30
tomondan, talabalarning mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) qayerda, kim tomonidan,
qanday ishlab chiqarilishini
tushunmaslikka olib keladi; ikkinchi tomondan, butun
ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’layotgan ishlab
chiqarish munosabatlaridan
bexabar qolishiga sabab bo’ladi; uchinchidan esa, butun jahonda sodir bo’layotgan
iqtisodiy inqirozlarning tub sababini tushunmaslikka olib keladi.
Ushbu mavzuda bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish omillari va
ishlab chiqarish jarayoniga tegishli muammolar qarab chiqiladi. Dastlab ishlab
chiqarishning omillari tavsiflanadi, ishlab chiqarishning maqsadi va mazmuni ochib
beriladi, so’ngra uning natijalari va samaradorligi bilan bog’liq
masalalar bayoni
beriladi. Tahlilda «ishlab chiqarish imkoniyatlari» tushunchasiga ham o’rin ajratiladi.
Mavzuning oxirida keyingi qo’shilgan mahsulot nafliligi va uning kamayib borishi,
keyingi qo’shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borishi qonunining
mazmuniga tegishli marjinalistik g’oyalar
bilan tanishtiriladi, ularning kamchilik
jihatlari ochib beriladi.
Bu yerda ishlab chiqarish jarayonining har taraflama muvozanatli va
mutanosibli rivojlantirilishi iqtisodiy inqirozdan qutilishning
yoki uning oldini
olishning muhim yo’li sifatida qaraladi.