32
ko’payuvchi, o’suvchi qiymat deb hisoblaydi. Ayrim g’arb
iqtisodchilari ham,
masalan, J.Klark, L.Valras, I.Fisherlar kapitalga daromad keltiruvchi, foyda
keltiruvchi, foiz keltiruvchi qiymat deb qaraydilar.
Qator g’arb
iqtisodchilarining, jumladan D.Xayman, P.Xeyne, E.Dolon,
J.Robinson, R.Dornbush va boshqalarning fikrini keltirib va ularni umumlashtirib,
prof. V.D.Kamayev o’zining rahbarligida yozilgan darsligida «haqiqatdan ham —
kapital o’zidan o’zi ko’payuvchi qiymat»
1
deb yozadi. Bunday fikr D.D.Moskvin,
V.Ya.Ioxin, A.G.Gryaznova, Ye.F.Borisov va boshqalarning rahbarligida nashr etilgan
qator iqtisodiyot nazariyasi kitoblarida ham aytiladi.
Lekin Amerika va yevropa
mamlakatlaridan kirib kelgan «Ekonomiks»
darsliklari va boshqa ayrim
adabiyotlarda kapitalni barcha ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida
qo’llaniladigan moddiy vositalardan, ya’ni
hamma turdagi mashinalar, asbob-
uskunalar, inshootlar,
zavod-fabrikalar, omborlar, transport vositalari va boshqa shu
kabilardan iborat deb ko’rsatadi, unga pul va tovarni kiritmaydi. Bundan ko’rinib
turibdiki, ayrim iqtisodchilar kapitalistik iqtisodiy tuzumning
sotsial mohiyatini
ochish uchun masalaga bir tomonlama qarab, ishlab chiqarish omillarining qiymatiga
e’tiborni kuchaytirgan. G’arb iqtisodchilarining ayrimlari ham kapitalni bir
tomonlama, ya’ni uning qiymat tarafini e’tiborga olgan bo’lsa, boshqalari esa
iqtisodiy tushunchalarning tarixiyligini e’tibordan
chetda qoldirib, uning moddiy
ob’ektini, narsa va hodisalarning ashyoviy tomonini ko’rsatadilar. Shuning uchun ular
kapitalni doimiy, o’zgarmas tushuncha deb, ishlab chiqarish vositalarini kapital deb
ataydilar. Biz bu ikki xil tushunchani bir tanganing ikki tomoni, bir tushunchaning,
ya’ni kapital tushunchasining ikki tomoni: uning bir tomoni moddiy va ashyoviy
ko’rinishi, ikkinchi tomoni esa uning qiymat ko’rinishi ekanligini e’tiborga olamiz va
uni bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital deb ishlatamiz. Biz kapital deganda o’z
egalariga
daromad keltiradigan, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning hamma
sohalarida qo’llanadigan ishlab chiqarish vositalarini,
sotishga tayyor turgan
tovarlarni, yangi vositalar va ishchi kuchini sotib olishga mo’ljallangan pul
mablag’larini, ularning ashyoviy tomoni va qiymatining birligini tushunamiz.
Boshqacha qilib aytganda,