• 8-mavzu: Internet tarmog‘i. Internet tarmog‘ida ma’lumotlar almashinuvini tashkil etish yo‘llari. Internet xizmatlari va ularning turlari. (4 soat ma`ruza) Reja
  • 4. Internet xizmatlari va ularning turlari.
  • 9-mavzu: Brauzerlar va ularning turlari. Internet Internet Explorer, Opera va boshqa brauzerlar bilan tanishish. Internet tarmog‘ida qidiruvni tashkil etish (2 soat ma`ruza) Reja
  • Microsoft Internet Explorer
  • 4.Gipermatnli murojaatlar
  • 5.Web saxifalarda grafika va multimediya.
  • 6.Internetdan fayllarni ishga tushirish.
  • Test savollari 1. Web-brauzerning asosiy vazifalari qaysilar
  • 2. Web-sahifalarning eng keng tarqalgan ko‘rinishi qanaqa
  • 2. Internet tizimida axborotlarni himoyalash. 3. Internet tizimida arxivlangan fayllar (saydlar) bilan ishlash.
  • Test savollari 1. Maxfiy axborot bu
  • 11-mavzu: Web sahifa yaratish imkoniyatlari, asosiy tushunchalari. FrontPage dasturi imkoniyatlari (4 soat laboratoriya ishi) Reja
  • O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti amaliy matematika kaferdrasi




    Download 1.56 Mb.
    bet3/3
    Sana25.12.2019
    Hajmi1.56 Mb.
    #4909
    1   2   3

    Test savollari

    1. Mamlakat, shaxar va viloyatlar darajasida kompyutеrlarni o’zaro boq'lagan tarmoq qanday nomlanadi?

    A*Global tarmoq B.Mintaqaviy tarmoq

    C.Hamma javoblar to'g'ri D.Lokal tarmoq

    2. ... – bu Intеrnеtga ulanganda axborot almashish qurilmasi.

    AMonitor B.Skaner C.*Modem D.Printer Test savollari

    3. O`zbekistonda qachondan beri Internet Provayderlar xizmat ko`rsata boshladi?

    A 1980 B 1990 C 1995 D * 1997

    4. Tarmoqlar necha xil bo' ladi?

    A. * 3 xil: local, global, mintaqaviy; B. 2 xil: local va mintaqaviy;

    C. 2 xil: local va global; D. 2 xil global va mintaqaviy

    5. ... - bir korxona yoki muassasadagi bir nеchta yaqin binolardagi komp'yutеrlarni o’zaro boqlagan tarmoq.

    A. Global tarmoq B.*Lokal tarmoq

    C.Mintaqaviy tarmoq D. hamma javoblar to'g'ri

    6. Lokal tarmoq uchun zarur qurilmalar:

    A.Server, ishchi stansiyalar

    B.Tarmoq platasi

    C.* Barchasi

    D. Maxsus kabel

    8-mavzu: Internet tarmog‘i. Internet tarmog‘ida ma’lumotlar almashinuvini tashkil etish yo‘llari. Internet xizmatlari va ularning turlari. (4 soat ma`ruza)

    Reja:

    1. Internet –Global kompyuter tarmog’i.



    2. Internet tarmog’ida adreslarning tuzilishi va sistemaviyligi

    3. Ma’lumotlar almashinuvini tashkil etish yo’llari.

    4. Internet xizmatlari va ularning turlari.

    Axborot-hisoblash tarmoqlarining dastur ta’minoti quyidagilarni ta’minlaydi: tarmoqning asosiy bug’inlari va elementlari ishini o’zaro muvofiqlashtirish; tarmoqning barcha resurslariga jamoa bo’lib murojaat qilishni tashkil etish; ma’lumotlarni qayta ishlash samaradorligini oshirish maqsadida resurslarni dinamik taqsimlash va qayta taqsimlash; tarmoq qurilmalariga texnik xizmat ko’rsatishni va ishga yaroqliligini nazorat qilishni o’tkazish.

    Tarmoqning dastur ta’minoti uch qismdan tashkil topgan:

    • umumiy dastur ta’minoti;

    • tizimli dastur ta’minoti;

    • maxsus dastur ta’minoti.

    Umumiy dastur ta’minoti tarmoq tarkibiga kiruvchi alohida kompyuterlarning bazaviy dastur ta’minotining tashkil etuvchilaridan hosil bo’ladi va o’z ichiga operacion tizimlarni, dasturlashtirishning avtomatlashtirilgan tizimini va texnik xizmat ko’rsatish tizimini oladi.

    Tizimli dastur ta’minoti tarmoqning barcha resurslarini o’zaro harakatini, umumiy tizimniki kabi, qo’llab-quvvatlovchi dastur vositalarining kompleksi ko’rinishga egadir.

    Maxsus dastur ta’minoti foydalanuvchilarni tez-tez echiladigan masalalarning dasturlari bilan maksimal ta’minlash uchun mo’ljallangan va mos ravishda foydalanuvchi mavzu sohasining xususiyatiga mo’ljallangan uning amaliy dasturini o’z ichiga oladi.

    Dastur ta’minotidagi alohida rol operacion tizimga ajratiladi; ular umumiy dastur ta’minoti tarkibida ham (alohida kompyuterlarning operacion tizimlari), tizimli dastur ta’minoti tarkibida ham (serverda yoki bitga darajali tarmoqning kompyuterlaridan bitgasiga o’rnatiladigan tarmoqli operacion tizim) mavjud.

    Tarmoqli operacion tizim o’z tarkibiga boshqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi dasturlar to’plamini oladi, bu dasturlar quyidagilarni ta’minlaydi:

    — tarmoqning hamma bo’g’inlari va elementlari ishini o’zaro muvofiqlashtirish;

    — tarmoq elementlari bo’yicha resurslarni tezkor taqsimlash;

    — topshirikdar oqimini hisoblash tarmog’ining uzellari O’rtasida taqsimlash;

    — masalani echishning ketma-ketligini o’rnatish va ularni umumtarmoq, resurslari bilan ta’minlash;

    — tarmoq elementlarini ishga yaroqligini nazorat qilish hamda kirish va chiqish ma’lumotlarining ishonchliligini ta’minlash;

    — ma’lumotlarni va hisoblash resurslarini ruxsat etilmagan murojaat qilishlardan himoya qilish;

    — tarmoqning ma’lumot, dastur va texnik resurslarining ishlatilishi to’g’risida ma’lumotnoma berish.



    Operacion tizimlarning funkcional imkoniyaglari utilitalar — amaliy vazifalarni bajarish uchun operacion tizim tomonidan ishlatiladigan maxsus dasturlar yordamida kengaytiriladi.

    Internet tarmog’ini Tashkil etish uchun asos AQSh mudofaa vazirligining kompyuter tarmog’i ARPAnet (ARPA — Advanced Research Projects Agency ) bo’lgan edi, u 70-yillarning boshlarida ilmiy tashkilotlar, harbiy muassasalar va mudofaa sanoati korxonalari kompyuterlarining alokesi uchun yaratilgan edi. Tarmoq Pentagonning ishtirokida tashkn ta’sirlarga mustahkam yopiq infrastruktura kabi qurilgan, u yadroviy xujum sharoitlarida omon qolishga qodir, ya’ni uning ishonchliligiga katta e’tibor berilgan edi.

    Vakt o’tishi bilan tarmoq strategik ahamiyatini yo’qotdi; xususiy shaxslar va nodavlat kompyuter tarmoqlari uning asosiy mijozlari

    moqda: alohida lokal, hududiy va global tarmoqlarni umumiy axborot kengligiga birlashtirish. Internet unga ulangan tarmoqlar tarkibiga kirgan barcha kompyuterlar o’rtasida axborot almashinishni ta’minlaydi.

    Kompyuter tili va unda ishlatiladigan operacion tizim turi ahamiyatga ega emas.

    Hozirgi vaqtda Internet — bu global kitalararo tarmoqdir; u o’nlab million kompyuterlarni va lokal tarmoqlarni birlashtiradi. Tarmoq umumiy boshqarish markazita ega emas va kimningdir mulki ham emas

    — Internet ning boshqa kompyuter tarmoqlaridan muhim farqi ana shundadir. Asoslangan ma’lumotlar bo’yicha 2000 yilda uning foydalanuvchilari soni 200 mln odamdan ortib ketgan.

    Internet ning asosiy yacheykasi — lokal hisoblash tarmoqlaridir. Lekin Internet ga musgaqil ulangan lokal kompyuterlar ham mavjuddir.

    Internet ga bevosita ulangan tarmoq yoki lokal kompyuterlari xost-kompyuterlar (host — xujayin, ega) deb ataladi.

    Agar biror lokal tarmoq Internet ga ulangan bo’lsa, u holda bu tarmoqning har bir ishchi stanciyasi Internet ga chiqishga egadir, lekin o’zining xost-kompyuteri orqali chiqadi.

    Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter o’zining adresiga ega, shu adres bo’yicha uni dunyoning istalgan nuqtasidan abonent topib olishi mumkin.

    Internet tarmog’iing strukturasi - tipik mijoz-serverli, ya’ni tarmoqdan asosan axborot oluvchi kompyuterlar bor — bular «mijozlar», mijozlarni axborot bilan ta’minlovchi kompyuterlar ham bor—bular «serverlar» (tabiiyki, serverlar ham ma’lumot oladilar, aniqrori uni yig’adilar, lekin baribir ularning asosiy vazifasi axborotni berishdir).

    Internet tarmog’a lavhasining mumkin bo’lgan strukturasi 72-rasmda ko’rsatilgan.

    Internet ning muhim xususiyati shundaki, u turli xil tarmoqlarni birlashtirib, bunda hech qanday ierarxiyani hosil qilmaydi

    — tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar tent huquqlidir.

    Test savollari

    1. World Wide Web deganda nimani tushunamiz?

    A.*Xalqaro o‘rgimchak to’ri

    B. Xalqaro pochta tarmogi.

    C. Xalqaro aloqa tarmog’i;

    D. To‘g‘ri javob yo‘q

    2. Web-sayt nima?

    A. internetdagi adres;

    B. *Web-saxifalar to’plami;

    C. Web saxifadagi matn

    D.Resurs

    9-mavzu: Brauzerlar va ularning turlari. Internet Internet Explorer, Opera va boshqa brauzerlar bilan tanishish. Internet tarmog‘ida qidiruvni tashkil etish (2 soat ma`ruza)

    Reja:

    1. Brauzerlar va ularning turlari.



    2. Internet Explorer.

    3. Internet tarmog’ida qidiruvni tashkil etish

    1.Brauzerlar

    WWW tizimi bilan ishlashda foydalanuvchilar bu tizim klient-dasturlari, ya`ni brauzerlar bilan ishlaydi. Brauzer (ingl. browse – ko’rib chiqmoq, varaqlamoq) – foydalanuvchi va www tizimi orasida dialog amalga oshiradigan dastur, www-saxifalarini uqiydi, www-serverlari va boshqa Internet resurslari bilan ishlaydi.

    Brauzerlar xar qanday serverlar bilan ularning protokollarini ishlatgan xolda ishlay oladi. Serverdan olingan ma`lumotni brauzer ekranga oddiy va qulay ko’rinishda chiqaradi. Odatda bir protokoldan boshqasiga o’tish ko’zga ko’rinmaydi.

    Brauzer grafik yoki matnli bo’lishi mumkin. Brauzerlar xujjatlarni interpretasiya qila olishlari uchun ular html tiliga asoslanib maxsus ishlanishlari kerak. Html tilining asosida matnning mantiqiy bo’linishi yotadi, va bu fakt sarlavxalarni katta yoki kichikroq shriftda yozishini nazorat qiladi. Grafik brauzer esa sarlavxalarni kursiv yoki qalin shriftda chiqarishi mumkin.

    Birinchi grafik brauzer bu AQShning superkompyuter ilovalarining milliy markazida (NCSA) ishlangan Mosaic edi.

    1994 yilda Netscape Communications korporasiyasi ochildi, uning asoschilari esa Mosaicning yaratuvchilari bo’lgan. Keyinchalik grafik brauzerning yangi savdo versiyasi Netscape chiqdi. Netscape Navigator 2.0 Java-applet va JavaScript tillarini qo’llay olardi. 1996 yilda Netscape dunyoni zabt etdi.

    1996 yil boshida bozorda Microsoft Internet Explorer 2.0 brauzeri, yozida esa Microsoft Internet Explorer 3.0 paydo bo’ldi. Internet Explorer 3.0 Netscapening barcha kengaytmalarini qo’llab u bilan bir pogonaga chiqib oldi. Keyinchalik Microsoft Internet Explorer 4.0, Microsoft Internet Explorer 5.0, Microsoft Internet Explorer 6.0 versiyalar chiqdi.

    Xozirgi paytda bozorda xilma- xil (matnlilari xam) brauzerlar borligiga qaramasdan ko’pchilik Netscape va Microsoft brauzerlaridan foydalanadi.



    Microsoft Internet Explorer

    Microsoft Internet Explorer xozirgi kunda internetdagi eng mashxur brauzer xisoblanadi. Dastur menyulari




    saxifalarning ko’rinishi va brauzer parametrlarini sozlash buyruqlarini o’z ichiga oladi.

    Fayl – Fayllar(web-xujjatlar) bilan ishlash buyruqlari.

    Pravka – Matn parsalari, qidirish va almashtirish buyruqlarini taklif qiladi.

