Tabiiy gazni qatlam va yer usti sharoitlaridagi tarkibi




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/113
Sana22.12.2023
Hajmi7,63 Mb.
#126439
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   113
 
1.8. Tabiiy gazni qatlam va yer usti sharoitlaridagi tarkibi
va fizik xossalari 
Tabiiy gaz konlari qatlam mahsulotining tarkibiga bog„liq holda shartli gaz 
va gazkondensat konlariga bo„linadi.
Gaz konlarining mahsulotlarini magistral gaz uzatmalariga berishdan oldin 
ular qo„shimcha ravishda qayta ishlanadi. Bunday holatda gazning tarkibidan 
namlik, talab qilinganda – nordon komponentlar ajratib olinadi. 
Gazkondensat konlarining mahsulotlari qayta ishlashga beriladi va uning 
tarkibidan pentan va undan yuqori uglevodorodlar ajratib olinadi. Bu mahsulotni 
qayta 
ishlash 
sxemasiga 
hamda 
konni 
ishlatishning 
texnik-iqtisodiy 
ko„rsatgichlariga ta‟sir qiladi. 
Tabiiy gazning asosiy komponenti – 98%i metandan iboratdir. Tabiiy 
gazning katta miqdordagi tarkibini etan, propan, butan, pentan va og„ir 
uglevodorodlar tashkil qiladi. Gazning tarkibida hamma vaqt suv bug„lari, azot, 
oltingugurt, uglerod ikki oksidi va geliy komponentlari bo„ladi. 
Tabiiy gaz va kondensatning tarkibida oltingugurt bilan bir qatorda 
oltingugurt birikmalari ham uchrayda hamda ular faol va passiv guruhlarga 
bo„linadi. 
Faol birikmalarga suvchil oltingugurt, elementar oltinguggurt, oltingugurt 
angidriti, merkaptinlar kiradi. Passiv birikmalarga-sulfidlar, disulfidlar, tiofen va 
tiofanlar kiradi. Oltingugurt birikmalaridan eng faoli oltingugurt bo„lib, metallarda 
korroziya sulfidlarini hosil qiladi. Gazning tarkibida namlik mavjud bo„lganda 
oltingugurtni korroziyali ta‟sir qilishini va boshqa nordon komponentlarni 
kuchaytiradi.
Gazning xossasi - tarkibiga kiruvchi ayrim komponentlarni xossalari orqali 
aniqlanadi. 
Metan oddiy sharoitda haqiqiy gaz holida bo„ladi. Propan va butan oddiy 
sharoitda gaz holida bo„ladi, uning kritik parametrlari juda yuqoridir. 


25
Uglevodorodlar izopentandan va undan yuqori bo„lganda normal sharoitda
(0,1 MPa bosimda va 0 
o
S haroratda) suyuqlik holatida bo„ladi. Gazning tarkibida 
namlik 
tomchi 
ko„rinishida bo„ladi. Yengil yoki og„ir uglevodorod 
komponentlarning mavjudligiga bog„liq holda gazlar ikki guruhga ajratiladi: quruq 
va yog„li. 
Quruq gazning tarkibida og„ir uglevodorodlar juda kam miqdorda yoki 
umuman bo„lmaydi, shu bilan birga yog„li gazning tarkibida ular katta qiymatga 
ega bo„ladi, ya‟ni undan suyultirilgan gazlarni yoki kondensatni (gazli benzinni) 
olish mumkin. Amaliyotda gazning 1m

