Neftni yig‟ish, tashish va tayyorlash tizimi




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/113
Sana22.12.2023
Hajmi7,63 Mb.
#126439
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   113
2.3. Neftni yig‟ish, tashish va tayyorlash tizimi 
Neft va gaz konlarining yig‟ish, tashish va tayyorlash tizimlarida quyidagi 
jarayonlar amalga oshiriladi:
- Neft va gazni quduqlardan yig‟ish va otma tizim orqali GO‟Q ga etkazish;
- GO‟Q da neft va gazni debitini o‟lchash;
- neftdan gazni ajratish;
- Neft va gazni neft uzatmalari orqali SKSga yoki MYP (markaziy yig‟uv 
punkti) gacha tashish;
- neftni suvsizlantirish, tuzsizlantirish, barqarorlashtirish;
- gazning tarkibidagi keraksiz aralashmalarni tozalash;
- Neft va gazni hisoblash, neft uzatma boshqarmasiga topshirish, undan 
keyin esa NQIZ larga etkazish.
Mahalliy sharoitlarga, mahalliy rel‟efga, neft va gazni qazib olish hajmiga va 
shu kabilarga bog‟liq holda neftni yig‟ish, tashish va tayyorlash tizimini 
o‟zgartirish mumkin bo‟ladi. Kon sharoitida neftni yig‟ish, tashish va tayyorlash 
jarayonining universal tizimi mavjud emas.


34
Neftni va gazni yig‟ish va tashishda oxirgi yillarda ikki quvurli o‟zi oquvchi 
germetik bo‟lmagan tizimidan foydalanilmoqda.
Neftdan gazni ajratish uchun har bir quduqqa ajratgich (seperator) 
o‟rnatiladi. Neft ajratgichdan keyin metall sig‟imli idishga (11†16 m
3
) to‟planadi, 
2-3 metr balandlikdagi asosi metalldan bo‟lgan quduq ustiga yaqin masofada 
o‟rnatiladi va uning yordamida neft debitini o‟lchash amalga oshiriladi. Neft 
to‟planadigan idish balandlikda joylashtirilganligi uchun uning hisobiga neft o‟z 
oqimi bilan MYP ga oqib kelib to‟planadi.
Ajratgich yordamida neftning tarkibidan ajratib olingan yo‟ldosh gazlar o‟z 
bosimi ostida bosimni taqsimlagich orqali gaz uzatmasiga to‟planadi va undan 
keyin esa GQIZ lariga yoki iste‟mol punktlariga beriladi.
2.2-rasm. Neftni yig‟ishda o‟zi oqar tizimining individual o‟lchov qurilmasi 
sxemasi. 
1-o‟lchov 
seperatori; 
2-o‟lchagich; 
3-bajaruvchi 
mexanizmli 
po‟kkak;
4-himoyalovchi klapan; 5-bosimni rostlagich; 6-otma tizimdan parafinni chiqish 
yo‟lini bekitgich; 7-o‟zi oqar otma tizim. 
Neft konlarida asosan bir quvurli yig‟ish tizimi qo‟llaniladi va quduqning 
mahsuloti otma chiziq orqali guruhli o‟lchov qurilmasiga kirib keladi (GO‟Q).
GO‟Qda alohida quduqning debiti o‟lchanadi, keyin esa neft gazga toyingan 
holatda quvur uzatma orqali (nefti ajratilmagan) markaziy yig‟uv punktiga (MYP) 
yo‟naltiriladi. 


35
2.3 - rasm.Neftni va gazni yig‟ish va tayyorlash tizimining GO‟Q- guruhni 
o‟lchash qurilmasi 
2.4 - rasm. Guruhli o‟lchash qurilmasida debitni o‟lchashning prinsipial sxemasi: 
1-yig‟ish kollektori; 2-ishchi taroq; 3-ishchi gaz ajratgich; 4-otma kollektor; 5-
siquv nasosi; 6-gaz uzatma; 7-uch qadamli klapan; 8-o‟lchovchi kollektor; 9-
o‟lchovchi gaz ajratgich; 10-debit o‟lchagich. 
Bir quvurli tizim bilan ikki quvurli tizim ham qo‟llaniladi hamda GO‟Qsidan 
keyin neft siquv nasos stansiyasiga (SNS) kirib keladi va bu yerda neft birinchi 