    Vid – Veb-saxifaning ko’rinishi va kodirovka turini tanlash uchun xizmat qiladi.

    Izbrannoe – foydalanuvchi tanlagan Internet-manzillarni saqlab turadi .

    Servis - Internet Explorerning qo’shimcha parametrlarini sozlashga imkon beradi.

    Spravka - Internet Explorerda ishlash xaqida kerakli ma`lumotni saqlaydi.



    Internet explorer asboblar paneli





    Oldingi saxifaga o’tish



    Keyingi saxifaga o’tish



    Saxifa yuklanishini toxtatish



    Yangilash



    UY saxifasini yuklash



    Qidirish



    "Izbrannoe" papkasiga dostup



    Dostup jurnalini ochish



    Saxifani qog’ozga chiqarish







    Internet Explorer asboblar paneli tarmoq xujjatlari bilan ishlash uchun yaratilgan. Asboblar panelini chaqirish uchun menyuni oching: Vid\Paneli instrumentov\Obichnie knopki.

    Manzil qatori

    Adres maydonida Internet-manzilni kiritib Perexod tugmasini yoki [Enter] tugmasini bosing. Manzil qatorini chaqirish uchun quyidagi menyu komandasini bajaring: Vid\Paneli instrumentov\Adresnaya stroka. Web-saxifa dasturning Ishchi soxasida aks ettiriladi.

    Intrenetda xaqiqiy ish faqat Interenetda ulangandan keyin boshlanadi. Bu xolda Internet Explorer yuklanib o’zining Web-saxifasini asosiy sifatida yuklaydi. Brauzerning oynasida bitta saxifa ochiladi. Odatda web-saxifalarni navbat bilan kerakli ma`lumotni qidirib ko’rishadi. Web- saxifalar matnli ma`lumot va import qilingan ob`ektlardan tashkil topadigan xujjatlardir. Xozirgi paytda web- saxifalarning ko’pi ko’p illyustrasiyalarni o’z ichiga oladi. Ya`ni illyustrasiya sifatida rasm, tovush, videorolik va boshqa kattagina xajmli multimedia-ob`ektlari qo’shiladi.

    Web-saxifalar – matn muxarriri yordamida tuzilgan xujjatlarga o’xshaydigan formatlangan elektron xujjatlardir. Ammo, ularning muxim xususiyatlari bor. Matn muxarriridagi tayyorlanadigan xujjatlar oldindan qaysi parametrda va qaysi formatda bo’lishi aniq bo’ladi (qanday qog’ozda bosib chiqariladi). Web-xujjatlar universal bo’ladi: ular foydalanuvchining ekran kattaligi va necha ranglarni aks ettirishiga qaramay ochilishlari kerak. Eng sifatli web-saxifalar shunday universalki ularni eng oddiy grafik bo’lmagan brauzer yordamida ko’rish mumkin.

    Internet Explorer web-saxifadagi barcha ma`lumotni namoyish etadi. Agar ba`zi- bir ob`ektlarni ko’rsata olmasa u joylarni bush turtburchaklar yoki maxsus belgilar bilan ajratib quyadi. Kup web-saxifalar ob`ektlarga bog’langan alternativ matnni o’z ichiga oladilar. Agar ko’rish vositasi ba`zi bir sabablarga ko’ra ob`ektni aks ettira olmasa unga bog’langan alternativ matnni ko’rsatadi.

    4.Gipermatnli murojaatlar

    Ko’p web-saxifalar gipermatnli murojaat ya`ni gipermurojaatlarni o’z ichiga oladi. Gipermurojaat – bu boshqa web-saxifa manzilini saqlaydigan web-saxifa ob`ekti. Bunday ob`ekt sifatida odatda boshqa rangli va ostiga chizilgan matn yoki ramkaga olingan rasm ishlatiladi. Gipermatnli murojaatlar odatda joriy web-saxifaning mavzusiga mos tushadigan web-saxifaga olib keladi. Murojaat vazifasini bajarib keladigan matn shu web-saxifaning mavzusi yoki nomi bo’lishi mumkin. Gipermurojaatga olib kelinganda sichqoncha kursori bir barmogi ko’rsatilgan qo’l ko’rinishiga keladi. Gipermurojaatga o’tish uchun uning ustiga bosish kifoya. Bundan so’ng brauzer ushbu gipermurojaat manzilidagi web-saxifaga o’tadi.

    Agar bir necha gipermurojaatga o’tgandan keyin bir saxifa ortga qaytmoqchi bo’lsangiz Nazad tugmasini bossangiz bo’ldi. Bu tugma yonida qo’shimcha ochadigan tugmacha bor, u ko’rilgan saxifalar tarixini ochadi va keraklisini tanlashga imkon beradi.

