• M ashina detallari fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni.
  • Talabalar ON dan to’playdigan ballarning namunaviy mezonlari
  • Ko’rsatkichlar ON ballari maks
  • Jami ON ballari 30 0-15 0-15
  • Ko’rsatkichlar JN ballari maks
  • Jami JN ballari 40 0-20 0-20
  • K o’ rsatkichlar YaN ballari maks
  • TAVSIYA ETILAYOTGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI




    Download 195 Kb.
    bet3/3
    Sana01.01.2020
    Hajmi195 Kb.
    #7660
    1   2   3



    TAVSIYA ETILAYOTGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

    Asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar.



    1. R.Tojiboev, A.Jo’raev «Mashina detallari». T:. «O’qituvchi», 2002. 268 bet.

    2. A.V.Pyataev. B.K.Muxamedjanov. «Mashina detallari» T:. «Moliya iqtisod», 2007. 218 bet.

    3. I.Sulaymonov «Mashina detallari». T:. «O’qituvchi», 1981. 334 bet.

    Qo’shimcha

    1. R.Tojiboev «Mashina detallari kursidan masalalar to’plami». T:. «O’qituvchi», 1992. 136 bet.

    2. B.K.Muxamedjanov. «Mashina detallari» fanidan laboratoriya mashg`ulotlarini bajarish bo’yicha uslubiy qo’llanma. T:. TDPU, 2007. 51 bet.

    3. B.K.Muxamedjanov. «Mashina detallari» fanidan kurs ishini bajarishga doir metodik qo’llanma. T:. TDPU, 2007. 43bet.

    4. B.K.Muxamedjanov. «Mashina detallarini mustaxkamlikka hisoblash uchun misollar» T:. TDPU, 2009. 39 bet.

    Mashina detallari fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni.

    Mashina detallari fani bo`yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma`lumotlar fan bo`yicha birinchi mashg`ulotda talabalarga e`lon qilinadi.

    Fan bo`yicha talabalarning bilim saviyasi va o`zlashtirish darajasining Davlat ta`lim standartlariga muvofiqligini ta`minlash uchun quyidagi nazorat turlari o`tkaziladi:


    • joriy nazorat (JN) - talabaning fan mavzulari bo`yicha bilim va amaliy ko`nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda laboratoriya mashgulotlarda og`zaki so`rov, suxbat, laboratoriya ishlarining bajarilnshi, uy vazifalarini tekshirish natijalari bo`yicha o`tkaziladi;

    oraliq nazorat (ON) - semestr davomida o`quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini uz ichiga olgan) bo`limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko`nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta o`tkaziladi va shakli (og`zaki, test) o`quv faniga ajratilgan umumiy soatlar xajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;

    • yakuniy nazorat (YaN) - semestr yakunida muayyan fan bo`yicha nazariy bilim va amaliy ko`nikmalarni talabalar tomonidan o`zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan "Yozma ish" shaklida o`tkaziladi.

    ON o`tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o`rganib boriladi va uni o`tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o`tkaziladi.

    Oliy ta`lim muassasasi rahbarining buyrug`i bilan ichki nazorat va monitoring bo`limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YaN ni o`tkazish jarayoni muntazam ravishda urganib boriladi va uni o`tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YaN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YaN qayta o`tkaziladi.

    Talabaning bilim saviyasi, ko`nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo`yicha o`zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.

    Mashina detallari fani bo`yicha talabalarning semestr davomidagi o`zlashtirish ko`rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.

    Ushbu 100 ball baholash turlari bo`yicha quyidagicha taqsimlanadi:

    Ya.N.-30 ball, qolgan 70 ball esa J.N.-40 ball va O.N.-30 ball qilib taqsimlanadi.



    Ball

    Baho

    Talabalarning bilim darajasi

    86-100

    A`lo

    Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushoxada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo`llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo`lish.

    71-85

    Yaxshi

    Mustaqil mushoxada qilish. Olgan bilimlarini amalda qo`llay olish. Mohiyatinitushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo`lish.

    55-70

    Qoniqarli

    Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish Tasavvurga ega bo`lish.

    0-54

    Qoniqarsiz

    Aniq tasavvurga ega bo`lmaslik. Bilmaslik.

    • Fan bo`yicha saralash bali 55 ballni tashkil etadi. Talabaning saralash balidan past bo`lgan o`zlashtirishi reyting daftarchasida qayd etilmaydi.

    • Talabalarning o`quv fani bo`yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.

    Talabaning fan bo`yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi:

    bu yerda: V- semestrda fanga ajratilgan umumiy o`quv yuklamasi (soatlarda); U -fan bo`yicha o`zlashtirish darajasi (ballarda).



    Fan bo`yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to`plagan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.