36
bosqichdagi ajratish (neftning tarkibidan asosiy gaz miqdori ajratiladi) amalga 
oshiriladi. Undan keyin neft SNS orqali MYPga haydaladi va u yerdan gaz 
ajratgichdagi bosimning hisobiga SNSdan (odatda 0,6-0,8 MPa) alohida quvur 
orqali MYPga yo‟naltiriladi, keyin esa uzoqqa tashishga tayyorlanadi. Quduq 
mahsulotlarini yig‟ishning ikki quvurli tizimi neft konining maydoni katta 
bo‟lganda qo‟llaniladi. Bunda quduqning bosimi mahsulotni MYPgacha etkazish 
uchun etarli bo‟ladi.
Neft va gazni yig‟ish va tashishda o‟z oqimidan foydalanish tizimining 
quyidagi kamchiliklari mavjud:
- konlarni jihozlashda metall sarfini kattaligi;
- neft va gazning yengil fraksiyalarining metall idishlarda ko‟p bo‟g‟lanib 
ketishi;
- o‟zi oquvchi neft uzatmalarida gaz tiqinlarining paydo bo‟lishi va buning 
hisobiga neft o‟lchagichlar orqali oqib chiqib atmosfera muhitini ifloslantirishi 
mumkin.
Yuqoridagilarni va amaldagi boshqa kamchiliklarni hisobga olib, neft va 
gazni yig‟ish, tashish va tozalashni yangi qurilmasi yaratilgan. Bu qurilma yengil 
fraksiyalarning ortiqcha bug‟lanib yo‟qolishiga, neftni atmosfera bilan tutashuviga 
yo‟l qoymaydi hamda neftni gazdan, suvdan va mexanik aralashmalardan to‟liq 
tozalaydi va metall sarfini kamaytirishni ta‟minlaydi. Bu qurilma neft va gazni 
yig‟ish, tashish va tayyorlash, neftni yig‟ish punktlaridagi SKS da gazni ko‟p 
pog‟onali ajratishning yopiq tizimiga asoslangandir. Suyuqlik yopiq tizimda (neft, 
suv va gaz bilan) quduqdan chiqib quduq ustidagi bosim ta‟sirida (0,8 MPa dan 1,0 
MPa gacha) otma tizim orqali GO‟Q-ga to‟planadi va u yerda quduqdan keladigan 
neftning debiti o‟lchanadi. Neft GO‟Qdan neft yig‟uv kollektorlariga yo‟naltiriladi. 
2.5-rasmda konlarda neft va gazni yig‟ish sxemasi keltirilgan. Bu sxema standart 
hisoblanmaydi, ya‟ni neftni tayyorlash aniq kon sharoitlariga bog‟liq holda va 
konni ishlatish shartiga muvofiq ravishda o‟zgartirilishi mumkin.