    5.Web saxifalarda grafika va multimediya.

    Xozirgi kunda o’rin olayotgan web-saxifalarga ob`ektlarni qo’shish kundan- kunga o’zgarib rivojlanayotganligi sababli brauzerlar xar doim xam uning ichidagi multimedia ma`lumotni o’qiy olmaydilar. Ilk brauzerlar faqat matn ko’rsatishlari mumkin edi (gipermurojaatlar bilan). Zamonaviy ko’rish vositalari ko’plab ob`ektlar bilan ishlashlari mumkin, lekin baribir xammasi bilan emas.

    Web-saxifalardagi ob`ektlarni to’liqligicha o’qiy olmaslik muammosi yoki qo’shimcha dasturlarni o’rnatish yoki brauzer imkoniyatlarini kengaytirish yo’li bilan xal qilinadi.

    6.Internetdan fayllarni ishga tushirish.

    Dunyo tarmog’i serverlarida ko’plab qiziqish uygotadigan fayllar mavjud. Bu dastur, arxiv, xujjatlar. Faylni yuklash uchun mos gipermurojaatdan o’tish kerak. Fayllarni yuklash va saqlash web-saxifalarni o’qishdan farqli chunki bu xolda boshqa ma`lumot almashish protokollari ishlaydi. Fayl yuklashdan oldin kerak bo’lgan qo’shimcha ma`lumotni berish kerak. Fayllarni qabul qilish uchun Internet explorer Fayllarni yuklash ustasini chaqiradi. Birinchi bo’lib faylni shunchaki ochish yoki qattiq diska saqlash kerakligini tanlaymiz. Internetni xavfsiz sanay olmaymiz, va shuning uchun fayllarni to’g’ridan- to’g’ri yuklash tavsiya etilmaydi. Ularni lokal diska saqlab, kerakli choralarni ko’rib keyin ochishingiz mumkin bo’ladi. Faylni saqlashdan oldin Fayllarni yuklash ustasini papkani ko’rsatishni so’raydi(internetdan olingan xujjat va fayllar uchun aloxida papka ochish tavsiya etiladi). Fayl yuklanish jarayoni maxsus dialog oynada aks ettiriladi va foydalanuvchi uni kuzatib kerakli paytda to’xtatishi xam mumkin.

    Internet Explorer birdaniga bir necha fayllarni yuklashga imkon beradi, ammo yuklanish tezligi bu xolda ancha pasayadi.

    Fayllarni saqlash uchun maxsus dasturlarni ishlatish tavsiya etiladi, masalan, Gethright yoki FlashGet.



    Test savollari

    1. Web-brauzerning asosiy vazifalari qaysilar?

    A.*Web-saxifani xotiraga yuklash va ko’rish, saqlash, chiqarish;

    B. Web-saxifani xotiraga yuklash va ko’rish, chiqarish;

    C. Web-saxifani saqlash,chiqarish D. Kiritish-chiqarish



    2. Web-sahifalarning eng keng tarqalgan ko‘rinishi qanaqa?

    A.*.asp, *.exe, *.com kengaytmali fayllar B. *.htm, *.asp, *.avi kengaytmali fayllar

    C. *.gif, *.jpg, *.bmp kengaytmali fayllar *D *.htm, *.html, *.asp kengaytmali fayllar

    10-mavzu: Internet va muloqat madaniyati. Internet tizimida axborot xavfsizligi (4 soat ma`ruza)

    Reja:

    1. Internet va muloqat madaniyati.

    2. Internet tizimida axborotlarni himoyalash.

    3. Internet tizimida arxivlangan fayllar (saydlar) bilan ishlash.

    Bugungi kunda internet jamiyat ijtimoiy, siyosiy va madaniy xayotining juda muxim va ajralmas bulagiga aylanib bormokda. Veb texnologiyalar prezident saylovlariga uz ta’sirini utkazmokda, xukumatlarning va siyosiy shaxslarning iste’foga chikishiga olib kelmokda, xalkaro va ichki siyosat yunalishlarini belgilab bermokda. Jamiyatning madaniy xayotida keskin uzgarishlarga olib kelmokda, bu soxada yangi shaxslarni va yunalishlarni kashf etmokda. Bularning barchasiga sabab internetdagi forumlarning ommaviylashib ketishidir.