    • Joriy JN va oraliq ON turlari bo`yicha 55 bal va undan yuqori balni to`plagan talaba fanni uzlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo`yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo`l qo`yiladi.

    • Talabaning semestr davomida fan bo`yicha to`plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to`plagan ballari yigindisiga teng.

    • ON va YaN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o`tkaziladi. YaN semestrning oxirgi 2 xaftasi mobaynida o`tkaziladi.

    • JN va ON nazoratlarda saralash balidan kam ball to`plagan va uzrli sabablarga ko`ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so`nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun esa yakuniy nazoratgacha bo`lgan muddat beriladi.

    • Talabaning semestrda JN va ON turlari bo`yicha to`plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo`lsa yoki semestr yakuniy joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo`yicha to`plagan ballari yigindisi 55 baldan kam bo`lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi.

    Talaba nazorat natijalaridan norozi bo`lsa, fan bo`yicha nazorat turi natijalari e`lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakul`tet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakul`tet dekanining taqdimnomasiga ko`ra rektor buyrug`i bilan 3 (uch) a`zodan kam bo`lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.

    • Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini kurib chikib, shu kunning uzida xulosasini bildiradi.

    • Baholashning urnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda utkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakulgptet dekani, kafedra muduri, o`quv-uslubiy boshkarma hamda ichki nazorat va monitoring bulimi tomonidan nazorat kilinadi.

    Yakuniy nazorat "Yozma ish" shaklida belgilangan bulsa, u holda yakuniy nazorat 30 ballik "Yozma ish" variantlari asosida utkaziladi.

    Talabalar ON dan to’playdigan ballarning namunaviy mezonlari



    Ko’rsatkichlar__ON_ballari__maks'>Ko’rsatkichlar

    ON ballari

    maks

    1-ON

    2-ON

    1

    Darslarga qatnashganlik darajasi. Ma`ruza darslaridagi faolligi, kons’pekt daftarlarining yuritilishi va to`liqligi.

    7,0

    0-3

    0-4

    2

    Talabalarning mustaqil ta`lim topshiriqlarini o`z vaqtida va sifatli bajarishi va o`zlashtirish.( Og`zaki savol-javoblar).

    8,0

    0-4

    0-4

    3

    Test nazorati natijalari bo`yicha

    15

    0-8

    0-7

    Jami ON ballari

    30

    0-15

    0-15

    Talabalar JN dan to’playdigan ballarning namunaviy mezonlari



    Ko’rsatkichlar

    JN ballari

    maks

    1-JN

    2-JN

    1

    Darslarga qatnashganlik va o`zlashtirishi darajasi. Laboratoriya va amaliy mashg`ulotlaridagi faolligi, mashg`ulotlar daftarlarining yuritilishi va holati

    20

    0-10

    0-10


    2

    Mustaqil ta`lim topshiriqlarining o`z vaqtida va sifatli

    bajarilishi. Mavzular bo`yicha uy vazifalarini bajarilish va o`zlashtirishi darajasi.



    10,0

    0-5

    0-5

    3

    Og`zaki savollarga berilgan javoblar

    10,0

    0-5

    0-5




    Jami JN ballari

    40

    0-20

    0-20

    Agar yakuniy nazorat markazlashgan test asosida tashkil etilgan bo`lib fan buyicha yakuniy nazorat "Yozma ish" shaklida belgilangan bulsa, u holda yakuniy nazorat kuyidagi jadval asosida amalga oshiriladi





    Ko’rsatkichlar

    YaN ballari

    maks

    O’zgarish oraligi

    1

    Fan buyicha yakuniy yozma ish nazorati

    6

    0-6

    2

    Fan buyicha yakuniy test nazorati

    24

    0-24

    Jami

    30

    0-30


    Yakuniy nazoratda "Yozma ish"larni baholash mezoni

    Yakuniy nazorat "Yozma ish" shaklida amalga oshirilganda, sinov ko`p variantli usulda o`tkaziladi. Har bir variant 3 ta nazariy savol topshiriqdan iborat. Nazariy savollar fan bo`yicha tayanch so`z va iboralar asosida tuzilgan bo`lib, fanning barcha mavzularini o`z ichiga qamrab olgan.



    Har bir nazariy savolga yozilgan javoblar bo`yicha o`zlashtirish ko`rsatkichi 0-10 ball oralig`ida baholanadi. Talaba maksimal 30 ball to`plashi mumkin.

    Yozma sinov bo`yicha umumiy o`zlashtirish ko`rsatkichini aniqlash uchun variantda berilgan savollarning har biri uchun yozilgan javoblarga quyilgan o`zlashtirish ballari qo`shiladi va yig`indi talabaning yakuniy nazorat bo`yicha o`zlashtirish bali hisoblanadi.

    Download 195 Kb.
    1   2   3




    Download 195 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    TAVSIYA ETILAYOTGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

    Download 195 Kb.