|
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuliBog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIMantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli
. Iqtisodiyot nazariyasida tarixiylik
dalili tarixiy rivojlanish nuqtai-nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini taqozo
qiladi. Chunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. Mantiqiylik
usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai-nazardan emas, shu bilan birga asosiy
ichki zarur qonuniy bog’lanishlar bo’yicha ham tahlil qilinadi. Masalan, biz pulning
iqtisodiy tabiatini o’rganishda uning tarixiy jihatlari, jumladan, qiymat shakllarining
rivojlanishini ko’rib chiqamiz. Bu esa, bizdan tarixga, tovar-pul munosabatlarining
dastlabki kurtaklari paydo bo’lgan jamiyatga qaytib, o’sha davrdagi iqtisodiy
munosabatlarni tahlil qilishni taqozo etadi. Biroq, bu holat o’tmishdagi barcha
iqtisodiy munosabatlarga emas, balki aynan pulning dastlabki asoslari bilan mantiqiy
bog’langan munosabatlargagina taalluqlidir.
Foydalanilayotgan usullar ichida
eksperiment
ma’lum o’rin egallaydi, iqtisodiy
o’sishning keskin o’zgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning inqiroz va
beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi. Iqtisodiy islohotlarni
amalga oshirish paytida eksperiment alohida o’ringa ega. Iqtisodiy islohotlarni
amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik ko’rish, ya’ni ilmiy tajriba, eksperiment
o’tkazish hisob-kitob vositasiga asoslanish va ilmiy yo’nalishlarni ishlab chiqish talab
etiladi. Iqtisodiyot sohasida o’tkaziladigan eksperimentlarga erkin iqtisodiy
hududlarni tashkil etish, muayyan iqtisodiy tadbirlarni alohida korxona yoki
hududlarda sinovdan o’tkazish kabilarni misol tariqasida keltirish mumkin. Jumladan,
O’zbekistonda zarar ko’rib ishlovchi shirkat xo’jaliklarini fermer xo’jaliklarga
aylantirish jarayoni dastlab Qoraqalpog’iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida
tajribadan o’tkazilib, keyinchali boshqa tuman va viloyatlarda bosqichma-bosqich
amalga oshirilganligini ham iqtisodiy eksperiment sifatida baholash mumkin.
|
| |