    Forum uzi nima? U - ochik tarzda munozara va baxs utkazish vositasi. Lekin kupchilik uni bir yoki bir necha kishi tomonidan tutilgan kundalikka uxshatishadi va undan shu maksadda foydalanishadi. Oddiy kundalik kabi u xam birdaniga yozilmaydi, aksincha unda xar kuni yoki oyda, yilda bir necha yozuvlar paydo buladi. Bu yozuvlar bir necha suzdan yoki bir necha varakdan iborat bulishi mumkin.

    Oddiy kundalikdan farkli ravishda forumda kundalikni xamma ukishi, nafakat ukishi, balki unda uzining izoxlarini koldirishi, uz taassurotlarini yozishi, xatto muallif bilan birga uni yozishda barobar katnashishi mumkin.

    Albatta, forumlarda mamlakat raxbarlarining uchrashuvi, futbol buyicha kit’a chempionati, MM&TVA mukofotlarini topshirish marosimi, orolbuyi xududining ekologik axvoli kabi global va mamlakat mikyosidagi vokealar kizgin muxokama kilinadi. Lekin forumdagi mavzular bozordagi narxlar, fotoshopda fotosuratlarni kayta ishlash, akvarium baliklarini bokish, kushni kizning oxu kuzlari, kursdoshning tuyi, yangi kinofil’mning syujeti, avtomobil t’yuningi va boshka minglab vokea va jarayonlarga bagishlangan bulishi mumkin. Albatta mavzularni tanlashda bir kator cheklovlar bulishi kerak. Masalan, forumlarda bexayolik yoki zuravonlikni targib kiluvchi mavzularga urin yuk.

    Forumning jamiyatning ijtimoiy xayotida inkilobiy uzgarishlarga olib kelgan jixati, bu uning, ma’lum ma’noda, barcha xoxlovchilarga uz fikrlarini bayon kilish va, eng asosiyi, uz ukuvchilariga ega bulish imkonini berishidir.

    Endilikda xar bir odam uz ukuvchilari va muxlislariga ega bulishi mumkin. Buning uchun teleboshlovchi, gazeta muxbiri, shoir yoki yozuvchi bulish shart emas. Kupchilik uchun kizik bulgan mavzuni tanlash va uni maxorat bilan yorita olish forumda muvaffakiyat kozonish uchun etarlidir.

    Bir tomondan, forumda yangi nomlar kashf etilib, ular ommaviy axborot vositalari, matbuot va nashriyotlar tomonidan ishga taklif etilayotgan bulsa, ikkinchi tomondan ommaviy axborot vositalarning uzlari xam forumga kirib kelmokda.

    Forumlar boshidan uchragan muammo, ularga kanday kilib ukuvchilarni jalb kilish edi. Bu muammoni xam kilish yulidagi urinishlardan biri RSS (Really Simple Syndication - xakikatdan oson birlashish) texnologiyasining yaratilishiga olib keldi. Forumning biror mavzusida yangi yozuvlar paydo bulganda bu xakida boshkalarga xabar berish forumdan foydalanishni juda osonlashtirdi. Oldinlari forumda yangi yozuvlar paydo bulganligini bilish uchun unga kirishdan boshka yul yuk edi.

    RSS ning ukiydigan kismi forumlarga kirmasdan bir vaktda kuplab forumlarga yangi yozuvlar kelganligi xakida xabardor bulish va ularni ukish imkonini beradi. Bundan tashkari, RSS texnologiyasi kelgan xabarlarga javob yozish yoki xech bir sababsiz forumga yangi yozuvlar kiritish imkonini xam yaratadi. Bular esa, forum yaratish va uni olib borish, ularni ukish va ularda ishtirok etish kabi ishlarni juda osonlashtirdi.

    Kompyuter tarmoqlarida axborot himoyasining xususiyatlari

    Axborot himoyasi nuqtai nazaridan kompyuter tarmoqlarini korporativ va umumfoydalanuvchi tarmoqlarga ajratish mumkin. Korporativ tarmoqlarda barcha elementlar (aloqa kanallari bundan istisno bo`lishi mumkin) bitta korxonaga taalluqli bo`ladi. Bunday tarmoqlarda butun tarmoq bo`yicha axborot himoyasining yagona siyosatini yuritish mumkin. Davlat va harbiy boshqarish tarmoqlari, aviatsiya va temir yo`l kompaniyalari tarmoqlari korporativ tarmoqlarga misol bulaoladi.

    Umumfoydalanuvchi kommertsiya tarmoqlarida asosiy maqsad axborotni tarqatish bo`lib, shaxsiy informatsion resurslarni himoyalash, asosan, foydalanuvchilar sathida amalga oshiriladi. Bunday tarmoqqa misol tariqasida Internet tarmoғini ko`rsatish mumkin.

