O‟zbekiston Respublikasi Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi N. N. Maxmudov, T. R. Yuldashev, B. Sh. Akramov




Download 7.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/113
Sana22.12.2023
Hajmi7.63 Mb.
#126439
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   113
Bog'liq
4 - маъруза vitamin, 2. Ta\'limni tashkil etish shakllari. Ma’ruza mavzularini tuzish,, Доклад Мамашарипова Ш.Н.
 
1.6. Neftning kimyoviy xossalari 
Neft–yog„li qaynoq suyuqlik bo„lib, qora jigar rangda yashil to„slanuvchan 
ko„rinishda bo„ladi. Neft tabiatda tiniq bo„yoq rangida – ochiq-jigar rangda
qizg„ish va rangsiz holatlarda ham uchraydi. Bunday ko„p shaklli rangdagi neftni 
topish murakkab, lekin uning elementar parafinli uglevodorodlar aralashmasidan 
(molekulyar formulasi 
2
2

n
n
H
C
), aromatik (
6
2

n
n
H
C
) va naften qatoridan tashkil 
topgan. Uglevodorodning miqdori 82-87 %, vodorod 11-14 % miqdorida bo„ladi. 
Bu ikki komponengtlarning ulushi jami tarkibning 99 % ni tashkil qiladi. 
Uglevodorodlarning har xil tuzilishi odatda metanli uglevodorodlar qatori, kamroq 
naftenlardan tashkil topadi. 
Metandan- butangacha bo„lgan (
4
CH

10
4
H
C
) parafin qatorlari normal 
sharoitda va R = 0,1 MPa bosimda va 0
o
S (273 K) haroratda gazsimon holatda 
bo„ladi.
Uglevodorodlarning 5 dan 17 atomgacha tarkibi (
12
5
H
C

36
17
H
C

malekulasi normal sharoitda–suyuq modda shaklida bo„ladi. Uglevodorodlarning 
malekulasi 17 tadan oshgandan keyin – qattiq modda ko„rinishida bo„ladi. Bunga 
parafinlar va serezinlar kiradi. 
Qatlam sharoitida neft uch qismdan tashkil topadi. Yuqori yuza sirtida gaz 
va qisman parafinga yo„qotiladi. Yer bag„ridan qazib olingan neftning tarkibidagi 
gaz yo„ldosh gaz hisoblanadi. Kon tizimida ajralib chiqqan gazga neft gazi 
deyiladi. Neftdagi gazning miqdori gaz omillini tasniflaydi. Ba‟zida 1 m

neftning 
tarkibidan 1000 m
3
hajmidagi gaz ajralib chiqadi. Gaz tarkibiga ko„ra quruq va 
yog„li (og„ir) gazlarga ajratiladi. Quruq gaz asosan metan va etan 
uglevodorodlaridan tashkil topadi. Yog„li gazda propan va butan fraksiyalari va 
undan ham yuqori kattalikka ega bo„ladi hamda undan suyultirilgan gazlarni, gazli 
benzinni yoki kondensatni olish mumkin. Gaz tarkibli neftga gazga to„yinganlik 
deyiladi. 


21
Tarkibiga va ba‟zi xossalariga muvofiq neft klassifikatsiyalanadi, ularning 
sifati bo„yicha novlarga ajratish va u yoki bu turdagi texnologik yig„ish sxemasi 
qo„llaniladi. 
Parafinning tarkibi bo„yicha neft kam parafinli (<1,5%), parafinli (1,5 dan 
6% gacha) va yuqori parafinli (> 6% dan) bo„ladi. Neftning tarkibida parafin, 
smola va asfaltenlarning ko„p bo„lishi past haroratda uning qovushqoqligini 
oshiradi. Neftning tarkibida parafinlarning ko„p bo„lishi smola va asfaltenlarning 
kam bo„lishi bilan kuzatiladi. Neftning geologik yoshi qanchalik katta bo„lsa, 
uning tarkibida parafin shuncha ko„p bo„ladi. Neftning tarkibida parafinlar ko„p 
miqdorda bo„lsa, oltingugurt, vanadiy va nikel miqdori kam bo„lishi bilan 
tasniflanadi. Parafin miqdorining ko„p bo„lishi qazib olish, tashish va qayta ishlash 
jarayonlarini qiyinlashtiradi va qimmatlashtiradi. Yuqori parafinli neftlarni qazib 
olishda kollektor kanallarining asfalten-parafin yotqiziqlari bilan berkilib qolishi 
natijasida quduqning debiti to„liq to„xtab qoladi. Bunday yotqiziqlar quduqdan 
mexanik yo„llar, issiqlik usulida ishlov berish, eritmalar bilan yuvish yordamida 
chiqariladi. 
Oltingugurt miqdori bo„yicha neft uchta sinfga ajratiladi: kam oltingugurli 
(oltingugurt tarkibi 0,5% gacha), oltingugurtli (0,5%dan 2,0%gacha) va yuqori 
oltingugurtli (2%dan ko„p). Neftning tarkibida oltingugurt erkin holatda organik 
birikmalar shaklida (sulfidlar, merkaptinlar va boshqalar) bo„ladi. Kislorod 
neftning tarkibida naftenlar va yog„li kislotalar hamda asfaltenlar ko„rinishida 
qatnashadi.
Neftning tarkibida bu birikmalardan tashqari ko„p miqdorda xlor, iod, rux, 
kaliy, natriy, azot va ko„pgina D.I. Mendeleyev tizimidagi elementlar hamda 
qatlam suvlari mavjud bo„ladi. 
Ma‟lumki, toza uglevodorodlar hech qanaqa rangga ham hidga ham ega 
bo„lmaydi.

Download 7.63 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   113




Download 7.63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‟zbekiston Respublikasi Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi N. N. Maxmudov, T. R. Yuldashev, B. Sh. Akramov

Download 7.63 Mb.
Pdf ko'rish