34
2.2-chizma
Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi
Xizmat ko’rsatish sohasi
O’z navbatida moddiy
ishlab chiqarish sohasi
moddiy ne’matlarni
ishlab
chiqarish
(masalan, avtomobil, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar va h.k.) va
moddiy xizmatlar ko’rsatish
(transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va
boshqalar)dan iborat bo’ladi.
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi ham
nomoddiy ne’matlarni ishlab
chiqarish
(masalan, musiqa asarlari, badiiy va ilmiy asarlar, ixtiro va kashfiyotlar) va
nomoddiy xizmatlar ko’rsatish
(huquqiy maslahatlar berish, o’qitish,
malaka
oshirish va boshqalar)ga ajraladi. Bu sohalar bir-biri bilan chambarchas bog’langan
holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi.
O’zbekiston milliy iqtisodiyotida tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish
sohalarining YAIMdagi mutlaq miqdori va nisbiy ulushi quyidagi ma’lumotlar bilan
tavsiflanadi (2.1-jadval).
2.1-jadval
O’zbekiston YaIMda tovarlar va xizmatlar ulushi (joriy narxlarda)
Ko’rsatkichlar
2010 yil
2020 yil
%
%
Yalpi ichki mahsulot
100,0
100,0
Shu jumladan:
Ishlab chiqarilgan tovarlar
qiymati
50,5
45,4
Ko’rsatilgan
xizmatlar
qiymati
36,8
45,3
Sof soliqlar
12,7
9,3
Manba: O’zbekiston Republikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Jadvaldan ko’rinadiki, mamlakatimizda xizmat ko’rsatish sohasi sezilarli
ravishda rivojlanib bormoqda. Respublika YAIMdagi xizmatlarning ulushi 2000 yilda
Ishlab chiqarish
Nomoddiy ishlab chiqarish
Moddiy ishlab chiqarish
Moddiy
n
е’matlarni
ishlab chiqarish
Moddiy xizmatlar
ko’rsatish
Nomoddiy
xizmatlar
ko’rsatish
Nomoddiy
n
е’matlarni
ishlab chiqarish
35
36,8
foizni tashkil qilib, uning 8,1 foizi transport va aloqaga, 9,5 foizi savdo va
umumiy ovqatlanishga, 19,2 foizi boshqa xizmatlar ulushiga to’g’ri kelgan bo’lsa,
2008 yilda YaIMdagi xizmatlarning ulushi 45,3
foizga yetib, uning 12,7 foizi
transport va aloqaga, 9,1 foizi savdo va umumiy ovqatlanishga, 21,5
foizi boshqa
xizmatlar ulushiga to’g’ri kelgan. «2020 yili aloqa, axborotlashtirish, moliya, bank,
transport xizmati ko’rsatish, maishiy texnika va avtomobillarni ta’mirlash sohalari
ancha yuqori sur’atlar bilan rivojlandi. So’nggi to’rt yil mobaynida yiliga o’rtacha 50
foiz o’sishni ta’minlayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida
xizmat ko’rsatish jadal rivojlanayotganini alohida ta’kidlash lozim».
Bu esa
mamlakatimizda keyingi yillarda aholining turmush sharoitini yaxshilash uchun olib
borayotgan kompleks tadbirlar qatorida 2021-2026 yillarda xizmat ko’rsatish va
servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish Davlat dasturining amalga oshirilishi
natijasi hisoblanadi. Dasturning asosiy maqsadi aholiga xizmatlar ko’rsatish va servis
sohasini jadal rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish, uning iqtisodiyotdagi
ulushini
oshirish, xizmat ko’rsatish sohasi tarmog’larida band bo’lganlar sonini
ko’paytirish va shu asosda aholi daromadlarini oshirishdan iborat bo’lib, unda
quyidagi yo’nalishlardagi chora-tadbirlar ko’zda tutilgan:
-
xizmat ko’rsatish sohalarida tadbirkorlarning faolligini kuchaytirish uchun
qulay shart-sharoitlar yaratish;
-
xizmat ko’rsatish sohasining YaIMdagi ulushini 2020 yilga kelib 49%ga
yetkazish;
-
xizmat ko’rsatish sohasida band bo’lganlar sonini 2020 yilga qadar ikki
martaga oshirish;
-
qishloq aholisiga ko’rsatiladigan xizmat hajmi va turlarini ko’paytirish;
-
yangi istiqbolli xizmat turlarini jadal rivojlantirish;
-
xizmatlar
eksporti hajmini oshirish;
-
xizmatlar va servis sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash va qayta
tayyorlash.
Moddiy ishlab chiqarish sohasi o’z navbatida ikki bo’linmadan iborat bo’lib,
birinchi bo’linmada