    Korporativ tarmoqlar umumfoydalanuvchi tarmoqlar bilan boғlanishi mumkin. Bu holda korporativ tarmoqning ma’muriyati (egasi) umumfoydalanuvchi tarmoq tomonidan keluvchi xavfni to`sish maqsadida qo`shimcha ehtiyot choralarini ko`rishga majbur.

    Har qanday tarmoq uchun axborotni himoyalovchi tizimni yaratishda quyidagilarni hisobga olish zarur:

    tizimnining murakkabligi. Tizimning murakkabligi qism tizimlarining soni, turli-tumanliligi va bajaruvchi vazifalari bilan aniqlanadi;

    katta masofalarda taqsimlangan resurslardan foydalanish ustidan samarali nazoratni ta’minlash mumkin emasligi;

    resurslarning turli egalarga mansubligi.

    Kompyuter tarmoqlarida axborotni kommunikatsion qism tizim orqali kafolatli uzatishni ta’minlash maqsadida axborotlarni etkazishning ikkilangan marshrutlari hamda aloqa kanallarida axborotning buzilishi va yo`qolishiga qarshi choralar ko`zda tutilishi lozim. Bunday murakkab tizimlar adaptiv bo`lishi, ya’ni bu tizimlardagi elementlarni nazorati doimo ta’minlanishi va xatto, alohida qism tizim ishdan chiqqanda ham tizim ishlashini davom ettirish imkoniyatiga ega bo`lishi shart.

    Himoyalangan kompyuter tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlovchi barcha metod va vositalar quyidagi guruxlarga ajratilishi mumkin:

    foydalanuvchi qism tizimsida va ixtisoslashtirilgan komunikatsion kompyuter tizimlarida axborot himoyasini ta’minlash;

    tarmoqni boshqarish qism tizimsida axborotni himoyalash;

    aloqa kanallarida axborotni himoyalash;

    o`zaro aloqada bo`lgan jarayonlarning haqiqiy ekanligining nazoratini ta’minlash;

    kommunikatsion qism tarmoq orqali olinuvchi axborotning haqiqiyligini tasdiqlash.

    Test savollari

    1. Maxfiy axborot bu:

    A. Axborot resursi

    B*     Foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo‘yilgan hujjatlashtirilgan axborot

    C. Cheklanmagan doiradagi ommaviy axborot

    D.    Audio axborot

    2. Axborotni xavfsizligi tushunchasi nimani anglatadi?

    A. Axborotni tarqatish chora-tadbirlarini

    B*     Axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarni oldini olish va ularni oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini

    C Axborot cheklanishini

    D.Shaxs manfaatlarini himoyalanganlik holatini

    11-mavzu: Web sahifa yaratish imkoniyatlari, asosiy tushunchalari. FrontPage dasturi imkoniyatlari (4 soat laboratoriya ishi)

    Reja:


    1. Birinchi Web saxifa

    2. Matn muharrirlari. HTML muharrirlari.

    3. Animatsiyalar yaratish. Multimedia elementlari.

    4. HTML shablonni yaratish.

    5. Web saxifaning tanasi. Abzatslar.
      tegi.

    6. Saqlash va sinab ko’rish.

    Windows muxitidagi matn muxarrirlari: Notepad, TextPad, UltraEdit, EdutPlus. Ko’rsatilgan hamma matn muharrirlari yordamida HTML kodlarni yozishda qo’llash mumkin.

    Ko’pgina matn muharrirlarida HTML kodlarni hatto programmalashtirish tillarida kodlarni yozish juda qulay. Ba'zilari avtomatik ravishda operatorlar, funktsiyalarni tanish va ularni xar-xil ranglarda tasvirlash imkoniyatiga ega. Ba'zi matn muxarrirlarida HTML hujjatni web brauzerda sinab ko’rish tugmasi mavjud.

    HTML xujjatni yaratishga mo’ljallangan maxsus programmalar (HTML muxarrirlar) ham mavjud: FrontPage, Adobe GoLive, Macromedia Dreamweaver, Nestcape Composer. Muharrirlar 2 turga bo’linadi:

    kod muxarrirlari;

    WYSIWYG texnologiyasi (What You See Is What You Get – nimani ko’rsang o’shani olasan) asosida ishlaydigan muharrirlar. Bu muharrirlar yordamida foydalanuvchi HTML komandasi va elementlarini yozmaydi, oddiy matn muxarrirlaridek matn yozadi, tasvirlarni kerakli joyga joylashtiradi, formatini o’zgartiradi va x.k. xolos.

