5
KIRISH
Talabalar kursni о„zlashtirishlari uchun umumiy holda о„tiladigan
fundamental fanlar matematika, kimyo, fizika va texnik fanlarni (texnik mexanika,
gidrodinamika, yer osti gidravlikasi va boshqalar) bilishi va neftgaz majmualarini
dunyo miqyosidagi rivojlanish jarayonlari hamda yetakchi komponiyalar haqida
yetarlicha tushunchalarga ega bо„lishlari shart.
Dunyodagi energetik resurslarni va xom –ashyo bilan ta‟minrlashda neft va
gazning о„rni va roli shu jumladan, Respublikamizni kelajakda 30-50 yil
maboynida uzluksiz ta‟minlashdan iboratdir. Shuning
uchun har bir talaba
О„zbekistondagi neft va gaz konlari haqida tasavvurga ega bо„lish bilan birgalikda,
neft va gaz konlarini ishlatish, konlarda neft va gazni yig„ish, tayyorlash
tо„g„risidagi ijodiy tushunchalarga ega bо„lishi va yig„ish
tizimini
modernizatsiyalash hamda takomillashtirish, yuqori sifatli mahsulotlarni olish va
neftni qayta ishlaydigan zavodlarni xom – ashyo bilan ta‟minlash tо„g„risidagi
bilimlarga ega bо„lishlari zarurdir.
Bu kо„rib chiqadigan fandan darsliklar mavjud bо„lib, 20
yillar oldin
chiqarilgan hamda unda neft va gaz konlarini ishlatish va ulardan foydalanish
bо„yicha eng sо„nggi yillardagi konsepsiyalar va О„zbekistondagi neftgaz
majmualarining qurilmalari va jihozlari tо„g„risidagi ma‟lumotlar keltirilmagan.
Darslik о„zbek tilida lotin alifbosida berilishi, kо„pgina qayta ishlash jihozlarining
rangli kо„rinishda berilishi talaba tassavvur qilish imkoniyatlarini yanada oshiradi.
Darslikning materiallari о„quv rejasining
tasdiqlangan programmasiga
muvofiq tayyorlangan.
Darslikning eng oxirida yangi adabiyotlarning ruyxati va о„lchov
birliklarining kattaliklari tо„g„risidagi ma‟lumotlar keltirilgan.
Darslikni takomillashtirish bо„yicha mutaxassislar kо„rsatgan fikrlariga va
kamchiliklariga hamda qimmatli maslahatlariga mualliflar о„z minnatdorchiligini
bildiradilar.