25
yordamida o’rganilayotgan
voqea va hodisaning ichki, ko’zga ko’rinmaydigan
mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi.
Aslida har bir iqtisodiy jarayon yoki hodisa o’nlab omillarning ta’siri ostida ro’y
beradi. Mazkur jarayon yoki hodisaning chuqur mazmunini ochib berish maqsadida
har bir omilni o’rganish, bir tomondan, o’ta mushkul
va sermashaqqat hisoblansa,
boshqa tomondan, u qadar muhim bo’lmagan
jihatlarni ham yuzaga chiqarib,
tadqiqotchini voqeaning asl mohiyatidan chalg’itadi. Shunga ko’ra, tadqiqotchi uchun
jarayon va hodisalarni ilmiy tahlil qilishda birinchi darajali,
ahamiyatli va asosiy
omillarni ajratib olib, diqqat markazini shunga qaratish muhim hisoblanadi. Bu
harakatlar amalda tadqiqotchining ongida, fikran va muntazam ravishda sodir bo’ladi.
Aynan shu jarayon ilmiy abstraktsiyalashdir.
Ilmiy abstraktsiyalash natijasida hodisa va jarayonlarning eng umumiy xususiyat
va aloqalarini namoyon etuvchi ilmiy tushuncha – kategoriyalar
ishlab chiqilishi
mumkin. Masalan, dunyoda ishlab chiqarilayotgan millionlab turlicha tovarlarning
tashqi xossalaridagi ko’plab tafovutlardan
abstraktsiyalashgan holda, biz ularni
yagona iqtisodiy kategoriya – tovar tushunchasi orqali ifodalaymiz.
Bunda turli
tovarlarni birlashtiruvchi eng asosiy jihat – bu sotish,
ayirboshlash uchun ishlab
chiqarilgan mahsulot ekanligini qat’iy e’tirof etamiz.
Biroq, ilmiy abstraktsiyalash uchun tadqiqotchi muayyan hodisa va jarayonning
mazmun-mohiyatiga oid bilimlar bilan yetarli darajada qurollangan bo’lishi lozim.
Aks holda, u asosiy va ikkilamchi darajali omillarni to’g’ri ajrata olmay, pirovardida
noto’g’ri xulosa chiqarishiga olib keladi.
Ilmiy bilishning muhim usullaridan yana biri – tahlil va sintez usulidir. Tahlil va
sintez deyarli barcha fanlar uchun samarali qo’llash mumkin bo’lgan usullardan biri
hisoblansada, uning iqtisodiy fanlar uchun ahamiyati juda beqiyosdir.