    Web animatsiyalar turlicha bo’ladi. Masalan GIF Animator dan foydalanib, tasvirlarni «Jonlantirish» mumkin. Bu web reklamalarda ko’p qo’llaniladi.

    GIF animatsiyalarni Ulead GIF Animator (http://www.ulead.com) va Animagic GIF Animator (http://www.rtlsoft.com/animagic/index.html) programmalari yordamida hosil qilish mumkin. GIF tasvirlardan yuqorirok o’rinda Macromedia Flash yordamida yaratilgan animatsiyalar turadi. Bu animatsiyalar interaktiv bo’lganligi sababli Flash texnologiyalar ommalashib borayapti. Bu texnologiyani ayniqsa avtomobil ishlab chiqaruvchilar, web-bizneschilar, umuman, multimediya-prezentatsiya yaratmoqchi bo’lganlar keng qo’llaydilar.

    Macromedia (http://www.macromedia.com/flash/) dan tashqari CoffeeCup Firestarter (http://www.coffeecup.com) dan foydalanib animatsiyalar yaratish mumkin.

    Agar foydalanuvchi multimedia saxifasina yatarmoqchi bo’lsa, qo’shimcha instrumentlardan foydalanishiga to’g’ri keladi, masalan, Quick Time, Windows Media yoki boshqa multimedia programmalari.

    Microsoft kompaniyasi Windows ME va undan keyingi chiqargan OS larida Windows Movie Maker programmasini qo’shib chiqarayapti. Bu programma yordamida video roliklarni tahrirlash mumkin bo’ladi. Yana Sound Forge XP (http://www.soniefoundry.com)programmasidan tovushlarni tahrirlash va konvertatsiya qilishda foydalanish mumkin.

    Web sahifalar yaratishda fayllarni joylashtirishning quyidagi usullari mavjud:

    Hamma fayllar bitta katalogda. Bir nechta HTML sahifali va bir nechta tasvirlarga ega kichik saytlarni yaratishda hamma fayllarni bitta katalokda joylashtirish mumkin. Bu usulning qulayligi shundaki, o’zaro murojaatlarda hech qanaqa yo’l ko’rsatish shart emas. Yomon tomoni esa, sayt rivojlanib, kengayib borsa, fayllar ko’payib, hammasi aralashib ketadi.

    Funktsional kataloglar. Murakkab saytlarni yaratishning bir usulidir. Har bir katalogda sistemaning bitta funktsiyali qismi joylashtiriladi. Eng yuqorida boshlangich fayl – index.htm, va unga tegishli tasvirlar bo’ladi. Kataloglar nomlari taxminan quyidagicha bo’lishi mumkin: “Firma_haqida”, “Aloqalar”, “Mahsulotlar”. Har bir katalogda tegishli HTML fayllari va tasvirlar saqlanadi.

    Fayl turlari bo’yicha kataloglar. Bu usulda har bir katalogda bir xil turdagi fayllar saqlanadi. Bu yerdagi fayllar qaysi funktsiyani bajarishi muhim emas. Yuqori katalogda faqat index.htm fayli joylashadi. Kataloglar nomlari taxminan quyidagicha bo’lishi mumkin: “Images”, “Products”, “Downloads”,…

    Ixtiyoriy faylning kengaytmasi uning muxim kismidir. Chunki brauzer fayllarni uning kengaytmasiga qarab “taniydi”.

    Odatda birinchi saxifa har doim index.htm, index.html kabi saqlanadi. Ko’pchilik brauzerlar agar URL aniq ko’rsatilmasa bu fayllarni avtomatik yuklashga harakat qiladi. Masalan, brauzerning adreslar paneliga http://www.microsoft.com deb yozilsa http://www.microsoft.com/index.htm faylini yuklaydi.

    Faylni saqlashga unga mantiqiy nom tanlash kerak bo’ladi. Fayl nomidan uni boshqa fayllardan oson ajrata olish kerak. Masalan, about_inst.htm, fiz_mat.htm, rector.jpg kabi nom qo’yish maqsadga muvofiq.

    Notepad ni ochamiz. HTML faylni yaratishni boshlaymiz.

    Sarlavxa yozish uchun:



    teglari yoziladi.

    Brauzer bu teglar o’rtasidagi matnni sarlavxa deb tushunadi va Brauzerning eng tepa qismiga shu matnni yozadi. Endi saxifaning tanasini hosil qilamiz:

    va


    va

    Download 1.56 Mb.
    1   2   3




    Download 1.56 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti amaliy matematika kaferdrasi

    Download 1.56 Mb.