37
2.5 - rasm. Neft va gazni konlarda yig‟ish va tayyorlashni bosimli (naporli) tizimi: 
1-neft uzatmalar; 2-gaz uzatmalar; 3-oqova suv quvurining uzatmalari; 4-yig‟uv 
tizimining texnologik elementlarining shartli chegaralari; 5-oxirgi ajratgich 
qurilmasi; 6-NTQ; 7-rezervuarlar; 8-magistral gaz uzatma; 9-gaz kompressor 
stansiyasi; 10-suvni tayyorlash qurilmasi; 11-qayta ishlash zavodi.
Neft markaziy yig‟uv kollektorlari orqali markaziy yig‟uv punktida 
joylashgan 1-chi pog‟onaga tozalashga yo‟naltiriladi. MYP territoriyasida NTQ 
joylashgan. MYPda gazni tozalashda (uch yoki to‟rt pog‟onada), neftni 
suvsizlantirish, tuzsizlantirish va barqarorlashtirish amalga oshiriladi. 
Neft quduqdan (1) otma tizim orqali GO‟Qga (2) yo‟naltiriladi, u yerda har 
bir quduqning debitini o‟lchash amalga oshiriladi. Neftning debiti o‟lchangandan 
keyin quduqlarning mahsuloti aylansa, quvur uzatma orqali GO‟Qga va yig‟uv 
kollektorlariga yo‟naltiriladi. Undan keyin neft va gaz tozalash uchun MYPga (3) 
yoki SKSga (3) yo‟naltiriladi.
SKS–maydoni katta bo‟lgan konlarda quriladi, chunki kichik konlarda 
quduq usti bosimi MYPgacha neft va gazni tashishni ta‟minlay olmaydi. Eng 
oxirgi tozalash qurilmasi esa MYPga (5) o‟rnatiladi. Bu yerda neftning tarkibidan 
yo‟ldosh gazlar atmosfera bosimiga yaqin bosimda tozalagichlardan o‟tkaziladi.
Neft eng oxirgi tozalagichdan keyin neft tayyorlash qurilmasiga (6) 
to‟planadi va undan keyin rezervuarlarga (7) kirib keladi. Rezervuarlarda neft 
o‟lchanadi va NQOT (neft qazib oluvchi tashkilotlar) tomonidan kerakli tartibda 
hujjatlashtirilgandan so‟ng, nasos yordamida neft uzatma boshqarmasi 
territoriyasidan magistral uzatmalar va NQIZga haydaladi.


38
Agar neft yuqori gaz omiliga ega bo‟lsa, gaz tozalash qurilmasidan (9) keyin 
kompressor qurilmasining qabul punktiga to‟planadi. Gaz kompressor yordamida 
neftni qayta ishlash zavodiga (11) yoki magistral gaz uzatmasiga, undan keyin esa 
iste‟mol punktigacha haydaladi.
Ajratib olingan suv tindirgichlar, neft tayyorlash qurilmasi va tik po‟lat 
rezervuarlardan drenaj tizimlari boyicha yig‟iladi hamda suvni tayyorlash 
qurilmasida (10) to‟planadi. Tayyorlash qurilmasida neft suv-neft pardalaridan va 
mexanik aralashmalardan tozalangandan keyin oxirgi nasos stansiyasiga jo‟natiladi 
hamda haydovchi quduqlarga haydaladi.
Neft quduqdan yer ustiga suv bilan birgalikda to‟planadi. Ma‟lumki, neft 
suvda erimaydi. Lekin neft va suv aralashmalarining quduq tubidan to MYPgacha 
quduqlar orqali harakatlanish jarayonida o‟zaro aralashib, barqaror emul‟siya hosil 
qiladi. Bu emul‟siyalar “suvda neft” yoki “neftda suv” emul‟siyalari ko‟rinishida 
hosil bo‟ladi.
Ko‟p holatlarda suv emul‟siyali mayda zarrachalar ko‟rinishida neft bilan 
qoplangan holda bo‟ladi. Bu emul‟siya barqaror bo‟lganligi uchun neftni tindirish 
yo‟li bilan suvni ajratib bo‟lmaydi. Suvni neftdan ajratib olish jarayoniga 
suvsizlantirish deyiladi. Suvsizlantirilganda neftning tarkibidan 1-1,5 % miqdorida 
suv chiqadi.
Neft to‟liq tuzsizlantirish davrida ham uning tarkibidan 0,01 % gacha suv 
ajralib chiqadi. Tuzsizlantirish jarayonida neftdan tuzlar to‟liq ajratiladi. Neftning 
tarkibidan tuzni chiqarib yuborish uchun neft chuchuk suvli qatlamdan o‟tkaziladi. 
Bu jarayon davrida neftning tarkibidagi tuzlar chuchuk suv bilan reaksiyaga 
kirishib, birgalikda chiqib ketadi. Kon amaliyotida neftli emul‟siyalarni parchalash 
uchun neft 50-70 
o
S gacha qizdiriladi va unga kimyoviy reagentlar sifatida 
deemul‟gatorlar qo‟shiladi.
Kon quduqlaridan MYPga to‟plangan xom-ashyo neft quvurlar yoki ba‟zi 
hollarda avtosisternalarda (neft koni uzoq bo‟lsa) MYP da joylashgan NTQga olib 
kelinadi va qabul qilish idishlari (rezervuarlarga)ga qoyib olinadi. Rezervuarlardan 
neft xom-ashyosining zichligini va suv miqdorini aniqlash uchun namuna olinadi. 
Undan keyin neft nasoslar yordamida xom-ashyo bosim ostida yozgi mavsumda 
25-30 
o
S, qishki mavsumda esa 15-20 
o
S haroratlarda isitish pechlariga haydaladi.


