Konlarda neftni, gazni va suvni tayyorlashni texnologik jarayonlari




Download 7.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/113
Sana22.12.2023
Hajmi7.63 Mb.
#126439
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   113
Bog'liq
4 - маъруза vitamin, 2. Ta\'limni tashkil etish shakllari. Ma’ruza mavzularini tuzish,, Доклад Мамашарипова Ш.Н.
 
2.4. Konlarda neftni, gazni va suvni tayyorlashni texnologik jarayonlari 
Konlarda neft va gazni yig‟ish tizimi quduqdan to neft yoki gazni tayyorlash 
qurilmalarigacha bo‟lgan quvurlar, o‟lchov asboblari va yig‟ish punktlarini o‟z 
ichiga oladi.
Neftni quduqlardan yig‟ish va tayyorlashning bir necha tizimlari mavjud. 
Konlarda mahsulotlarni yig„ish texnologik tizim modelining, ajratish, tashish va 
neft va suvni tayyorlashda foydalaniladigan zamonaviy texnologiyalarning yettita 
elementlaridan foydalaniladi: 
1) qazib oluvchi quduqning ustki qismidagi uchastkasidan to guruhli o„lchash 
qurilmasigacha (GO„Q) alohida quvur uzatmalar orqali uch fazali ko„rinishdagi
(neft, gaz, suv) quduqning mahsuloti konda daslabki o„lchash tuguniga kiradi va 
mahsulotlar o„lchanadi; 


42
2) Gazni qayta ishlash zavodi (GQIZ) uchastkasidan siquv kompressor 
stansiyasigacha quduq mahsuloti suyuqlik va gaz fazalariga (birinchi ajratish 
pag„onasi) ajratiladi. Bu uchastkalarda yetarli darajada chidamli dispergatsiyali 
yuqori qavushqoqli suv neft gaz emulsiyalarining suyuq fazalari hosil bo„ladi; 
3) SNS-gaz yig„ish tarmog„i (GYT). Bunda neftli gaz elementi sig„imlarda birinchi 
pag„onali ajratishdan o„tkaziladiajratish qurilmasining bosimi ostida gazni yig„ish 
tarmog„iga beriladi;
4) SNS (DNS)- NKTQ (UKPN). Ba‟zi bir neft regionlarida bunday tugunga 
mahsulotlarni markaziy yig„ish punkti deyiladi; 
5) SNS-SDTQ (UPSV) suvni dastlabki tashlash qurilmasi;
6) SDTQ-shaxobchali nasos stansiyasi (ShNS-KNS). Suvning ajratib olingan 
fazasi rezervuarlardan nasos yordamida ShNSga beriladi va qatlamga haydaladi; 
7) ShNS-qatlam. Mexanik aralashmalardan va neft mahsulotlaridan tozalangan suv 
fazasi ShNS yordamida quvur uzatmalar orqali haydovchi quduqqa va keyin 
qatlamga beriladi. 
2.6 - rasm. Quduq mahsulotlarini yig„ish va tayyorlash tizimi: 
1- mahsuldor qatlam; 2- botma (cho„kma) nasos; 3- nasos-kompressor quvurlari;
4-mustahkamlash tizmasi; 5-qazib oluvchi quduqning usti; 6-guruhli o„lchash 
qurilmasi; 7- shaxobchali nasos stansiyasi; 8- suvni oraliqli yig„ish qurilmasi;
9- siquv nasos stansiyasi; 10- gaz yig„uv tarmog„i; 11- magistral qvur uzatma;


43
12-mahsulotlarni markaziy yig„uv punkti; 13-suvni tayyorlash tuguni; 14- 
haydovchi bosim quvuri; 15-haydovchi quduqning mustahkamlash tizmasi; 16-
nasos-kompressor quvuri; 17- paker; 18- qatlam. 
Qovushqoqlik emulsiyaning eng muhim texnologik tavsifi hisoblanadi. 
Emulsiyaning qovushqoqligi suvsiz neftni fizik-kimyoviy xossalarini (smolani, 
asfaltenlarni, zichlikni, qovushqoqlikni), ularni dispersligini, harorati va suvning 
miqdorini aniqlaydi. Neftning suvlanganligini oshishi bilan uning emulsiyaning 
qovushqoqligi qonuniy o„sadi. 
Neftning suvlanganlik ko„rsatgichi 70..75%dan yuqori bo„lganda emulsiya 
agregativ nobarqaror bo„ladi va fazali suv tarkibli (30..60%) emulsiyaga ajralib 
qolishga olib keladi hamda ularni qovushqoqligini pasaytiradi. Qovushqoqikni 
pasayishi emulsiyani yetarlicha tabiiy haroratini yuqori bo„lishga olib keladi va u 
298..308K atrofida bo„ladi.
Suvlangan neyftlarni qazib olish va yig„ishda doimiy emulsiyalarni paydo 
bo„lish earayoni ketadi va uning xossasi vaqt davomida to„xtovsiz o„zgarib turadi. 
Markaziy yig„uv punktiga to„planadigan neftni tovar kondensatsiyasini 
tayyorlashni 
kerakli 
parametrlarining 
yaxlitligi 
suvneft 
emulsiyasining 
chidamligiga bog„liq bo„ladi. Neft-suv emulsiyasining bardoshligi ko„pgina 
omillarga bog„liq bo„ladi: neft va qazib olinadigan yo„ldosh suvning fizik 
kimyoviy xossalariga, tabiiy barqarorlashtiruvchi emulsiyani, asfalt smola 
komponentlarini neftdagi tavsifiga va miqdorining tarkibiga bog„liq bo„ladi. 
Emulsiyaning barqarorligi haroratga, gazsizlantirish darajasiga, parafinli va 
aromatik ugolevodorolaning neftdagi miqdoriga va tarkibiga bog„liq bo„ladi. 
Konlarda oldindan suvni tashlash muhim texnologik usul bo„lib, suqliklarni qayta 
haydashdaga xarajatlarni kamaytiradi, neft uzatmalaridagi falokatlarni oldi olinadi
va neftni markaziy yig„uv punktlarida tayyolashdagi xarajatlarni kamaytiradi. 
Kon markaziy yig„ish punktilan (MYP) uzoq masofada joylashganda qazib 
olinadigan neftning suvlanganligi oshishi va tashiladigan mahsulotning hajmini 
ko„payganligi quvur uzatmalarining gidravlik ish rejimini murakkablashtiradi. 
Neftning suvlanganligi 70%dan yuqori bo„lganda hamma suv 
emulsiyalangan holatda bo„lmaydi va kommunikatsiya tizimi orqali yig„ishda uch 


44
fazali gazsuyuqlik oqimi harakatlanadi. Bunda suyuqlik fazasi konsentratsiyali neft 
emulsiyasi va erkin suv holati ko„rinishida bo„ladi. Bunday emulsiyalar 
tashilganda neft uzatmalarini korroziyalanishga oib keladi. SNSlarida neft bir- yoki 
ikki bosqichli gazsizlantirish amalga oshiriladi. 

Download 7.63 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   113




Download 7.63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Konlarda neftni, gazni va suvni tayyorlashni texnologik jarayonlari

Download 7.63 Mb.
Pdf ko'rish