29
Iqtisodiy qonun – iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va
jarayonlar o’rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalari,
ularning o’zaro bog’liqligi.
Iqtisodiy kategoriya –
doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real
hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushuncha.
Uslubiyat – ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo’llari, qonun-qoidalari va aniq
hadislari.
Ilmiy abstraktsiya usuli – tahlil paytida xalal berishi mumkin bo’lgan ikkinchi
darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, o’rganilayotgan jarayonning
asl mohiyatiga e’tiborni qaratish.