39
Neftdan suvni ajratish uchun quvur o‟tkazgichning isitish pechlariga kirish 
joyida mahsulot oqimiga nasos-dozator yordamida deemul‟gator purkaladi. 
Deemul‟gatorlarning emul‟siyani parchalash samaradorligini oshirish uchun 
maqbul harorat 70-80 
o
S bo‟lishi zarur. Shuning uchun pechdagi mahsulot quvur 
orqali harakatlanishi davomida atrofidagi aylanuvchi issiq suv yordamida isitiladi 
va pech ichida 100-110 
o
S haroratda ushlab turiladi. 75-85 
o
S haroratgacha isitilgan 
xom neft quvur o‟tkazgich orqali texnologik rezervuarlarga yuboriladi va 
tindiriladi.
Tindirish jarayonida ajralib chiqqan suv idishlardan chiqarib tashlanadi va 
bosim ostidagi oqova stansiyasiga (BOS) yuboriladi, u yerda sig‟im idishlarida 
yig‟iladi va keyin tozalash qurilmalariga yuboriladi.
Tovar neftning ostidagi suv chiqarib tashlangandan so‟ng, neftning 
tarkibidagi suvning miqdorini aniqlash uchun, rezervuarning quyi sathidan 
mahsulot namunasi olinadi. Agar neft tarkibidagi suv miqdori GOST 9965, TSh 
39.0-176 boyicha meyorga muvofiq bo‟lsa, neftni tayyorlash jarayoni tugagan 
hisoblanadi. Neftda ortiqcha suv miqdori aniqlangan holatda tindirish jarayoni suv 
to‟liq ajralib chiqquncha davom ettiriladi. Ijobiy natija olingandan keyin neftni 
temir yo‟l sisternalarga qoyish va iste‟molchiga jo‟natish uchun neft qoyish 
estakadasiga haydaladi. 
Neftni suvsizlantirish va tuzsizlantirish uchun uning 1 tonnasiga 40 
grammdan 120 grammgacha deemul‟gatorlar qo‟shiladi. Deemul‟gator neft 
emul‟siyasi bilan aralashib, emul‟siyani ikkita fazasini ham ajratib, fazani ichiga 
erkin holda kiradi, neft-suv chegarasida sirt tortishish kuchlarini pasaytiradi, 
emul‟siya neft va suvga parchalanadi. Issiqlik hisobiga emul‟siyani qovushqoqligi 
pasayadi, suv tomchilar bir-biri va deemul‟gatorlar bilan birikadi, natijada suv 
neftdan ajraladi va rezervuarlarning tub qismiga cho‟kadi.
Emul‟gatorli qo‟shimchalar sifatida OP-10 etilen oksidi asosida 
tayyorlangan diproksomin, noionogenli SFM (sirt faol moddalar) qo‟llaniladi. 
So‟nggi yillarda NTQda neft emul‟siyasini suvsizlantirishda K-1 markadagi yoki 
unga o‟xshash tavsifli boshqa markadagi deemul‟gator ishlatiladi. K-1 
deemul‟gatorining texnik tavsifi 2.2-jadvalda keltirilgan.


