqdori 
oshadi. 
Shunday qilib, gazga to„yingan qatlam neftining zichligi gazsizlantirilgan 
gazning zichligidan kichik bo„ladi, gaz qanchalik olinsa shunchalik farq katta 
bo„ladi. 
Neftning zichligini aniqlashda areometrlardan (densimetrlar), piknometrlar 
va maxsus asboblardan (Vestfal tarozisidan) foydalaniladi. 
Tashigshda transport vositalarini loyihalashtirishda va ishlatishda uning 
qovushqoqligi asosiy fizik xossalaridan biri hisoblanadi. Zarrachalar bir - biriga
nisbatan harakatlanganda qarshilik ko„rsatish xossasiga qovushqoqlik deb ataladi. 
Neftning qovushqoqligi dinamik µ (Pa∙s) va kinematikka ν (m
2
/s) bo„linadi.
Neftning qovushqoqligi odatda 1Pa∙s, shuning uchun ixtiyoriy birliklar 
(mPa∙s) yoki birliklar sistemasidan tashqari qovushqoqlik stoksda: 1 St  10
-4
m
2
/s 
foydalaniladi. 
Kinematik qovushqoqlik dinamik qovshqoqlikni uning zizligiga nisbatidan 
aniqlanadi: 




(1.1) 
Harorat ko„tarilganda neftning qovushqoqligi pasayadi, bosim oshganda esa 
ko„tariladi. Yuqori molekulali uglevodorodlar qovushqoqlik qiymatini oshiradi
shuning uchun yengil neftning qovushqoqligi og„ir neftnikidan kichik bo„ladi. 
Qatlam sharoitidagi neftning qovushqoqligi gazsizlantirilgan neftnikidan kichik 
bo„ladi. 
Neftning qovushqoqligini o„lchashda kapillyar viskozimetr va rotatsion 
turdagi maxsus asboblardan foydalaniladi. Birinchi holatda kalibrovkali teshik 


23
orqali vaqt bo„yicha oqib o„tadigan neftni suvga nisbatan oqib o„tish nisbatlari 
orqali aniqlanadi. Rotatsion viskozimetrlar orqali neftni qarshiligini o„lchash oraliq 
tirqishlarning neft bilan to„ldirilgan ikkita koaksial silindrlarini bir-biriga nisbatan 
aylanish qarshiligi bo„yicha aniqlanadi. 
Qatlam sharoitida neftda hamma vaqt erigan gaz mavjud bo„ladi, ba‟zida 
1000 m
3
/t (o„rtacha 100 m
3
/t)gacha bo„ladi. Neftda gazning erish xususiyati 
eruvchanlik koeffitsiyenti kattaligini tavsiflaydi yoki gaz omili deyiladi. Gaz omili 
deganda atmosfera bosimiga keltirilganda 1 t neftdan ajraladigan yoki uni tarkibida 
eriydigan gaz hajmi tushuniladi. 
Neftli gazning komponentlari neftda har xil eruvchanlikka ega bo„ladi. 
Malekulyar massa oshganda gazlarning eruvchanlik koeffitsiyenti o„sadi. Shunday 
qilib, etanning eruvchanligi besh marta metandan, 20 marta propandan katta. 
Harorat oshirilganda eruvchanlik kamayadi. 
Amaliyotda ko„pincha gazlarning eruvchanligiga nisbatan neftning 
tarkibidan gazni ajralish holatlari bilan to„qnash kelinadi. Erigan gazlarning 
birinchi po„fakchalarini ajralib chiqishini boshlanishiga – to„yinish bosimi deb 
ataladi. To„yinish bosimi R
t
qatlam nefti bilan gazni termodinamik muvozanatini 
tavsiflaydi. Neft qatlamda to„yinish bosimidan yuqori bosimda joylashganda 
to„yinmagan deyiladi. Bosim R

ning qiymati uglevodorod gazlariga hamda 
nouglevodorod gazlari masalan, neftda juda past eriydigan azot gazlariga bog„liq 
bo„ladi. Qatlamdagi bosimning qiymati R

dan past bo„lganda neftda hamma gazlar 
erimaydi, uning bir qismi qatlamning ko„tarilgan (do„ppi) qismini egallaydi va gaz 
do„ppisini hosil qiladi. Neftning tarkibidan erigan gazning ajralish jarayoni 
quduqning stvoli bo„ylab harakatlanganda hamda neft gaz quvur uzatmalarida va 
tovar neftini tayyorlashda ajratish pog„onasining eng so„nggi bosqichida sodir 
bo„ladi.
To„yinish bosimi tovar neftning to„yingan bug„ bosimi bilan bir xil nisbatda 
bo„lmaydi. Bunda gaz va suyuqlik fazasi fazalarning belgilangan nisbatida 
termodinamik muvozanatda bo„ladi. 
Neftning elektrik xossasi tarkibida suvning mavjudligiga va minerallashgan 
darajasiga bog„liq hamda toza uglevodorodlar elektr o„tkazmaydigan hisoblanadi 
va yuqori qarshilik ko„rsatish xususiyatiga ega bo„ladi. Neftni elektr zaryadlarini 


24
to„plash xususiyatidan foydalanib, tok o„tkazuvchi jihozlarning elementlarini yerga 
ulash mumkin. 

Download 7.63 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   113




Download 7.63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Qatlam va yer usti sharoitida neftning fizik xossalari

Download 7.63 Mb.
Pdf ko'rish