32
Davlat standart tizimi quyidagi kategoriyalarga bo„linadi: neft mahslotlari
davlat standarti (GOST), tarmoq standarti (OST), respublika standarti (RST),
korxona standarti (GTP), texnik shartlar (TU).
Davlat standartining majburiyatlariga neft va
neft mahsulotlarini tashish
tashkilotlari hamda korxonalar to„liq rioya qilishlari shartdir. Bu hujjatlarda eng
muhim ishlatish xossalari, chegaraviy qiymatlarni o„zgarmas qiymatlari,
spetsifik
tayinlanishlar va foydalanish shartlarining fizik-kimyoviy shakllanishlarining
ruyxatlari o„rnatiladi.
Neft va neft mahsulotlarining sifati deganda ularni tayinlanishiga yaroqligini
ta‟minlab beradigan umumiy xossalarga aytiladi. Xossalar ikkita asosiy
guruhlarga ajratiladi: fizik-kimyoviy va ishlatish (texnologik).
Neftning va neft mahsulotining asosiy holatini tavsiflovchi xossalari va
tarkibi (zichlik, qavushqoqlik, fraksiya tarkibi).
Ishlatish xossalari neft
mahsulotlarini belgilangan sohada qo„llanilish samaradorligini aniqlaydi. Neft
mahsulotlarini ba‟zi bir xossalari eng sodda fizik-kimyoviy xossalar yordamida
baholanadi. Yuqorida keltirilgan fizik-kimyoviy xossalarni moddalarning eng
sodda xossasi orqali aniqlash mumkin.
Neft va neft mahsulotlari ko„pincha amaliyotda sifat sathi bilan baholanadi.
Optimal sathiga - iste‟molchilarning talablarini to„liq qoniqtirish orqali erishiladi.
Sifat sathi har bir xossaning sathiga va xossalarning ahamiyati bog„liqdir.
Mahsulot xossasining sifatini tashkil etuvchi bir yoki bir nechta miqdoriy tavsiflar
– uning sifat ko„rsatgichini aniqlaydi. Neftni qayta ishlash zavodlaridagi neftning
sifatini qoniqtiruvchi talab davlat standarti talablariga mos kelishi kerak va
ularning ko„rsatgichlari 2.1 –jadvalda keltirilgan.
2. 1-jadval
Tovar neftining sifat ko„rsatgichlari
Ko„rsatgichlar
Neftning guruhi
I
II
III
Suvning tarkibi
<0,5
<1
<1
Xlor tuzining tarkibi, mg/l
<100
<300
<800
Mexanik
aralashmalarning
tarkibi,
%,katta emas
<0,05
<0,05
<0,05
To„yingan bug„ bosimi, Pa, katta emas
<66650
<66650
<66650
33
Neftning xossasini sifati va tahlili hamda baholash usullarining ko„pchiligi
tayinlanishi bo„yicha standartlashtirilgan.
Ular qabul qilish –
topshirish, nazorat,
to„liq, arbitraj va maxsus turlarga bo„linadi.
Qabulga topshirish tahlili- ishlab chiqarish, olib kelingan yoki tushirilgan
neft mahsulotlarini sifat ko„rsatgichlarini ishlab chiqarilishiga mosligini o„rnatish
uchun keltiriladi.
Nazorat tahlili- neft mahsulotlarini saqlash yoki tayyorlash
jarayonida amalga oshiriladi.
To‘liq tahlil- zavoddan ortilgan partiya mahsulotlari
uchun asosiy ishlatish xossalari bo„yicha sifat bahosini berishda qo„llaniladi.
Arbitraj tahlili- ishlab chiqaruvchi bilan iste‟molchi o„rtasida
har xil
kelishmovchiliklar paydo bo„lganda shu mahsulotni ishlab chiqargan bosh
tashkilot tomonidan yoki boshqa bog„liq bo„lmagan betaraf laboratoriya
tomonidan bajariladi. Maxsus tahlil neft mahsulotlari guruhining kichik guruhi
tomonidan olib boriladi. Masalan, neftni
fraksion tarkibini aniqlash, yog„ning
barqarorligini tekshirish va h.k.
66650>66650>66650>800>300>100>1>1>