40
2.2- jadval
K-1 deemul‟gatorining texnik tavsifi 
№ 
Ko‟rsatgich nomi 
O‟lchov birligi 
Texnik shartlar 
boyicha meyor 

Agregat holati

suyuq 

Tashqi ko‟rinishi

och-sariq 

Zichligi, 20 
o
S da
g/sm
3
0,9-1,05 

Oquvchanlik harorati
o

minus 10 

Chaqnash harorati
o

45 dan yuqori 
Bundan tashqari emul‟siyalar elektr usulida ham parchalanadi. Elektr 
usulida har xil ishorali elektr zarralari har bir tomchi suvning qarama-qarshi 
tomonlarida paydo bo‟ladi. Bunday tomchilarni oralig‟ida tortishish kuchi paydo 
bo‟ladi, neft pardalarini parchalaydi. Metall idishdagi neft emul‟siyasini parchalash 
uchun elektrod kirgiziladi, elektr tokidan foydalaniladi. Neft metall idish 
devorlaridan izolyasiya qilingan bo‟ladi va unga bir necha ming vol‟tli tok 
kuchlanishi uzatiladi. Metall idishning devorlari ikkinchi elektrod hisoblanadi.
Elektrodlar oralig‟i orqali emul‟siya o‟tkazilganda unga yuqori kuchlanishli 
tok beriladi. Yuqori kuchlanishli tok ta‟sirida emul‟siya parchalanadi, neft 
tomchilari bir-biri bilan birikib, yirik zarrachalarni hosil qiladi va suv esa og‟irlik 
massasi ta‟sirida idishning tub qismiga cho‟kadi.
Konlarda neft NKTQ (neftni kompleks tayyorlash qurilmasida)da 
suvsizlantirish, tuzsizlantirish va gazsizlantirishni amalga oshirishga kompleks 
tayyorlash jarayoni deb ataladi. Neftning tarkibidagi mexanik aralashmalar 
ajratgichlar orqali ajratiladi va ularning og‟irliklari farqi hisobiga cho‟ktiriladi.
Neftni kon sharoitida tayyorlashda uni barqarorlashtirish amalga oshiriladi. 
Neftni barqarorlashtirish deganda uning tarkibidan qoldiq yengil uglevodorodlar 
(metan, etan va boshqalar) chiqarib yuborish tushiniladi.
Neftni barqarorlashtirish jarayoni issiqlik ta‟sirida maxsus barqarorlashtirish 
qurilmasida amalga oshiriladi. Bunda neft qizdiriladi va tozalagichga uzatiladi. 
Neft 50†80
0
Sgacha qizdirilib, tozalagichga uzatilganda uning tarkibidagi yengil 
fraksiyali uglevodorodlar bug‟lanadi, sovutish qurilmasidan o‟tkaziladi va benzin 
ajratgichli kompressor yordamida yig‟uvchi gaz uzatmaga beriladi. Benzin 


41
ajratgichda og‟ir uglevodorodlarning kondensasiyasi hisobiga neftning tarkibidagi 
yengil fraksiyalar qo‟shimcha holda ajratiladi.
Neftni kompleks tayyorlash qurilmasida tarkibidan ajralib chiqqan oqova 
suvlarni mahsuldor qatlamlarga haydashdan oldin mexanik aralashmalardan, temir 
oksidi gidratlaridan tozalanadi. Neftni mexanik aralashmalardan tozalashda yopiq 
(germetiklangan) tizimdagi quyidagi uchta usuldan foydalaniladi:
a) tindirish;
b) filtrlash;
d) flotasiya (foydali qazilmalarni va rudani boyitish usuli).
Tindirish usuli mexanik aralashmadagi qattiq zarrachalarni og‟irlik kuchi 
(gravitasiyali) ta‟sirida ajratishga asoslangan bo‟lib, neft va suvning zarrachalari 
tindirgich yoki rezervuarda cho‟ktiriladi.
Filtrasiya usulida ifloslangan qatlam suvlari gidrofobli filtrlovchi qatlam 
orqali o‟tkaziladi. Bunda suv erkin holda filtrlanadi, neft tomchilari va mexanik 
aralashmalarni zarrachalari filtrlovchi qatlamda ushlanib qoladi.
Flotasiya usulida gaz pufakchalari ifloslangan suvli qatlamni pastki 
qismidan yuqori qismiga o‟tib, qattiq zarrachalar va neft tomchilarining sirt 
yuzalariga o‟tiradi hamda gazlarni sirt yuzasiga suzib chiqishini ta‟minlaydi.

Download 7,63 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   113




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Neftni yig‟ish, tashish va tayyorlash tizimi

Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish