O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

ikki tomonlama yondashuv 
usuli 
muhim o’rin tutadi.
 
Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar qiymat va naflilik nuqtai 
nazaridan tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka yo’l 
qo’yilib, yanglish tasavvurga va noto’g’ri xulosalarga olib kelishi mumkin
1

Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda 
taqqoslash, statistik, 
matematik va grafik usullaridan
keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda grafik 
usulni keng o’zlashtirish va qo’llash zarurdir. Grafiklar nazariya modellarini 
ifodalashda vositachi bo’lib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul 
o’zgaruvchi miqdorlar o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rgazmali qilib tasvirlaydi. 
Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmunini, ulardagi 
o’zgarishlarni, kelib chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin bo’ladi. 
 
Xulosalar: 
 
1. Iqtisodiyotning bosh masalasi – ehtiyojlarning cheksiz o’sib borishi va 
iqtisodiy resurslarning cheklanganligi o’rtasidagi ziddiyat va uni hal qilish yo’lini 
izlab topishdan iboratdir. Bu ziddiyatli holatni yechish zaruriyati kishilar oldiga 
quyidagi muammolarni qo’yadi:
a) ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning optimal variantlarini (eng zarur va 
tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko’proq ishlab chiqarishga jalb qilish; 
b) mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish; 
v) fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi energiya, 
material, xomashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, 
resurslardan foydalanish samaradorligining oshishiga erishish
g) kishilarning chuqur iqtisodiy bilimlarga ega bo’lishi. 
2. «Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanguncha bosib o’tgan yo’l va unda 
vujudga kelgan g’oyalar, oqimlar juda murakkab, ko’pincha bir-biriga zid va qarama-
qarshidir. Shunday bo’lsada, ular bir-birini to’ldiradi. Shu bilan birga ta’kidlash 
lozimki, hech qaysi iqtisodiy maktabning nazariyalarini mutlaq va doimiy haqiqatga 
ega deb bo’lmaydi. Turli-tuman fikr va qarashlar olamidan haqiqatni izlab topish 
chuqur iqtisodiy bilim va tafakkurni taqozo etadi.
3. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani barcha iqtisodiy fanlarning nazariy-uslubiy 
asosidir. U fundamental fan bo’lib, insonlarni jamiyatning iqtisodiy asoslarini ilmiy 
tadqiq etishga yo’naltiradi, ularni nazariy-uslubiy bilim bilan qurollantiradi. 
4. Iqtisodiyot nazariyasi jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi ijtimoiy fan bo’lib, u 
turli ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan chambarchas bog’liqdir. 
1
Bu usulning nazariy va amaliy ahamiyati prof.Sh.Shodmonov, dots. G.Baubеkova tomonidan chiqarilgan 
«Innovatsionniе mеtodi v prеpodavanii ekonomichеskoy tеorii» kitobida batafsil bayon etilgan. 


28 
5. Iqtisodiyot nazariyasi nafaqat nazariy fan, balki u bevosita amaliy ahamiyat 
ham kasb etadi. Iqtisodiyot nazariyasini bilmay turib, murakkab iqtisodiy jarayonlarni 
to’g’ri hal qilib bo’lmaydi. 
6. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani doirasida inson va jamiyatning yashash 
faoliyatining ijtimoiy, axloqiy, milliy va tarixiy tomonlarini tadqiq qilish va bilish 
mumkin.
7. Iqtisodiyot nazariyasining bilish, amaliy, uslubiy va g’oyaviy-tarbiyaviy 
vazifalari mavjud. Ayniqsa, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, o’sib 
kelayotgan yosh avlodni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda iqtisodiyot 
nazariyasini g’oyaviy-tarbiyaviy vazifasining ahamiyati tobora oshib bormoqda. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish