44
Milliy mahsulot qiymatini to’g’ri
baholash, unda takroriy hisobga yo’l
qo’ymaslik uchun oraliq va pirovard mahsulot tushunchalarini ham ajratib olish
lozim.
Oraliq mahsulot – bu tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusida yana
qayta ishlov berilishi zarur bo’lgan yoki qayta sotish uchun mo’ljallangan tovar
va xizmatlardir.
Bizning misolimizda 140 birlik paxta xomashyosi, 285 birlik paxta
tolasi
va yigirilgan ip, 465 birlik to’qilgan gazlama oraliq mahsulotlar bo’lib
hisoblanadi. Chunki ular tikuvchilik mahsuloti (ko’ylak yoki kostyum) ishlab
chiqarishning izchil jarayonida navbatdagi bosqichda
qayta ishlov berishga
muhtojdirlar. Aynan 625 birlik qiymatga ega tikuvchilik mahsuloti esa pirovard
mahsulot hisoblanadi. Demak,
pirovard mahsulot – bu ishlab chiqarishning
barcha texnologik jarayonlaridan o’tgan hamda bevosita so’nggi iste’mol uchun
mo’ljallangan tayyor mahsulotdir.
Bundan ko’rinadiki, jamiyat a’zolarini ishlab chiqarishning umumiy natijasi
emas, balki ko’proq ishlab chiqarishning pirovard natijalari qiziqtiradi.
Ishlab chiqarishning pirovard natijasi bo’lib
takroriy hisobni o’z ichiga
olmagan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini yo bevosita, yoki bilvosita, ya’ni