47
quvur uzatmalar orqali yuqoriga harakatlanganda о„zaro
bir-biri bilan aralashib
dispergatsiya (tarqalishi, yoyilishi) bо„ladi va natijada emulsiya hosil bо„ladi.
Bunda suv neft emulsiyasining paydo bо„lishi kо„p jihatdan neftni qazib olish
usullariga va neft konlarini ishlatish sharoitiga bog„liq bо„ladi. Emulsiyaning
barqarorligi neftning fizik-mexanik xossasiga,
mexanik aralashmalarning
mavjudligiga, aralashmaning haroratiga, emulsiyaning paydo bо„lish muddatiga va
boshqa omillarga bog„liq bо„ladi. Neftning tarkibidagi yо„ldosh (erigan) gazning
mavjudligi ham mustahkam emulsiyani paydo bо„lishiga hamda oquvchanligiga,
suv emulsiyasining globullaridagi mexanik aralashmalarning mavjudligi bilvosita
gravitatsion apparatlarda chо„kishiga tо„sqinlik qiladi. Bundan tashqari yо„ldosh
gazning mavjudligi neftli gaz bilan kо„pikli tizimni
hosil qiladi hamda blokli
jihozlarning normal ishlashiga tо„sqinlik qilib salbiy ta‟sir kо„rsatadi.
“О„zLITIneftgaz” OAJ da 24 ta NTQsining ishlatish parametrlarini tahlil
qilish asosida (2.3-jadval) 9 ta parametrlari bо„yicha emulsiya hosil qilishga
moyilligi bо„yicha neftning klassifikatorlari ishlab chiqilgan yani, bu
ma‟lumotlardan
foydalanib, yangi konlardan qazib olinadigan neftni birorta sinfi
bо„yicha baholashning imkoniyati tug„iladi: yengil, о„rtacha parafinli yoki yuqori
smola- bitumli.
2.6. О„zbekistondagi konlarda qо„llaniladigan NTQsining prinsipial sxemalari
Konlarda neftni tayyorlash qurilmasini konning yer osti qismida joylashgan
ishlatish tizimidan ajratilgan holda kо„rib chiqmaslik kerak. Ilmiy-texnologik
reglamentlarda NTQsini loyihalashtirishda va ishlatishda konlarni ishlatishning har
bir bosqichlarida qazib olinadigan neftsuv aralashmasining xususiyatlari hisobga
olinadi. Ishlatishga tayyorlashga beriladigan har
bir aralashma tarkibi hamda
miqdoriy nisbatlari bо„yicha (neft, gaz, qatlam suvi) bir-biridan kuchli farq qiladi.
Buning uchun tayyorlashga tо„planadigan aralashmaning parametrlarini о„zgarishi,
qazib
olinadigan
flyuidlarning
fizik-mexanik
xossalarining
о„zgarishi
modellashtiriladi va о„rganiladi hamda mos keluvchi NTQ sining yangi turi hamda
konning yer usti jihozlari hamda umumiy tayyorlash majmuasi ishlab chiqiladi.
О„zbekiston konlarida emulsiyalarni parchalash texnologiyasi texnologik
rezervuarlarda termikkimyoviy tindirishga asoslangandir. Agarda kondagi neftni
48
tayyorlash sifati Davstandart 9965 sifat nazorat kо„rsatgichlariga mos kelgan
holda tovar neftdagi qoldiq suvning miqdori 0,03..1,0% gacha (massa bо„yicha) va
xlor tuzlarining kо„rsatgichi 50..900 mg/dm
3
oralig„ida bо„lganda samarali
tozalangan deb belgilanadi. Neftning tarkibidagi qoldiq suvlarni va xlor
tuzlarining miqdorini kon sharoitida qaytadan tayyorlab kamaytirsh iqtisodiy
jihatdan о„zini oqlamagan. Shuning uchun qoldiq suvlarni va xlorli tuzlarni
tozalash neftni qayta ishlash zavodlarida emulsiyalash
qurilmasida amalga
oshiriladi. О„zbekiston konlarida qо„llaniladigan NTQlarining sxemalari о„zining
xususiyatlariga ega bо„lib, jihozlarni va texnologiyani qо„llanilishi bilan bog„liq
hamda konni ishlatish muddati davrining uzoqligiga, ularni о„zlashtirish davridagi
muhandislik kommunikatsiyalariga va qazib olinadigan neftning xossasiga bog„liq
bо„lgan spetsifik tavsifga ega.
Farg„ona regionida – О„zbekistondagi eng eski neft qazib olish regioni
hisoblanadi. Hozirgi vaqtda regionda sо„nggi bosqichda ishlatilayotgan kichik
konlardan foydalaniladi. Neftberoluvchanlik debitining pastligi, neft quduqlarining
mahsulotini
yuqori
darajada
suvlanganligi,
neftning
tarkibidagi
tabiiy
barqarorlashtirish emulsiyalarning miqdorining yuqoriligi va bir nechta neft
konlaridan qazib olinadigan neft neftni tayyorlash
qurilmasidan oldindan
о„tkaziladi, amaliyotda ochiq turdagi NTQ sining ochiq texnologik sxemasi
joylashtirilgan (2.7– rasm).