|
Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarishBog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIMehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish
vositalari deb yuritiladi.
Bu esa mehnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi;
shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar,
insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir.
Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun
umumiy bo’lsada, bu omillarga turli adabiyotlarda turlicha ta’rif beriladi. Jumladan,
«Siyosiy iqtisod» darsliklarida ishlab chiqarishning ikki omili: moddiy va shaxsiy
omillari mavjudligi tan olinadi. Bunda mehnat qurollari va mehnat predmetlaridan
iborat ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi,
ishchi kuchi esa uning shaxsiy omili deb yuritiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga doir
ko’pchilik adabiyotlarda esa ishlab chiqarishning to’rt omili: mehnat, kapital, yer,
tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi.
Bu yerda ishchi kuchi bilan mehnat o’rtasidagi farqni anglab olish juda
muhimdir. Chunki,
mehnat insonning, to’g’rirog’i ishchi kuchining ma’lum
maqsadga qaratilgan faoliyati jarayoni bo’lib, ishchi kuchi tushunchasidan
tamomila farqlanadi.
Ko’pgina adabiyotlarda esa ularga sinonim (bir xil tushuncha)
sifatida qaralib, bunday holat ko’plab chalkashliklarni keltirib chiqaradi. Bizga
ma’lumki,
ishchi kuchi insonning mehnatga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyati,
uning bilim, malaka darajasi bilan birgalikda ishlab chiqarishda qatnashishiga
tayyor turgan omillardan biri hisoblanadi. Mehnat esa barcha omillarning, shu
jumladan, ishchi kuchining ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi
natijasida sodir bo’ladigan va ma’lum samara olishga qaratilgan faoliyatdir.
Shuning uchun biz mehnat degan tushunchani emas, balki ishchi kuchi degan
tushunchani ishlab chiqarishning omili deb bilamiz va ishlab chiqarish omillari ishchi
kuchi, kapital, yer va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat deb ta’kidlaymiz (2.1-chizma).
Ishchi kuchi insonning mehnatga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining
yig’indisi bo’lganligi uchun bozor iqtisodiyoti davrida inson emas, mehnat jarayoni
ham emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi. Ishchi kuchining
boshqa tovarlar kabi qiymati va nafliligi mavjuddir va binobarin, uning bozori ham
mavjud bo’ladi. Shuning uchun hozirgi kunda keng qo’llanilayotgan mehnat bozori
tushunchasi o’rniga ishchi kuchi bozori, mehnat resurslari o’rniga ishchi kuchi
resurslari deyilsa to’g’ri va tushunarli bo’lar edi.
|
| |