tarkibida 60 grammdan kam gaz benzini 
bo„lsa - quruq gaz, 60-70 grammdan ko„p bo„lganda – yog„li gaz deyiladi. 
Uglevodorod gazining tarkibida suvning mavjudligi uni qatlam bilan 
tutashuvda ekanligini ko„rsatadi. Qazib olinadigan gazning tarkibidagi suvning 
miqdori bosimga va haroratga hamda gazning tarkibiga va suvning 
minerallashuviga bog„liq ekanligini ko„rsatadi. 
Gaz muvozanatlilik va nisbiy namlik sig„imiga ega ekanligi bo„yicha 
ajratiladi. Gazning maksimal miqdori gazning aniq tarkibida g„ovakli fazasida 
joylashadi va shudring nuqtasini tavsiflovchi muvozanatli namlik sig„imiga mos 
keladi.
Nisbiy namlik sig„imi deb, birlik gazning hajmidagi haqiqiy tarkibdagi suv 
bug„larining miqdorini xuddi shunday sharoitdagi gazning namlik sig„imining 
muvozanatdagi qiymatini nisbatiga aytiladi. 
Gazdagi suvning miqdorini aniq topish gazni tashishga tayyorlash 
qurilmasini texnik –iqtisodiy ko„rsatgichlarini aniqlashda ilmiy-amaliy ahamiyatga 
egadir. Bundan tashqari tashiladigan gazning tarkibida bug„ fazasidagi suvning 
mavjudligi gaz tashish tizimining normal ishlatish sharoiti uchun muhim 
hisoblanadi. 
Gazning fizik xossasiga uning nisbiy zichligi kiradi va u shunday kattalikki, 
belgilangan gazning massasini qanday qiymatda normal sharoitda quruq havoning 
og„irligiga nisbatan katta yoki kichik ekanligini ko„rsatadi. Ko„pgina uglevodorod 
gazlarining zichligi havoning zichligidan yuqori bo„lganligi uchun ular nasos 
stansiyasi binolarida va quduqlarda to„planadi. Bunday holat kon xo„jaligi tizimini 
qurish davrida hisobga olinadi. 


26
Uglevodorodlar aniq nisbatlarda havo bilan portlovchi aralashmani hosil 
qiladi va uchqun bilan to„qnashganda portlashi mumkin. Portlash kuchi 
kislorodning tarkibi uglevodorodlarni to„liq yonish chegarasiga yetganda juda 
kuchli quvvatga ega bo„ladi. Portlanuvchanlikning yuqori va pastki chegaralari 
mavjud bo„ladi va uglevodorod bilan havoning aralashmasini minimal va 
maksimal konsentratsiyasiga mos keladi. Bosimning ko„rsatgichi oshirilganda 
alangalanishning pastki chegarasiga ta‟sir qilmaydi, uning yuqori chegarasini 
kuchaytiradi. Alangalanish chegarasi inert gazlarning konsentratsiyasi oshirilganda 
tizimda kuchayadi. 
Tabiiy gaz va neft gazlari har xil moddalarning aralashmasi hisoblanadi
holatni o„zgarish qonunidan u tomonga yoki boshqa tomonga og„adi. 
Siqiluvchanlikni og„ish darajasini aniqlash uchun siqiluvchanlik koeffitsiyenti Z
va 
Klayperon 
tenglamasi 
ko„rinishidagi umumlashgan gaz qonunidan 
foydalaniladi:
PV = ZMRT (1.2) 
bu yerda: – bosim; V – gazning hajmi; M – gazning massasi;. R – gaz 
doimiyligi; T – harorat. Z – ning qiymati 0,3 dan 0,1 chegarasida o„zgaradi. Z
koeffitsiyenti yordamida har xil sharoitlardagi gazning hajmi aniqlanadi: 
P
ZT
V
V
1
273
0

(1.3) 
bu yerda: V

– normal sharoitdagi gazning hajmi. 
Q gazni issiqlikdan yonishi deb 1 kg yonilg„i to„liq yonganda ajralib chiqadigan 
issiqlik miqdoriga aytiladi. Neftli gazlarning yonish issiqligi katta chegarada 
bo„ladi va 12∙ 10

dan 48 ∙10

Dj/kg tengdir. 
Bundan tashqari neft va tabiiy gaz qator issiqlik fizik xossalarga, issiqlik 
sig„imdorligi, elektrzatsiyalanish xossalariga ega.

Download 7,63 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   113




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Tabiiy gazni qatlam va yer usti sharoitlaridagi tarkibi

Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish